Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 2 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 13 minut.
Yangi mavzu bayoni.
O‘zbekiston hududining sharqiy qismi tog‘liklardan iborat. Qishda tog‘larga qalin qor yog'adi. Ularning qalinligi 1,5-2 metrgacha boradi. Bahorda kun Iar isishi bilan qorlar eriy boshlaydi. Yoz bo‘yi, hatto kuzda ham qorlarning erishi davom etadi.
Shunday baland tog‘ cho‘qqilari borki, unda-gi qorlar erib tugam aydi. Bunday joylar doimiy muzliklarni hosil qilgan.
Tog‘lardagi erigan muz va qorlar jilg‘alarni, ular yig‘ilib irmoqlarni hosil qiladi. Irmoqlar bir-biri bilan qo‘shilib, daryoni vujudga keltiradi. O‘lkamiz hudu didagi barcha daryolar shu tarzda tog‘dagi muz va qorlarning erishidan hosil bo‘ladi. Tog‘lar o‘lkamizni suv bilan ta’minlab turadigan manbadir.
O‘zbekiston hududidagi tog‘larning etagi turli o‘sim-liklar bilan qalin qoplangan. Balandlikka ko‘tarilgan sari o‘simlik turlari ham o‘zgarib boradi.
Dengiz sathidan 1 0 0 0 -1 500 m balandlikdagi tog‘ yonbag‘irlarida afsonak, rovoch, sariq marma-rak, nor shirach, kobra shirach, tog‘beka, oq gulxay ri, sigirquyruq, tog‘turbid, sariqbosh, shashir, kallak chali to‘ng‘izbosh, kiyiko‘t, oq tobulg‘i kabi o‘simliklar o ‘sadi. Bunday balandlikda d o ‘lana, to g ‘olcha, na’matak, bodom, xandonpista kabi o‘simliklar uch raydi (42-43-rasmlar).
Tog‘ yonbag‘irlarida turli xil tog‘ lolalarini ham uchratish mumkin (44-rasm). 500 - 2 500 m balandlikdagi tog‘ yonbag‘irlarida archa, yong‘oq, qayin, terak kabi daraxtlar o‘sadi. Ba’zi joylarda ular o‘rmonlarni hosil qiladi (45-rasm). 2 500 m dan yuqori joylarda mushukquyruq, toron, qiziltikan, alp lolasi va boshqa o‘simliklar o‘sadi.
Tog‘ o‘simliklari orasida zaharlilari ham bor. Shu-ning uchun notanish o‘simliklarning mevalarini totib ko‘rish, begona gullarni hidlash mumkin emas. Za-harli o‘simliklardan ehtiyot bo‘lish kerak.
O‘lkamiz tog‘lari hayvonot dunyosiga ham boydir. Tog‘ yonbag‘irlaridagi toshlar orasida chipor ilon, qora ilon, charx ilon yashaydi (46-rasm). Bu ilonlar adirlarda ham uchraydi. Tog‘larda kapchabosh ilon va qalqontumshuq ilon ham hayot kechiradi. Ilonlar qurbaqa, kaltakesak, qushlar bilan oziqlanadi. Tog‘ va unga yaqin hududlarda kaklik, lochin, burgut, qirg‘iy kabi yirik qushlar uchraydi (47-rasm). Ular maysalar, hasharotlar, sichqon va kalamushlar, ilonlar, o‘lgan hayvonlarning go‘shti bilan oziqlanadi.
Tog‘li hududlarda 48-rasmda tasvirlangan hayvon lar, shuningdek, kiyik, oq tirnoqli ayiq, qor barsi (ilvirs), qor qoploni, malla sug‘ur, to‘ng‘iz yashaydi.