2022-2023-o‘quv yili
Sana:__________
Mavzu: Ustozga hurmat
(1-oktabr O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)
I.Kirish:
Sinf soat mashg`ulotning maqsadi: Yurt, ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish.
Vatanga muhabbat tuyg`usini uyg`otish; o`quvchilar nutqini o`stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera
olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat
joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan
tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
O`quvchi : Bir vaqtlar Mavlono
Tanburiy
degan
ustod
musiqachi
bo`lgan ekan. U kishi tanbur, dutor ,
nay kuyini shunday mahorat bilan
chalar ekanki, eshitganlar unga mahliyo
bo`lib qolar ekanlar .Ustod ko`plab
shogirdlar
tayyorlagan
ekan.
U
kishining shogird tanlashda qiziq bir
odati bor ekan.Bir kuni u shogird
bo`laman degan bolalarni yig`ib ,
qo`llariga bittadan hassa beribdi va
ularni kuzatib o`tiribdi. Ulardan biri
hassani ot qilib minibdi, ikkinchisi esa
qilich qilib o`ynabdi… Faqat yupungina kiyingan , kichkinagina bir bola uni nay qilib chalib o`tiribdi. Buni
ko`rgan Tanburiy xursand bo`libdi-da, bolani o`ziga ham shogird, ham o`g`il qilib olibdi.Ustoz bolaga
tinim bilmay ta`lim beribdi. Bola ham ustozining ta`limini qunt bilan, sabr- toqat bilan o`rganib , mashhur
naychi bo`lib yetishibdi.Tanburiyni o`z otasidek hurmat qilib, umrining oxirigacha xizmatida bo`libdi.
Ustozlik mehri uni xalq orasida mashhur bo`lishiga sabab bo`libdi.
Ustoz, ulug`siz ulug`lardan ,
Beminnat bilimlisiz bilimlardan
Falakdan nur sochgan quyoshsiz,
Navoiy zar sochgan bayotsiz.
O`quvchilar ustozlar haqida maqollar aytishadi.
Ustoz – oy-u, shogirdga berar chiroy.
Ustoz o`giti – kamolot kaliti.
Ustozlariga atalgan qo`shiq va raqslarini taqdim etadilar.
III. Yakuniy qism: Oqituvchi o`quvchilariga minnatdorchilik bildirib, tadbirga yakun yasaydi.
Dostları ilə paylaş: