2022-2023-o‘quv yili
Sana:__________
Mavzu: Ona maktab bag`rida
I.Kirish:
Tarbiyaviymashg`ulotning maqsadi: Yurt, ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar
ongiga yetkazish. Vatangamuhabbattuyg`usiniuyg`otish; o`quvchilarnutqinio`stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan
xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal
qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi
yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
O`qituvchi: “Sentyabr tongi” Safo Ochil she`rini o`qib beradi.
Sentyabrning gozal tongi,
Kiyim kiygan hamma yangi.
Keng o`lkamiz bo`ylab yangrar,
Hur yoshlikning sho`x ohangi.
Har yoq bayram tusin olgan,
Undan maktab husn olgan,
Sevgan ona –Vatanimiz,
Dilimizga sevinch solgan .
Sinflarni to`ldirib biz ,
Partalarda o`ltiribmiz.
Yoz haqida so`zlashamiz,
Bolalarni kuldirib biz.
Har kim o`zining yozgi taassurotlari bilan o`rtoqlashadi.
O`qituvchi: Maktab hammamiz uchun qadrdon maskan. Bizga ilm o`rgatuvchi, tarbiya
beruvchi muqaddas dargoh.O`quvchilar uchun kichik bir Vatan.Yozning quvnoq va sho`x
kunlarini o`tkazib yana qadrdon maktabimiz bag`riga qaytib keldik. Bugun biz sizlar bilan
maktab va undagi o`quvchilarning qonun-qoidalarini eslab olamiz. O`quvchilar guruhlarga
bo`linib, maktabdagi ichki tartib –intizom qoidalarini yozib chiqishadi va muhokama
qilishadi.
III Yakuniy qism:
O`qituvchi: Maktab –muqaddas dargoh. Uning bag`ri keng ,qanchadan -qancha kishilarga
o`z bag`rini ochib ma`rifatga , kamolotga yetkazuvchi ilm maskani. Shuning uchun ”Maktab
seniki, uni o`z qorachigingdek asra “ degan hikmatga doimo amal qilish bizning farzandlik
burchimizdir.
Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantirish.
Dostları ilə paylaş: