II.O'tilgan mavzuni mustahkamlash. She'rdagi matematil o'yinidan foydalanish. She'r o'qilganidan so'ng, masala shartini aniqlash va yechish:
Oppoq tovuq don cho'qir, Nechta tovuq bo'ladi Suv ichadi qorasi.Qo'shilganda olasi?(3ta). III.Yangi mavzu ustida ishlash.Darslik bilan ishlash.O'quvchilarga darslikdagi mavzu bo'yicha tushuncha berish. Rasmga qarab masala tuzishga o'rgatish.
— Qizil rangdagi pufak 3 ta, yashil rangdagisi ham 3ta bo'lsa hammasi nechta? Agar hamma pufaklardan 3 ta qizilini olsa) nechta yashil rangdagi pufak qoladi? 3 ta yashil rangdagisini olsa nechta qizil rangdagisi qoladi? Songa3 ni qo'shish va sondan 3 ni ayirish malakasi amal mashg'ulotlar orqali mustahkamlab boriladi.
4-masalada yong'oqqa qarab masala tuzishga o'rgatish.
O'quvchilarni darslikdagi 5-masalada rasmga qarab masala tuzishga o'rgatish.
Hovlida 9 ta o'quvchi o'ynayotgan edi, oldin 1 ta qiz bola, keyin yana1 ta o'g'il bola ketib qoldi. Hovlida nechta o'quvchi qoldi? deb masala tuzdiriladi. Buni esa quyidagicha ta'riflash mumkin: 9 - 1 - 1 = 7 ta bola hovlida qolgan ekan.
Demak, o'quvchilarga turli topishmoqli misol, masalalar berish orqali birni ketma-ket qo'shish va ayirish ustida egallagan bilimlari mustahkamlab boriladi.
Daftar bilan ishlash. Birni ketma-ket qo'shish va ayirish natija- sida o'quvchilarning og'zaki va yozma hisoblash malakalarini mus3+3=6 3+2+1=6 6-3=3 6-2-1=3 Darslikdagi 1-misolni og'zaki va yozma ravishda bajarish.
4-masalani rasmga qarab yechishga o'rgatish. 6 + 2 + 1 = 9 ta. Songa 3 ni qo'shish, sondan 3 ni ayirish mavzusi 1, 2 ni qo'shish, ayirish mavzusi kabi puxtalab boriladi.
6-misol. Jadval asosida misol yechishga o'rgatish.
1 + 3 = 4.. 3 + 3 = 6 5 + 3 = 8 IV.Daftar bilan ishlash. «Matematika daftari»ning 38-betidagi vazifani bajarish. Songa 3 ni qo'shish va sondan 3 ni ayirish orqali o'quvchilarga arifmetik amallar bajarish, yozuv qoidalarini o'rgatib borish. Daftardagi rasmlar, amallami bajarishda o'quvchilar qiziqishini oshirish. Tasvirlangan gullarni sanash orqali 1dan 10 gacha bo'lgan sonlarning hosil bo'lishi haqidagi tushunchalarni mustahkamlab borish. Bo'sh kataklarda mustaqil arifmetik amallar bajarish.
V.Darsni yakunlash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilami rag'batlantirish.
VI.Uyga vazifa. Darslikning 43-betidagi 5-misolni bajarib kelish.
Fan:Matematika
Sana:_____ ____________20__yil.
42.Mavzu:Songa 4ni qo’shish va sondan 4ni ayirish
Darsning maqsadi: Songa 4ni qo'shish va sondan 4ni ayirish haqida bilim berish, misol, masala yechish orqali mavzuni o'quvchilar ongiga singdirib borish.
Tarbiyaviy: a) o'quvchilarni matematika fanini borliqdagi narsalar bilan bog'lay olishga o'rgatish;
b) har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.