O’quv yili



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə25/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,24 Mb.
#207513
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
1-Sinf Matematika (I-chorak)

I. Darsni tashkil etish.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. 3 soni qanday yoziladi? Uchni yozishda qiynalmadingizmi? Geometrik shakllarni parta ustiga qo‘yib sanash. 2. She’riy iboralar bilan 3 soni haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
3. Xulosa: 3 > 2, 2 <3 ekanligini tushuntirib, daftarda mashq qilish.
III. Yangi mavzu ustida ishlash. 1-misol. Uchta qizil olma ko’pmi? Ikkita sariq olma ko’pmi? 3>2
Ikkita sariq olma ko’pmi? Uchta qizil olma ko’pmi? 2<3
O‘quvchilarga rasmda tasvirlangan uch xil narsalar (soni bir xil) tavsiya qilinadi, ularning o‘xshash tomonlari va farqiga e’tibor beriladi. Rasmdagi sabzi va pomidor soni sanab chiqiladi.
O‘quvchilar ularning o‘xshashlik tomoni va son jihatidan farqli ekanligini aytadilar. 3 = 3 olchani taqqoslaydilar. Bu va boshqa shunga o‘xshash taqqoslashlar orqali o‘quvchilar narsalarning miqdori haqida xulosa chiqaradilar.
Uchburchakning 3 ta tomoni, 3 ta burchagi, 3 ta uchi borligi haqida suhbat o‘tkaziladi.
2-misol.2<3 3>2 3=3 2>1
3-misol. 2+1=3 3-1=2


IV. Daftar bilan ishlash. 3 sonining yozilishini mashq qilish jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi mustah­kamlanadi. Arifmetik amallar bajarishning yozuv qoidalari mustahkamlanadi.
1. 3 sonini doskada yozib ko‘rsatish.
2. 3 sonini havoda yozib ko‘rsatish, so‘ng daftarga yozdirish.
V. Darsni yakunlash.
VI. Uyga vazifa. 3 soni ichida amallar yozib kelish.
Fan:Matematika
Sana “___”__________20__yil
14-DARS.MAVZU:3 soni ichida misol va masalalar bilan tanishtirish va yozishga o‘rgatish.
Darsning maqsadi. Ta’limiy: 3 soni, « + », « – », belgilari bilan tanishtirish va yozishga o‘rgatish.
Tarbiyaviy:Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:Matematik topshiriqlarni bajarish orqalio’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin