Dam olishdaqiqasida «Besh barmoq» o'yini.
Bosh barmoq maktabga boraman deydi,
Ко’ rsatkich barmoq men ham qolmayman deydi,
О 'rta barmoq qo 'shiq aytaman deydi,
Yordamchi barmoq rasm solaman deydi,
Kichkina barmoq donо bo 'laman deydi.
Yozilgan shaklga e'tibor bering, nima hosil bo'ldi?
Bayroqchalar hosil bo'ldi.Javob olingandan keyin, o'quvchilar diqqatini bayroqchalarning rangiga qaratish lozim.
IV.Darsni yakunlash. Musiqa asboblari, ruchka ushlash qoidalari, matematika daftari bilan tanishib chiqilganidan so'ng, o'quvchilarning javoblari rag'batlantiriladi.
V.Uyga vazifa. Daftardagi shakllardan yozib kelish.
Fan:Matematika
Sana:_____ ____________20__yil.
4.Mavzu:Ustida-ostida, chapda o’ngda, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga
Darsning maqsadi: O'quvchilar Ustida-ostida, chapda o’ngda, oldin,keyin orasida ,yonida ma'nosini chuqurroq anglashlari uchun amaliy mashg’'ulot o'tkazish. Yuqorida, pastda, chapdan o'ngga, o'ngdan mavzusi haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy:Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:Matematik topshiriqlarni bajarish orqalio’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar:Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.TK1 matematikaga oid atamalarni to‘g‘ri talaffuz etish;
o‘z fikrini aniq ifodalay olish;
Fanga oid kompetensiyalar: o’rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish maqsadida foydalana olish. o’quvchilar sonlarni qo’shish bilishlari kundalik hayotda hisob – kitoblarni mustaqil bajara olishlari uchun juda zarur.
Darsning turi: Suhbat, savol-javob, didaktik o'yinlar orqali yangi mavzuni o'rgatish.
Darsning jihozlanishi:a) 1-sinf «Mate matika» darsligi, daftari; b) o'yinchoqlar; sabzavotlar maketi, mevalar maketi
v)mavzuga oid sujetli rasmlar.