Tarbiyaning maqsadi – har tomonlama kamol topgan-mukammal inson shaxsini tarbiyalashdir.
O`qituvchilar jamoasi va har bir o`qituvchi-tarbiyachi ana shu maqsadlardan kelib chiqib, tarbiyaviy ishlarning, vazifalarini belgilaydi, uning mazmunini aniqlaydi hamda maktab ish sharoitlarini hisobga olgan holda o`quvchilarni tarbiyalashning shakl va uslublarini tanlaydi.
Tarbiyaning hayot bilan bog`liqligi
Tarbiyaning hayot bilan bog`liqligi qoidasi tarbiyaviy ishlarning mazmuni va tashkil etilishini doimo yangilab turishini talab etadi. Tarbiyachilar bolalar tarbiyasini hayot bilan bog`lar ekanlar, ularga o`zlarida iymon-e`tiqodni tarbiyalash imkonini beradilar. Tarbiyaviy ishlar shunday tashkil qilinganda yoshlar jamiyat hayotiga faolrok; jalb qilinadi, bu esa o`quvchi shaxsining tarkib topishiga yordam beradi.
Ilg`or o`qituvchilar tajribasining ko`rsatishicha, o`quvchilar ahil jamoa bo`lib uyushgandagina tarbiya ishlarini faol o`quvchilarga tayanmog`i, o`quvchilarni turli ishlarni birgalikda bajarishga odatlantirib, ularga jamoatchilik ruhini snngdirib borishi lozim.

Maktablar tajribasida faoliyat
Maktablar tajribasida faoliyat odatda ommaviy, jamoa, guruh va individulal shakllarda tashkil etiladn. Faoliyatni tashkil etishning ommaviy shakllari ham (ya`ni ularda o`quvchilarning muayyan guruhlari ishtirok etadi) o`z mohiyatiga ko`ra uni amalga oshirish jarayonida faoliyat maqsadga (masalan, ma`ruza, konsert va hokazo) erishish uchun katnashchilariing o`zaro muomalasini nazarda tutmaydi.
O`quvchilar guruhida muomalaning o`ziga xos xususiyatni o`rganish uning guruhlarini o`quvchilar muomalasini tashkil etishning samarali shakliga aylantiradigan xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Umumiy tarzda ular quyidagicha tasvirlanishi kerak: guruhiy ish jarayonida o`quvchilarning muomalasi juda samarali bo`ladi.