Reyting (ing. rating) — 1) oʻquvchi va talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash usuli. Oʻzbekistonda uzluksiz taʼlim tizimining meʼyoriy hujjati sifatida qabul qilingan. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 1998—2003-yillarda joriy boʻlib kelgan. 2003-yildan maktablarning boshlangʻich sinflarida qayta qoʻllanila boshladi.
O`quvchilarning bilimi besh balli sistema bilan baholanishi :
Besh - javob to`liq, to`g`ri, o`quvchi asosiy faktik materiallarni biladi, asosiy ilmiy tushunchalarni egallagan, geografik aloqadorlikni tushunadi va misollar keltiradi; xarita va boshqa ma`lumotlar manbalarning tarkibi va ular bilan ishlashning izchil usullarini biladi; ulardan mustaqil foydalana oladi va xaritalardagi obyektivlarni xatosiz ko`rsatadi. O`quvchilarning, xususan, o`quv masallarini hal etishda ijodiy yodashishi, eng yangi geografik voqealardan xabardorligi rag`batlantiriladi.
To`rt - javob to`liq va to`g`ri, ammo faktlarni ifoda etishda, tunushchalarni aniqlashda, geografik aloqadorlik va xulosalarni tushuntirishda o`qituvchining qo`shimcha savollari asosida osongina to`g`rilash mumkin bo`lgan noaniqliklarga yo`l qo`yadi.
Uch - javob to`g`ri, o`quvchi asosan materialni tushunadi, ammo tushuncha-larni aniq belgilay olmaydi, aloqadorliklarni mustaqil tushuntirishda qiynaladi yoki faktlarni izchillik bilan ifodalay olmaydi.
Ikki – javob noto`g`ri, asosiy faktik materialni, geografik qonuniyatlarni bilmaydi, tushunchalarni belgilashda qo`pol xatolarga yo`l qo`yadi; darslik va xarita bilan ishlay olmaydi.
Bir – og`zaki javob yoki yoki amaliy ish natijasi yo`q.
TEST HAQIDA :
Test (ing. test — sinash, tekshirish) (psixologiyada) — shaxsning aqliy taraqqiyoti, qobiliyati, irodaviy sifatlari, shuningdek, uning boshqa ruhiy xususiyatlarini tekshirishda qoʻllaniladigan qisqa standart mashklar. Ijtimoiy amaliyotda test odamning qanday kasb-hunar egallashi mumkinligi, uning kasbga layokati yoki layoqatsizligini, isteʼdodli yoki aqli zaifligini aniqlashda, muayyan hamkorlikdagi faoliyatga shaxslarni saralashda keng qoʻllaniladi. Uning yordamida tajribaning ilmiylik darajasi, kafolatligi, tekshiriluvlarning mahorati, qiziqishi, toʻplangan amaliy maʼlumotlarning haqqoniyligi, ishonchlilik koʻrsatkichi bir necha mezonlarga asoslanib taxlil qilinadi.