Testning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransis Galton (1822—1911) ishlab chiqqan (1883). "Test" terminini birinchi marta amerika psixologi Jeyms Kettell (1860— 1944) qoʻllagan (1890). U Testlar yordamida tanaga taʼsir etuvchi qoʻzgʻatuvchilarning idrok qilinishi vaqtini, refleks tezligini, reaksiya muddatlarini, teriga taʼsir oʻtkazishda hosil boʻluvchi ogʻriq sezgilarini, harflar qatorini esda olib qolish darajalarini aniklash mumkin, deb hisobladi. Fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi T. Simon insonning aqliy oʻsishi va isteʼdodi darajalarini oʻlchash imkoniyati borligi gʻoyasini olgʻa surganidan keyin aqliy Testlar nazariyasi keng yoyildi. Miqdoriy maʼlumotlarni statistika metodikalari yordamida hisoblab chiqish yuzaga keldi. Amerikalik Lyuis Permen (1877—1955) insonlarning aqliy qobiliyatlarini uzluksiz 50-yil davomida oʻrgangan.
Hozirgi davrda testlar quyidagi turlarga ajratiladi: