Muzyorar metodi.Har bir bola o’zini tanishtiradi.Masalan:Diyor-dovyurak,Muzayana-mehribon,Zarina-zukko,Aziza-asal,Shoxrux-sher,Asadbek-ayg’ir,Alloma-adolatli,Ruxshona-raqqosa,Shahzoda-shaddod...
Qo’shiq:Salom bergan bolalar:Mirolim,Aziz,Dilnoza,Durdona,Shahrizoda,Yulduz.
2-boshlovchi :Vatanimiz 1991-yil 1-sentabrda o’z mustaqqilligiga erishdi va o’zining muqaddas ramzlariga ega bo’ldi.
1-boshlovchi:Biz muqaddas ramzlarni davramizga taklif etamiz Marhamat!
Xumo qushi kirib keladi:
Gulbahor:Assalomu alaykum aziz bolajonlar. Men xumo qushi bo’laman.
Qo’shiq:Xumo qushim
Bayroq kirib keladi:Assalomu alaykum aziz bolajonlar. Men davlatimizning muqaddas bayrog’i bo’laman.Men 1991-yil 18-noyabrda qabul qilindim.
Sh’er:Havo rang,oq va yashil,
Bordir qizil belbog’i
Shuning uchun chiroyli,
O’zbekiston bayrog’i
Tamg’a kirib keladi:Assalomu alaykum aziz bolajonlar.Men davlatimizning muqaddas gerbi bo’laman. Men 1992-yil 2-iyulda qabul qilindim.
She’r:O’ng tomoni paxtazor,
So’l tomoni bug’doyzor
Bog’lari bor,tog’lari bor,
O’rtasida xumo qush
Raqs:O’zbekistonim
O’qituvchi:Siz butlaysiz hayotimiz kemtik joyini,
Aziz tutib otalarning qutlug’ poyini.
Asal qiling onalarning ichgan choyin,
Shirindirsiz shakardirsiz, aziz farzand.
Quyoshdirsiz qamardirsiz aziz farzand
1-boshlovchi:Aziz bolalar vatan deganda nimani tushunasiz?
Diyor:Vatan bu kindik qonimiz to’kilgan joy?
Shamshod:Vatan - bu beshigimiz ko’chamiz, uyimiz, turar joyimiz!
Asad:Vatan – bu muqaddas Ona tilimiz!
Suxayl:Vatan – bu buyuk millatimiz!
Sherzod:Vatan – bu maktabimiz!
Barotjon:Vatan – bu ona tabiat inom etgan barcha boyliklar va nozu ne’matlar!
Alloma:Mening aziz vatanim,
O’zbekiston davlatim
Ellar ichra yagona
Borar shaxdam mardona
Aziz ona vatanim
Muzayyana:Noming doim tillarda
Mashhur bo’lding ellarda
Gullab yashna doimo
O’g’il-qizlaring dono
Aziz ona vatanim.