Qo’shiq:Oy vatanim,boy vatanim. 2-boshlovchi:Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?
Durdona:Mustaqqillik-o’z erkiga ega bo’lish Vatan o’zimniki deganidir.
1-boshlovchi:Mustaqillik bizga nima berdi?
Gulsanam:Mustaqillik tufayli ma’naviy qadriyatlarimiz tiklandi.
1-boshlovchi:– Qani «Alifbe» o‘zi,
Ma'noli har bir so‘zi.
Barobar qarsak chalsak,
«Alifbe»ni chorlasak.
Bolalar qarsak chalishadi.Sahnaga «Alifbe» ko‘tariladi. – Salom, aziz bolalar,
Chiroyli gul, lolalar.
Alifbe to’yi bilan
Barchangizni qutlayman
Pok niyatli do’stlarim
Sizga oq yo’l tilayman.
Mirjahon:Rahmat senga Alifbe
Kel,davraga qo’shilgin
Senga aytar so’zlar ko’p
Kitobim quloq tutgin
Alifbe:Mening qaldirg’ochlarim
Sizlarga savolim bor
Dono o’g’il-qizlarim
Nelarni o’rgandingiz?
Ayting ushbu kitobdan?
Charxlandimi ongingiz
Jumboqlaru hikmatdan
Zarina:Bizlar dastlab o’rgandik
So’z,bo’g’in va harflarni
So’ngra hijjalab bir-bir
O’qib oldik gaplarni.
Nutqimizni oshirdik,
Burro bo’ldi tilimiz
To’g’ri yozish san’atin,
Egalladi qo’limiz.
Alifbe:Har biri jimjimador
Qani safga tursinlar
O’z sirin aylab bayon
Harflar tilga kirsinlar.
Alisher:A-Assalom avvalo aziz jonajon.
Alla aytib katta qilgan onajon.
Barotjon:B-Buyuk bobosi bor boshida bu kun.
Butun el tanidi yurtimni bugun.
Durdona:D-Dildan deyman doim jon tanim.
O’zbekiston mening vatanim
Diyor:E-Elim deb yurtim deb yashagan abad.
El-yurt baxti mening baxtimdir abad.
Shamshod:F-Fidoo bo’lsin mayli bu jonim,
Faqat omon bo’lsin ona vatanim
Gulsanam:G-Gulla go’zal gulgun diyorim,
Gul maskanim O’zbekistonim.
Asadbek:H-Hayotim hur o’lkam baxtimdir faqat,
Hur o’lkam baxti deb yashayman har vaqt