munosabatlar jarayonida keng qo’llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his
qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida yoshlarning bilimli,
yuksak tafakkur egasi bo’lish borasidagi qarashlar muhim o’rin egallagan bo’lib,
ularning intellektual salohiyatini jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi omil ekanligiga
alohida urg’u beriladi. Chunonchi, «... ilmu ma’rifat insonni yuksaklikka ko’taradi.
XXI asrda, men ishonaman, madaniyat uchun, ilmu ma’rifat uchun jonini beradigan
va buni hayotining asosiy maqsadi qilib qo’yadigan yangi avlod paydo bo’ladi. Biz
ana shu avlod uchun yashayapmiz. Biz ana shu olijanob maqsadlarni odamlar ongiga
singdirish uchun harakat qilayapmiz. Biz kutayotgan avlod mana shu boylikni
dunyodagi eng katta boylik deb bilsa, hayotini shunga baxshida etsa, bilingki,
odamzod yorug’ kunlarga erishishi muqarrar»
1
.
O’quvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul shakl, metod va
vositalari bo’lib, ular sirasida ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-g’oyaviy, iqtisodiy,
huquqiy, estetik va ekologik mavzularda tashkil etiluvchi suhbatlar, bahs-
munozaralar, ma’ruzalar, muammoli vaziyatlarni yaratish asosida o’quvchilarni
fikrlashga undovchi amaliy treninglar, debatlar, mustaqilishlar, shuningdek,
ishchanlik o’yinlari yanada samarali sanaladi.
Mustaqil ishlarni tashkil etish, xususan, muayyan mavzu asosida o’quvchilarni
kichik ilmiy izlanishlarni olib borishga yo’llash ularning dunyoqarashlarini yanada
boyib borishida poydevor bo’lib xizmat qiladi. O’smir hamda o’spirinlarni ma’lum
nazariya yoki ta’limotlarning g’oyalariga nisbatan tanqidiy munosabat bildirish,
metodologik mohiyatini ochib berish,
Dostları ilə paylaş: