5) Tashkilotchilik malakalari:
bolalar jamoasini uyushtira bilishi;
turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;
bolalarni nimalar bilandir qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;
amaliy masalalarni hal etishda o‘zining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qo‘llay olishi;
6) Kommunikativ malakalari:
-bolalarni o‘ziga jalb etishni bilishi;
-bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi;
bolalarning jamoalararo va jamoa ichidagi o‘zaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi;
bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog‘lashni bilishi;
7) Gnostik malakalari:
bolalarning asab psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi;
-o‘zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi;
boshqa tarbiyachilarning tajribalarni o‘rganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) to‘g‘ri xulosa chiqara olishi;
psixologik-pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;
-bolalarni to‘g‘ri tushunib, ularninig xulq-atvori sabablarini tushuntirishni bilishi;
8) Ijodiy xislatlari:
-pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;
-bolalarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshira olish qobiliyati;
-o‘zini bola o‘rniga qo‘yib, bo‘lib o‘tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi;
-avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish qobiliyati;
-o‘zining bolaga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko‘ra bilishga intilishi.
Shunday qilib, ko‘rsatib o‘tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi:
shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo‘nalishi;
pedagogik mahorat va qobiliyati;
xarakterining psixologik xususiyatlari;
bilish faoliyati;
-o‘qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.
Dostları ilə paylaş: |