o`quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini tahlilidan, iqtisodiy va ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha bo`yicha kasb asoslariga yo`naltirish va ta‘limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;
yosh oilalar bilan ishlash, tibbiy-tarbiyaviy, huquqiy, ma‘naviy-ma‘rifiy, ijtimoiy tushunchalar berish uchun maxsus tadbirlarni amalga oshirish; o`z hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatini tarbiyaviy maqsad yo`lida muvofiqlashtirish; tarbiyasi og`ir, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash, oilalarga pedagogik yordam berish;
bola tarbiyasi yaxshi yo`lga qo`yilgan oilalarni tegishli idoralar hamkorligida o`rganib, tajribalarini ommalashtirish; o`qishni va ishlashni xohlamaydigan, bezorilik yo`liga kirib ketgan o`smirlarni hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar ko`rib, ota-onalar yig`ilishlarida muhokama qilish; tarbiya sub‘yektlari bo`lmish huquqiy, tibbiy, ijodiy uyushmalar, yoshlar, tabiatni muhofaza qilish va ―Ekosan, ―Qizil yarim oy, barcha jamg`arma va jamoatchilik markazlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari, nodavlat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy boshqaruv idoralarining bola tarbiyasiga bo`lgan mas‘uliyat va javobgarligini muvofiqlashtirish;turar joyda va mahallada olib borilayotgan tarbiyaviy, ma‘naviy, ma‘rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlari markazi maktab bo`lishiga erishish o`quvchi-yoshlar, ota-onalar, jamoatchilik bilan huquqiy tarbiyani amalga oshjrish, tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida milliy mafkurani targ`ib qilish, aqidaparastlik va milliy taraqqiyotimizga zararli g`oyalarning kirib kelishiga qarshi murosasiz kurashni tashkil qilish; makatb negizida pedagogik, huquqiy, psixologik, ma‘naviy va ma‘rifiy bilimlar beruvchi ―Ota-onalar unversitetlari faoliyatini tashkil qilish.
2. O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari, mexanizmi va uslublari Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko`zlangan maqsadga erishib bo`lmaydi.Oila, mahalla, maktab hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo`ladi: ta‘lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi; tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg`unligi; hamkorlik jarayoni sub‘yektlarini teng huquqliligi va yuksak mas‘uliyati; faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi; Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obro`li xotin-qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, ―Yosh onalar va otalar maktablari faoliyatini yo`lga qo`yish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchi bosqich. Farzandning maktabgacha bo`lgan davridagi jismoniy, aqliy va ma‘naviy rivojlanishini ta‘minlash borasida ularga rasm chizish, voqealarni bayon qilish, o`ziga o`zi xizmat qilish, harf tanish, qo`shiq aytish va raqs tushish, turli o`yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdirish va mustaqil ravishda bilim olish ko`nikmalarini shakllantirish yuzasidan maktabga tayyorlash guruhlari, ―yakshanbalik maktablar ishini tashkil qilish.
Uchinchi bosqich. Kichik yoshdagi (6-11 yosh) maktab davrida bolalarning jismoniy, ma‘naviy va ijtimoiy shakllanishini ta‘minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o`z xatti-harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil qilishni o`rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo`lish, do`stlik, baynalminallik, vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish.
To`rtinchi bosqich. O`smirlarni (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga chanqoqlik va aql-zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat bo`lishini ta‘minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli kasblarga yo`naltirish, o`smirlar guruhlari va jamoatchilik orasida o`z o`rnini topa olishiga ko`maklashish, o`z xatti-harakatlari uchun jamiyat,, qonun va ota-onalari oldida javobgarlik tuyg`usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini yuzaga keltirish.
Beshinchi bosqich. Yoshlarni (16 va undan yuqori) dunyo andozalariga mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini ta‘minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta‘lim olishlariga, tanlagan kasblari bo`yicha ish bilan ta‘minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo`lishlariga shart-sharoit yaratish, Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqaroli burchlarini ado etishga javobgarlik hissini to`la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining 4-bo`lim 6-bandida ―Muassistashkilotlarning , mahalliy hokimiyat organlarining, savdo- sanoat doiralarining jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiylarning vakillarini o`z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv kengashlari tuzish orqali ta‘lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi, deb belgilab qo`yilgan. O`zaro hamkorlik ishlarini boshqarish uchun joylarda o`z tarkibiga mahallar faollari, obro`li ota-onalardan, o`quv-tarbiya muassasalarining tajribali xodimlaridan iborat muvofiqlashtiruvchi jamoatchilik kengashlari tuzilishi kerak. Jamoatchilik kengashi o`z zimmasiga olgan vazifalardan kelib chiqib, o`z tarkibida turli yo`nalishlarda faoliyat ko`rsatadigan kichik tashabbuskor guruhlarni tuzishi mumkin. Jamoatchilik kengashi ma‘lum bir muddatga mo`ljallangan ish dasturini tuzish va uni mahalla yig`inida tasdiqlab olib, amalga oshirishi zarur bo`ladi. Qayd etyilgan tadbirlar davra suhbatlaridan, biron bir mavzuga yoki muammoga qaratilgan kengash va majlislardan, anjumanlardan, oqsoqollar kengashlaridan , mahalla yig`inlaridan, mahalla ahlini birlashtiruvchi, ularni sog`lom turmush tarziga yetaklovchi ko`rik-tanlovlar, musobaqala, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bag`ishlangan anjuman va tantanalardan iborat bo`lishi mumkin. Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o`z faoliyati to`g`risida mahalla ahliga har chorakda bir marotaba hisobot beradi.
Zarurat tug`ilganda o`quv-tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududida joylashgan tashkilot, korxona va idoralarni ta‘lim-tarbiya yuzasidan olib borayotgan ishlari to`g`risida hisobotlarini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va uning izchilligiga ijobiy ta‘sir ko`rsatadi.Hamkorlik kenagshi mahalla hududida istiqomat qilayotgan o`z farzandalari tarbiyasiga befarq ota-onalarga nisbatan davlat boshqaruv idoralari,huquqni himoya qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda turli ma‘muriy choralarni qo`llashi mumkin. Hamkorlik kenagshi mahalla hududida o`zbek milliy tarbiya an‘analarini tiklash, turli madaniy tadbirlar o`tkazish, bolalar va kattalarning bo`sh vaqtlarini tashkil etish borasida maktablar, o`yingohlar, madaniyat muassasalari, sport inshootlari, o`smirlar klublari, maktabgacha tarbiya va makatabdan tashqari muassasalar ishini muvofiqlashtiradi. Hamkorlik kenagshi o`tkazilgan tadbirlarni tahlil qiladi, bu borada uslubiy maslahatlar tayyorlaydi va bu tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritadi. Hamkorlik kenagshi yosh avlodni tarbiyalashda mahalla, maktab va oila hamkorligi tasarrufiga kirgan masala va muammolarini mahalla hududidagi o`quv-tarbiya muassasalari, tashkilotlar va idoralari ishi rejalashtirilishi va amaliyot dasturlariga kiritilishida ularning bahamjihatliligini ta‘minlaydi. Ta‘lim-tarbiya sohasiga e‘tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiztomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, ma‘muriy ko`rsatmalarni samarali bajarish uchun oila, mahalla, maktab hamkorligifaoliyati o`ziga xos pedagogik tizim uslub va shakllarga ega bo`lishi zarur.
O`tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiqan teran, qiziqarli va ko`rgazmali, ta‘sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo`nda, estetik jihatdan keng ko`lamli bo`lishi kerak.
Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshdagi va toifadagi fuqarolarni qamrab olishi va ularning qiziqish va intilishlariga mos bo`lishi lozim. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari ―Sog`lom avlod uchun, ―Ota-onangga rahmat, ―Odobingga balli, ―Sog` tanda – sog`lom aql, ―Mehr chashmasi, ―Qizlar ibosi, ―Bir yigitga qirqhunar oz, ―O`g`lim - posbonim, ―Hayot-ustoz, xalq muallim,―O`zbekiston – Vatanim manim!, ―Milliy burch va mas‘uliyat, ―Oila saboqlari, ―Oila etikasi, ―Oila tinch – mahalla tinch, ―Mustaqil hayot bo`sag`asida, ―Askarlik – yigitlikmaktabi, ―Oila baxti – Vatan baxti, ―Sportchi oila, ―Oilamiz ohanglari, ―Vatan ostonadan boshlanadi, ―Bizkimmiz kabi tadbirlardan iborat bo`lishi mumkin.
Xalq amaliy san‘ati, hunarmandchiligi, urf-odatlari, madaniyati va tarixini o`rganish, o`quvchi yoshlarda vatanparvarlik g`ururini hisobga olgan holda, bu borada tashkil qilinadigan tadbirlar kattalar va yoshlar xotirasida doimo yorqin hissiyotlar qoldirishini unutmaslik tashkiliy ishlar samarasini oshiradi.
Mahalla hududida o`tkaziladigan sport va turli madaniy tadbirlar yoshlarning intilish va imkoniyatlarini kattalar tomonidan chuqur o`rganish imoniyatini beradi.
Yuqoridagi tarbiyaviy, tashkiliy, uslubiy ishlarni hayotga tatbiq etishda har bir fuqaro, oila, mahalla va maktab o`zining shart-sharoiti, atrof-muhitini tahlil qilib:-o`quvchi-o`qituvchi-ota-ona; ―maktab-oila-mahalla-jamoatchilik;―oila-mahalla-bog`cha-makatb yo`nalishlarida amaliy – tarbiyaviy ishlarni hayotga tatbiq etadi va shu kun talabi darajasida targ`ibotqiladi.Shu tariqa yoshlarni tarbiyalashda mutafakkir Abdulla Avloniyning―Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yosaodat – yo falokat masalasidir iborasi oila, mahalla va maktabningish tamoyiliga aylanishiga erishiladi.
Maktab, oila va mahallaning milliy tarbiyaviy hamkorlik yo`nalishlari mazmuni(ommaviy madaniyatga qarshi kurashish tadbiri)Bugungi kunda bolalar tarbiyasiga jamoatchilik keng jalb etilmoqda.Ayniqsa, mahallalar, ―Kamolot YoIH, ―Kamalak, ―Kelajak ovozi va boshqa turli - tuman jamoat tashkilotlari maktabga hamda oilaga bolalar tarbiyasida juda katta yordam ko`rsatmoqdalar. Jamoatchilikni o`quvchilar tarbiyasiga jalb etishda sinfdan va makatabdan tashqari ishlar tashkilotchisining roli kattadir. Tashkilotchi maktabning o`ziga qarashli tumanida bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishini tashkil etuvchi markaz bo`lib qolmog`i uchun chora-tadbirlar ko`radi, shu maqsadda u o`quvchilar ota-onalari ishlaydigan korxona va muassasalar jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqa o`rnatadi, maktabga homiylik qilayotgan tashkilotlar bilan bolalarning yashash joylarida ular bilan tarbiyaviy ishlar olib borish to`g`risida suhabtlashadi. Jamoatchilikning bolalar tarbiyasi borasida olib boradigan eng muhim yo`nalishlari: o`qishdan tashqari vaqtlarda o`quvchilar xulq-atvorini kuzatib borish, ularni xilma-xil ijtimoiy foydali ish-faoliyatiga jalb etish, o`quvchilarning uy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida ularga alohida-alohida yordam uyushtirish, oilalarga o`quvchilarning pedagogik jihatdan qarovsizligiga olib keladigan sabablarni bartaraf qilishda yordam ko`rsatish, tarbiyasi qiyin o`smisrlarni tarbiyalash va qayta tarbiyalashda yordam berish, bolalar bilan ularning yashash joylarida sport va madaniy-ommaviy ishlar olib borishdan iboratdir.Sinf rahbari jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqada bo`lib, ularga mumkin qadar ko`proq yordam berishlari va qo`llab-quvvatlashlari uchun ularga murojaat qilib turmog`i zarur. Eng avvalo ota-onalar qo`mitasi bilan, mahalla faollari bilan doimiy aloqa o`rnatish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tashkilotlar bolalar tarbiyasida nihoyatda katta yordam ko`rsatadilar. Jamoat tashkilotlari ayniqsa maktabdan tashqari kattalar qarovida qolmaydigan o`quvchilarning bo`sh vaqtlaridan to`g`ri foydalanishlariga, ularning qarovsizligini bartaraf etishga juda katta yordam ko`rsatishlari mumkin. Sinf rahbari jamoatchilikning ko`magi bilan sayohatlar va boshqa tadbirlar tashkil etishi va o`tkazishi, mahalla fuqarolar yig`ini binosi va boshqa tashkilotlar binosida uy vazifasini tayyorlash xonalarini jihozlashi va boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin.Har bir umumiy o`rta ta‘lim muassasasida ota-onalar qo`mitasi bo`lib, u ―Maktab nizomi bo`yicha tashkil etiladi.Ota-onalar qo`mitasi ishining vazifalari va mazmuni, uning huquqlari,hisoboti va ish yuritishi ham ―Ota-onalar qo`mitasi haqidagi nizomdaaks ettirilgan.Bu qo`mita ota-omnalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi.Uning tarkibiga har bir guruhdan 1-2 vakil kiradi, ular orasidan rais vakotib saylanadi.Qo`mitani saylashda saylanayotgan ota-onaning ma‘naviy qiyofasi, bo`shvaqti bor-yo`qligi, ishbilarmonligi, obro`si, bola tarbiyasiga qiziqishi va hokazolarni hisobga olish kerak.Umumiy o`rta ta‘lim muassasasi rahbari va pedagogik jamoa ota-onalar qo`mitasiga faol, harakatchan, tarbiya masalalaridan uzoq bo`lmagan kishilar saylanishi tarafdoridir. Sinf rahbarlari u yoki bu oila qanday,ota – onalar qo`mitasiga a‘zo bo`lgandan so`ng maktabga qanday yordam berishi mumkin, ular jamoat tarbiyasi hayoti bilan qiziqishadimi, maktabda bo`lishi kerakligi haqidagi, mashg`ulotlarni, tartibni kuzatish, sayr qilishda ishtirok etish haqidagi taklifga labbay deb javob berishadimi? Degan savollarga javob berishlari kerak.Ota-onalar qo`mitasini unda ishlashni xohlovchi ota-onalardan ham saylash mumkin. Bunday ota-onalar odatda, qiziqib va samarali ishlaydilar. Ota-onalar faoliyati samarali bo`lishi uchun uning a‘zolarining pedagogik mafaniyatini oshirish doimo diqqat-e‘tiborda bo`lishi zarur. Shu maqsadda rejali o`qishning turli xil shakllari o`tkaziladi. Ota-onalar qo`mitasi ota-onalarning umumiy majlisiga hisob beradi, unga avval qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqida hisobot beradi. Ota-onalar qo`mitasi ishida faol qatnashmaydigan a‘zolari, ota-onalar qo`mitasining taklifi bilan qo`mitani qayta saylash muddatlari kelgunga qadar chaqirib olinishlari mumkin. Uning o`rniga boshqalar saylanadi. Ota-onalar qo`mitasi a‘zolarining makatab bilan aloqasi pedagoglardan o`ziga va ishiga nisbatan yanada talabchan bo`lishni talab qiladi. Sinf rahbarlari mahalla faollari va ota-onalar qo`mitasi bilan mustahkam aloqada bo`lib, ularning faoliyatlarini faollashtirishga harakat qilishlari zarur. Ular ota – onalar qo`mitasiga bolalar o`rtasida yashash joylarida ommaviy tarbiyaviy ishlar o`tkazishda, badiiy havaskorlik to`garaklari tashkil etishda, kitobxonlar konferensiyalari, suhbatlar, ekskursiyalar o`tkazishda yordam beradilar. Ular bolalarning faol ishtirokida hovli maydonlari, sport maydonchalari qilishlari mumkin. Bolalarning yashash joylari bo`yicha jamoatchilik sportning turli xillaridan hovli yoki ko`cha guruhlari musobaqalarini o`tkazsa bo`ladi.Ota-onalar qo`mitasi tashabbusi bilan mahallar qoshida bolalar uchun foto to`garaklar, ―Mohir qo`llar, ―Yosh rassomlar, ―Matematik olimlar, ―Bilag`onlar, ―Hunarmand ustalar kabi to`garaklar va sport inshootlarini tashkil etish mumkin. Bundan tashqari bolalar tarbiyasiga jamoatchilikni jalb etishda turli tadbirlar, kechalar va seminar mashg`ulotlarini ham uyushtirish maqsadga muvofiqsir. Bunda sinf rahbari boshchiligida o`quvchilar bilan tadbir yoki kechalar uyushtirib jamoatchilik tashkilotlarini taklif etishi yoki ulardan yordam so`rashi mumkin. Sinf rahbari bolalar tarbiyasiga jamoatchilikni jalb etar ekan, o`z tarbiyaviy doirasini ko`p darajada kengaytiradi. U murakkab va mas‘uliyatli ishda – bolalarni tarbiyalash ishida ko`pgina yordamchilar topadi.Mamlakatimiz aholisining katta qismini yoshlar tashkil etadi. Shu bois―ommaviy madaniyat tahdidiga qarshi tura olish tobora dolzarbahamiyat kasb etayotir. Prezidentimiz Islom Karimov ―Yuksak ma‘naviyat– yengilmas kuch asarida bu masalaga to’xtalib, xloqsizliknimadaniyat deb bilish va aksincha, asl ma‘naviy qadriyatlarnimensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’liq holatlar bugungitaraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga kattaxavf solmoqda , deya alohida ta‘kidlaydi.Bugun turli yo’llar bilan, har xil ―ezgu niqoblar ostida ―ommaviymadaniyat mamlakatimizga ham tahdid solayotgani sir emas. Ayniqsa,jangari filmlar, yoshlarni soatlab o’tirishga ―majbur qilayotgankompyuter o’yinlari beto’xtov yovuzlikni targ’ib etsa, bolasining otasi kimligini bilmasdan boshi qotib DNK tekshiruvini o’tkazmoqchibo’lgan xonimlar haqidagi seriallar, internet olamida ayol va erkaklarga lazzatlanish haqida berilayotgan ―eng yaxshi maslahatlar fahsh hamda buzuqlik ko’chasi sari chorlaydi. Buning ustiga estrada san‘atiga kirib kelayotgan ayrim yo’nalishlar va qo’shiqlar, kliplar, yaratilayotgan kinofilmlar, reklama roliklaridatarg’ib etilayotgan turlicha kiyinish va so’zlashuv ―madaniyati, umuman hayot tarzimizga to’g’ri kelmaydigan holatlarga yo’l qo’yilayotgani achinarlidir.―Ommaviy madaniyatning eng xavfli tomoni – u to’satdan kirib kelmaydi. Avvalo, juda kichik detallar, arzimas veqealar orqali odamlarni o’ziga o’rgatadi, ko’niktiradi. Ana shunda 3-4 yoshdagi farzandimiz repper bo’lib kuylasa ham, o’g’limiz qulog’iga zirak taqib, qizimiz yirtiq shimni kiyganida ham ―zamona zayli deya beparvo bo’lamiz. Qolaversa, farzandimizning zamonaviyligidan quvonamiz. Mintaqamizdagi davlatlardan birida qandaydir nodavlat tashkilotining granti, ―beg’araz ko’magi asosida maktab o’quvchilari uchun ko’p ming nusxada darslik chop etildi. Bir qarashda bu xayrli tadbir ezgulikni, yoshlarning bilim olishini ko’zlab amalga oshirilgandek. Lekin darslikning ichiga kiritilgan ayrim sahifalar, turli xulosayu tavsiyalar, erkinlik va demokratiya to’g’risidagi yondashuvlar murg’ak yoshlar ongiga buzg’unchi g’oyalarni pinhona kiritishga qaratilgani kitob tarqalib bo’lgandan keyingina aniqlandi. ―Ommaviy madaniyatni targ’ib qilayotgan g’arazli kuchlarga aslida hech qanday madaniyat va inson ma‘naviyati, axloqiy qoidayu qadriyatlarning aslo keragi yo’q. Ularning strategik reja va siyosiy maqsadlariga erishish, ayrim mamlakatlarning yer osti, yer usti boyliklariga ega bo’lish, o’z izmiga solish uchun bu bir vosita, xolos. Bir so’z bilan aytganda hamma narsaga erkinlik nuqtai nazaridan qaraydigan ―ommaviy madaniyatning asosiy maqsadi – odamning irodasini susaytirish, o’zining hayotiga, atrofidagi odamlarga qarshi qo’yish va oxir-oqibatda erkinligidan judo qilishdir. Prezidentimiz Islom Karimov shu yil 9 may – Xotira va qadrlash kunida jurnalistlar bilan suhbatda qo’shni Afg’onistondagi vaziyat haqida fikr bildirar ekan, Afg’oniston xalqini, uning tarixini, madaniyatini, diniy-milliy qadriyatlarini toptash emas, aksincha, hurmat qilish yo’li bilangina turli millat va elatlarni bir-biriga yaqinlashtirish, u yerda tinchlik va barqarorlik o’rnatish mumkinligini alohida ta‘kidladi.Ushbu fikrning o’ziyoq xalqning ma‘naviyatini mensimaslik, ―ommaviymadaniyatni keng yoyish qanchalik ayanchli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini isbotlaydi.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o’zlashtirgan holda barpo etilayotgan huquqiy va demokratik jamiyat qurish yo’li bugun o’zini to’la oqlamoqda. Inson huquq va erkinliklari, fikrlar rang-barangligi, har bir halqning an‘ana va qadriyatlariga ehtirom ko’rsatish jamiyatimizning eng muhim tamoyillari etib belgilangan. Bunga munosib bo’lish har birimizning fuqarolik burchimizdir. Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy va ma‘naviy merosni, mardlik va jasoratni allaqanday ―ommaviy madaniyatga almashtirishga esa hech kimning haqqi yo’q. Bugun eng serdaromad sohalardan biri sifatida internet e'tirof etilmoqda, desak yanglishmaymiz. Hozirgi kunda taraqqiyotning yuqori texnologiyalari hayotimizga dadil qadamlar bilan irib kelmoqda. To’g’riroq qilibaytganda, kirib kelishga ulgurdi ham. Shunday yutuqlardan biri global internet tarmog’idir. Siz internetga kirsangiz, qaysiki axborotni olmoqchi bo’lsangiz mos manzilni terasiz. Manzilki, tayin faqat va faqat 3ta bir xil harf: WWW bilan boshlanadi. Aslida WWW inglizcha qisqartma so’z bo’lib, ―Butun dunyo o’rgimchak to’ri ma'nosini beradi. Haqli savol tug’iladi: Nima uchun aynan o’rgimchak to’ri? Internetning o’rgimchakka va uning to’riga nima aloqasi bor? Balki, ular jarangli eshitilsin deb, uni ma'joziy nom bilan atagandirlar. Balki, nomlashdan maqsad boshqadir. O’rgimchakning o’z to’rini qaysi maqsadda ishlatishi ayon ekan, har qanday kishining ongida nom tasodifan berilmagan degan fikr shakllanishi aniq. Chunki, u o’z nomini ma'lum miqdorda oqlamoqda.
Aks holda o’rgimchak hali qanoti qotmagan hasharotlarni o’z domiga qanday tortgani singari, internet hali ongi to’la shakllanmagan yoshlarni o’zining noto’g’ri, asossiz va yolg’on axborotlari bilan zaharlash darajasigacha bormas edi. Lekin, bu bilan biz internet to’la ―o’rgimchak to’ri vazifasini bajaryapti deyishdan yiroqmiz, chunki bu to’r ichida erkin harakatlanish imkoni mavjudligi bizga tasalli beradi. Sabab shuki, internetni ijobiy maqsadga ham yo’naltirsa bo’ladi va ―o’rgimchak to’rining haqiqiy egalari buni chegaralay olmaydi. Biz o’z xalqimiz mentaliteti, madaniyati va mafkurasidan kelib chiqqan holda ezgu mazmundagi veb-sahifalarni ko’paytirib internetga joylashti-rishimiz mumkin. Lekin, shu bilan birga, bunday mafkuraviy xurujdan butunlay ozodmiz, bizni boshqara olishmaydi, deyishdan chekinishimiz kerak. Shuni unutmaslik kerakki, har qalay o’rgimchak to’rining o’z o’rgimchagi bo’lgani singari bu to’rning ham o’z ―o’rgimchaklari bor. Men ularni shunday atamadim: ular o’zlariga o’zlari shunday nomni berib qo’yganlari kundek ravshanku. Hayron bo’lishingiz, tabiiyki, muallif taraqqiyotga qarshi, internetni qoralayapti deyishingiz mumkin. Aslo, yo’q, men internetni qoralamadim, men WWW haqida gapirdim. Internet bilan WWW orasida farq bor. Biz internetda ishlovchi oddiy insonlardan farq qilishimiz, devorning orqasini ham ko’ra bilishimiz zarur. Xususan, chegarasiz maydon va poyonsiz sarhadga ega virtual olamning eng jozibador ko'rinishlaridan biri bo'lmish ijtimoiy tarmoqlar hali 30 yoshning nari-berisida bo'lgan Mark Tsukerberg, Albert Popkov, Pavel Durov, Djek Dorsi kabi kishilarni allaqachon dunyo milliarderlari ro'yxatiga tirkab qo'ydi. Boz ustiga ularni bugun G'arb matbuoti «yangi dunyo yaratuvchilari» sifatida olqishlamoqda. Ammo facebook, twitter, odnoklasniki, vkontakte kabi ijtimoiy tarmoqlarning vujudga kelishi va supertezlikda juda katta auditoriyani qamrab olayotganini milliy mentalitetlarning kushandasi sifatida e'tirof etayotganlar ham yo'q emas. Buni statistik faktlar ham tasdiqlaydi. Facebook bugun dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Unga 2004 yili o'sha vaqtda Garvard universitetining talabasi bo'lgan Mark Tsukerberg asos solgan.
Hozirda facebookning auditoriyasi 901 million kishi (130 ming o'zbekistonlik)ni qamrab olgan. Shundan 500 million kishi saytga telefon orqali tashrif buyuradi. Har kuni foydalanuvchilar 3 milliarddan ortiq sharhlar qoldirishadi, tarmoqqa 300 millionta surat joylashtirishadi. facebookda hozirga qadar 125 milliard do'stlik aloqasi o'rnatilgan.Kompaniyaning daromadi joriy yilning birinchi choragida bir milliard dollardan oshib ketdi. Reklamadan esa qariyb 900 million dollar foyda olindi. O'z mushtariylariga «Hozir nima qilayapsiz?» degan savolga javob berish imkoniyatini yaratish maqsadida ochilgan twitter esa internet tarmog'idagi eng mash¬hur mikroblog servis bo'lib, u o'z mushtariylariga 140 harfgacha bo'lgan qisqa xabarlarni ma'lum qilish imkonini beradi. twitter — ingliz tilidan tarjima qilinganda chug'urlamoq, shivirlamoq, valjiramoq ma'nolarini beradi. Unga 2006 yil 15 iyul kuni Djek Dorsi, Evan Uilyams, Biz Stounlar tomonidan asos solingan. Hozirda mazkur mikroblogdan 500 million kishi ro'yxatdan o'tgan. Hatto ko'pgina davlat rahbarlarining twitterda o'z akkaunti (shaxsiy hisob, tashrif buyuruvchilarning identifikatsiya nomeri) bor hamda ular o'z o'quvchilarini rag'batlantirib turishadi. Masalan, shu yilning may oyida Venesuela prezidenti Ugo Chaves o'zining tvitterdagi 3 millioninchi follover (o'quvchisi)ga uy sov¬g'a qildi. Ikki millioninchi folloveriga esa shaxsan o'zi telefon qilib, kompyuter sovg'a qilgandi. Bir so'z bilan aytganda twitterda dunyoning mashhur kishilari, san'at va sport yulduzlarini uchratish, do'stlashish mumkin.Agar twitterdagi akkaunt mashhur bo'lsa, pul ishlab olish imkoniyati ham mavjud. «Vkontakte» kompyuter texnologiyalari ustasi Pavel Durov tomonidan 2006 yil 10 oktyabr kuni yaratilgan. Saytga kuniga 35 million kishi tashrif buyurmoqda. Qisqa muddatda 100 ming a'zoni yig'ish bo'yicha rekord o'rnatgan «odnoklasniki» ijtimoiy tarmog'i esa o'z faoliyatini 2006 yil 26 martdan boshlagan. Hozirda rus, ukrain, gruzin, arman, moldav, o'zbek tillarida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Loyiha muallifi kelib chiqishi rus millatiga mansub, ayni paytda Londonda istiqomat qiluvchi Albert Popkov hisoblanadi. Sayt shiddat bilan rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo'lib, u ayni paytda 14 yoshdan 55 yoshgacha bo'lgan 135 millionlik auditoriyaga ega. Shundan ikki million profil (foydalanuvchining shaxsiy sahifasi) mamlakatimiz fuqarolari tomonidan ochilgan. Bir kunda unga 30 million kishi tashrif buyuradi. Qizig'i shundaki, mazkur ijtimoiy tarmoq yaratilganida, muallif unga bor-yo'g'i reklama joylashtirishni maqsad qilgandi. Biroq qisqa fursat ichida Albert juda katta daromad manbaiga ega bo'lganini anglab yetdi. Sayt tashrif buyuruvchilarga alohida va umumiy muloqot qilish, turli o'yinlar o'ynash, sharhlar qoldirish, guruhlar ochish, do'stlar orttirish, suratlar, videoroliklar yuklash uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Bir so'z bilan aytganda, juda katta muloqot maydonidir. Kimlar uchundir u eski do'stlar va qadrdonlarni, yillar ortidagi tanish-bilishlar, yo'qotilgan qarindoshlar, birinchi muhabbatni topish imkonini bersa, kimlar uchundir mo'maygina daromadga ega bo'lish manbai, virtual e'lonlar makonidir. Ayni paytda sayyoramizda istiqomat qilayotgan bir yarim milliard yoshlar ijtimoiy tarmoqlarning asiri hisoblandi. Albatta, ijtimoiy tarmoqlarning foydali tomonlarini inkor etib bo'lmaydi. Biroq yovuz niyatli kishilar ham bunday beminnat yordamchilardan foydalanmaydi deb o'ylash, kulguli, albatta. Masalan, Afg'onistondagi Tolibonlar, Al Qoida, Somalidagi «Al-Shabab» terrorga ixtisoslashgan ekstremistik tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlarda o'z profili va minglab «do'st»lariga ega. Xususan, ular o'zlarining jihodiy g'oyalarini, va'zlarini targ'ib va tashviq qilishda, inqiloblarga chorlashda hadsiz imkoniyatlarga ega bo'lmoqda. Ayni paytda ularni qo'llab-quvvatlayotganlar ham, e'tirozlarni, nafratlarini izhor etayotganlar ham kam emas. Hatto muqaddas islom dini yuziga loy chaplashni niyat qilgan qora kuchlar ijtimoiy tarmoqlarga payg'ambarlarning karikaturalarini joylashtirib, o'zlarning manfurona basharalarini namoyish qilmoqdalar. Bu o'z navbatida, millatlararo, dinlararo nizolarga sabab bo'layotgani, achinarli. Bundan ham yomoni, ijtimoiy tarmoqlar Yaqin Sharq va Osiyoda turli namoyishlaruyushtirishning qulay vositasiga aylanganini bir necha bor amalda isbo etdi.Hozirda dunyoning eng qaynoq nuqtasi bo'lib turgan Suriyadakechayotgan xunrezliklarda ijtimoiy tarmoqlar ham faol rol o'ynamoqda. Masalan, amaldagi tuzumga qarshi kurashishga chaqiriqlar, buning uchun xayriya yig'ini tashkil qilishga da'vatlar (Otning o'limi — itning bayrami, deb shuni ayt¬salar kerak-da) shular jumlasidan. «Arab bahori» deb nom olgan va hali beri poyoni
Dostları ilə paylaş: |