O’quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakillantirish Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 189,5 Kb.
səhifə1/3
tarix13.03.2020
ölçüsü189,5 Kb.
#30664
  1   2   3
4- sinf oquvchilarida oila maktab jamoatchilik hamkorligini shakillantirish

O’quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakillantirish
Reja:
Kirish

Asosiy qism

1. O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasi

2. O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari, mexanizmi va uslublari.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Kirish

Mustaqil O`zbekistoning xalqparvar siyosati natijasida ijtimoiy-iqtisodiy, g`oyaviy-siyosiy, etnik-madaniy hayotida kun sayin jiddiy o`zgarishlar bo`lmoqda. Jamiyatimiz moddiy va ma‘naviy rivojining yangi omillari xalqning milliy o`z-o`zini anglashda samarali ta‘sir ko`rsatayapti. Mamlakatimiz hayotining barcha tomonlarini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish xalqimiz madaniy kuch-qudratini ma‘naviy jihatdan tiklash, g`oyaviy jihatdan yangilash va o`z-o`zini anglashdan iborat muhim vazifalarni qo`ymoqda. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining uzluksiz rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoit yaratilmoqda. Jumladan, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qator me‘yoriy hujjatlarda o‘qitishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish sohasida qator tadbirlar belgilab qo‘yilgan. Xususan, boshlang‘ich ta‘limda o‘qitishga alohida e‘tibor qaratilib, bugun zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish qayd qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida qabul qilingan «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonun va«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da oliy ta‘lim oldiga qo‘yilgan qator muhim vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, ta‘limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasining asosli mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish, o‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish, masofaviy ta‘lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o‘zlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida modul tizimidan foydalangan holda talabalar o‘qishini jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Yuqori malakali pedagog kadrlarga bo‘lgan talablar ortib borayotgan hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bo‘lgan, fanning fundamental asoslarini puxta egallagan, pedagogika va psixologiya fanlarining zamonaviy metodlari bilan chuqur qurollangan, kasbiy tayyorgarligi yuqori darajada bo‘lgan hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini yaxshi o‘zlashtirib olgan ijodkor pedagog kadrlarni shakllantirish talab etiladi. Bunday vazifalarni bajarish mavjud ta‘lim tizimini mukammallashtirishni, uni hozirgi zamon talablariga mos rivojlantirishni, xususan oliy pedagogik ta‘lim paradigmasini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishga, oliy pedagogik ta‘lim muassasalarida mutaxassislikka oid fundamental bilimlarni mustahkam egallashga qodir pedagoglar tayyorlashga yo‘naltirishni taqozo etadi.

Darhaqiqat, yangilangan ta‘lim tizimini joriy etishda har bir o‘qituvchi o‘zining faniga va barkamol avlod ta‘lim-tarbiyasiga oid axborotlarni muntazam o‘rgana borib, ularni o‘z mehnat faoliyatida izchil qo‘llay bilish mahorati oqibatidagina ta‘lim-tarbiya jarayonini zamon talablari darajasida tashkil eta olishi mumkinligi sir emas. Bu esa ta‘lim va tarbiya ishini uyg`un holda olib borishni talab etadi. Shu o`rinda Prezidentimiz I.A.Karimovning Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch asarida : ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta‘limdan ajratib bo`lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi deb aytgan so`zlarini ta‘kidlab o`tish joizdir. Bugungi maktab o‘qituvchisi jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rayotgan, uni aql chig‘irig‘idan o‘tkazadigan, har bir masalaga o‘z munosabatini bildira oladigan, dunyoqarashi rivojlangan, fikrlash olami keng o‘quvchidir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezdintining Oliy Majlisning IX Sessiyasida (1997 yil, 29 avgust) so‘zlagan nutqda: ―Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta‘lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta bilim kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir – deb qayd qiladi.



Shunday ekan, bolaning mustaqil va erkin shaxs sifatida shakllanishi uchun eng avvalo oila mustahkamligi ta‘minlanishi zarur. Oila jamiyat tayanchi ekanligini unutmasligimiz lozim. Ammo barcha vazifalarni oilaga tashlash ham noto`g`ri. Oiladagi ta‘lim-tarbiyaning to`ldiruvchi maktab va jamoatchilik mavjud. Mana shu tashkilotlarning o`zaro hamkorlikda ishlashi bola tarbiyasi, xususan barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarurdir. Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan ― Mustahkam oila yili Davlat dasturini amalga oshirish jarayonida oila, mahalla, ta‘lim maskanlari o’rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, har jihatdan sog’lom va barkamol yoshlarni voyaga yetkazish masalasiga alohida e‘tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yilda ishlab chiqilgan ― Oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasi asosida umumta‘lim maktablari bilan o’zini o’zi boshqarish organlari va oila institutlari o’rtasida yaqin hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Bu esa o’quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini o’z vaqtida aniqlash, bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ta‘limning keyingi bosqichiga yo’naltirishda muhim omil bo’lmoqda. Ayni paytda "oila-mahalla-maktab" hamkorligi oilalardagi ma‘naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash, ularda ulg’ayayotgan o’g’il-qizlarni zamon talablari asosida, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda o’z samarasini berayotir. ―Oila-mahalla-maktab‖ hamkorligining yosh avlod ta‘lim-tarbiyasidagi ahamiyati beqiyosdir. Yigit-qizlarning oila haqidagi tasavvurini kengaytirishga xizmat qiladigan ―Oila – muqaddas tushuncha, ―Oilaviy an‘analar, ―Ota va ona – oila tayanchi, ―Oilada sharqona sadoqat» mavzularidagi ma‘rifiy tadbirlar, tanlov va davra suhbatlari yoshlarimiz uchun har tomonlama foydali bo’lmoqda Ayniqsa, ta‘lim maskanlarida o’tkazilayotga ―Bola tarbiyasi – kelajak mevasi, ―Ilm ol, hunar o’rgan, ―Tanlagan kasbing – sening kelajaging hamda ―Etuk mutaxassis – kelajak mevasi mavzularidagi suhbatlar, savol-javob kechalari yaxshi samara berayotir. Ushbu tadbirlarga malakali professor-o’qituvchilar, iqtidorli talaba-yoshlar hamda ibratli oilalar vakillari jalb etilayotgani ularning ta‘sirchanligini oshirmoqda. Erta turmush qurish va yaqin qarindoshlar o’rtasida nikohlarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlariga ham shahar va tumanlarda alohida e‘tibor qaratilmoqda. ― Bir bolaga yetti qo’shni ota-ona ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlari doirasida yoshlarni oilaviy hayotga ma‘naviy-ruhiy tomondan tayyorlash, ularda oilaga mas‘uliyat hissini uyg’otish yuzasidan olib borilayotgan ishlar ham e‘tiborga sazovor. Aholiga ta‘lim tizimidagi islohotlar samaralari haqida kengroq tushuncha berish maqsadida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qoshida ― Ota-onalar universitetlarining faoliyatiga bag’ishlangan burchaklar tashkil etilmoqda, buklet, eslatmalar chiqarilmoqda, ular hisobotlari eshitilmoqda. Darhaqiqat, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan hech kimdan kam bo’lmagan,yuksak ma‘naviyatli avlodni voyaga yetkazish yo’lidagi keng ko’lamli ishlarda oila, mahalla va ta‘lim muassasalari hamkorligining ahamiyati beqiyos. Zero, ta‘lim vatarbiyaning uyg’unlikda olib borilishi mustaqil fikrli, barkamol yoshlarni ulg’aytirishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunga nazar tashlasak ham oila, maktab, jamoatchilik hamkorligiga alohida ahamiyat kasb etadi.

Asosiy qism

1. "O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi” konsepsiyasi.

«Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e‘tibor berilmasa, kelajak boy beriladi…»

I.A.Karimov


Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa‘y harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g`oyalariga sadoqatli, ma‘naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida muhim dasturilamal bo`ldi. Mamlakatimizda keying yillarda qabul qilingan ta‘lim va tarbiya to`g`risidagi qator me‘yoriy hujjatlar, jumladan O`zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to`g`risidagi Qonuni, ―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va makatab nufuzini yanada yuqori pog`onaga ko`tarishni taqazo etadi.

Zero, ta‘lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir Prezidentimiz ta‘kidlaganidek: birinchidan, yosh avlodga o`zligimizni, muqaddas an‘analarimizni anglash tuyg`ularini, xalqimizning ko`p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo`yilgan oliy maqsad va vazifalarni anglash singdirish; ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo`lgan hurfikrlikdan qat‘iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan yagona g`oya – milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarni baynalminal, jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O`zbekistonga munosib hurmat tug`dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash; to`rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; beshinchidan, yosh avlodni ulug` ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash O`zbekistonda o`quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir. Davlatimiz rahbari ko`rsatib berganidek, ta‘lim-tarbiya sohasidagi islohotlar: birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta‘sir ko`rsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o`zgartirishga; ikkinchidan, insonning hayotda o`z o`rnini topishini tezlashtirishga; uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishga; to`rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to`la ro`yobga chiqarishga, beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo`lgan, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan. Mazkur Konsepsiyada taraqqiyotimizning ma‘naviy – axloqiy negizi – milliy va umuman insoniy qadriyatlar uyg`unligi ekanligi e‘tirof etiladi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o`zaro aloqalar uyg`un yo`nalishlari belgilab olindi: Milliy tarbiya yo`nalishi orqali o`zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g`urur, millatlararo muloqat madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik kfazilatlari shakllantiriladi. Umuminsoniy yo`nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigiyenik va boshqa tarbiya yo`nalishlari amalga oshiriladi. Bu Konsepsiyaning milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablariga mosligini ta‘minlaydi. Sog’lom oilada barkamol avlod voyaga yetadi. Mamlakatimizda oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh oilalar uchun qulay turmush sharoitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.



Davlatimiz rahbarining 2009 yil 13 apreldagi ―Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog’lom avlodni shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida hamda 2009 yil 1 iyulda qabul qilingan ―2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog’lom bola tug’ilishi, jismoniy va ma‘naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to’g’risidagi qarorlari bunday xayrli ishlarningizchilligini ta‘minlashga xizmat qilayotir. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli tibbiy-ijtimoiy islohotlar aholiga zamonaviy tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, ekstragenital kasalliklarni kamaytirishga xizmat qilmoqda. Skrining xizmati qamrovining kengayayotgani, perinatal, pediatriya, akusher-ginekologiya sohalarida erishilayotgan natijalar onalik va bolalik muhofazasida yaxshi samara berayotir. Bu borada yana bir muhim loyiha – homilador ayollarni polivitaminlar bilan ta‘minlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad – oilada sog’lom farzandlar tug’ilishini ta‘minlash va tug’ma nogironlikning oldini olishdir. Yurtimizdagi oilalarning demografik holati, yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, birlamchi tibbiy-profilaktika ko’rigi qamrovini kengaytirish, istalmagan homiladorlikning oldini olishda zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan samarali foydalanish masalalariga bag’ishlangan tadbirlar sog`lom oilada barkamol avlodni voyaga yetishini ta‘minlaydi. Konsepsiyada oilaga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekistonda 1998 yil―Oila yili deb e‘lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqiyosidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g`oyat katta ahamiyatga ega ekanligiga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-martda qabul qilingan ―Ijtimoiy-ma‘naviy muhitni yanada sog`lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to`g`risidagi130-sonli qarori misol bo`la oladi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to`g`risidagi Qonunining 30-moddasida ―Voyaga yetmagan bolalarni ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, makatabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi olishlari uchun javobgardirlar, deb belgilab qo`yilgan. ―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining 3.2-bandida esa ta‘lim oluvchilarning o`qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga alohida e‘tibor berilgan. Bu ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi bugungi kunning ma‘naviy, ma‘rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an‘analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi; shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta‘minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish, Oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasining asosiy maqsadidir. O`zbekistonda yuz berayotgan o`zgarishlar oila, mahalla, maktab hamkorligi yo`nalishida bola tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, maktabning asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqazo qiladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, ―Oila jamiyatimizning asosiy bo`g`inidir. Haqiqatan ham oila bu jamiyatni tashkil etuvchi katta kuchdir.

Jamiyat mavjudligi mana shu oilaga tayanishi hech kimga sir emas.

Oila jamiyatning ajralmas zarur qismidir. Unda inson dunyoga keladi. Shu paytda oila insoniyatning uzluksiz naslini davom ettiruvchi bo`lib qolaveradi. Shundan kelib, oila ikkita ulkan ijtimoiy vazifani farzandlarni dunyoga keltirish hamda ularga to`g`ri tarbiya berishni yo`lga qo`yish muhim ahamiyatga ega. Chunki oilada katta yoki kichik narsa bo`lmaydi. Hamma narsa, xatto eng oddiy bo`lib ko`ringan oilaviy munosabatlar bolaga katta ta`sir ko`rsatadi.

Shunga muvofiq ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasini amalga oshirish jarayonida oilaning quyidagi vazifalari belgilab qo`yilgan: - oilada sog`lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o`rnak bo`lishi, farzandlarning ota-onasiga, Vataniga muhabbat tuyg`usini shakllantirish, o`zaro g`amxor bo`lishni ta‘minlash;



  • oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a‘zolarining o`z huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta‘minlash;

  • farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma‘rifatli va ma‘naviyatli kishilar bo`lib yetishishlarini ta‘minlash;

  • bozor munosabatlariga mos bo`lgan kasb-hunar o`rgatish, iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;

  • bolalarning ma‘naviy barkamol va jismonan sog`lom bo`lishlari uchun iqtisodiy muhitni yaratish;

  • bolalarni mustaqil fikrlashga o`rgatish; istiqlol g`oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;

  • bolalarning bo`sh vaqtlarini pedagogic nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo`shimcha ta‘lim berish; farzandlariga mavjud bo`lgan iste‘dod kurtaklarini yaratish; o`z farzandlarining maktab, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to`la ado etishlari uchun oilada mas‘uliyatli bo`lish;

  • ota – onalar o`zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib boorish;bolalarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma‘naviy-axloqiy tomonlarini shakllantirish; oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo`nalishlarini uyg`un holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas‘ullikni ta‘minlash; sanitariya-gigiyenik, ekologik ko`nikmalarni singdirish, diniy aqidaparastlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish;

  • oila, maktab va mahalla oldida o`z farzandlarining barcha xatti-harakatlari uchun javobgardir; sog`lig`ida va aqlida nuqsonlari bo`lgan farzandlarga hayot talablariga mos ravishda bilim va kasb-korlik berishdan iborat. Ota-onaning farzand oldidagi burchi, o`zbekona ta‘bir bilan aytganda farzandga yaxshi nom qo`yish, yaxshi muallim qo`liga topshirib savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdan iboratdir.

Shu o`rinda 2012 yilga mamlakatimiz rahbari tashabbuslari ―Mustahkam oila yili deb nom berilishi va shu asosda azal-azaldan hayotimizning tayanchi va suyanchi bo'lib kelgan, jamiyatimizning hal qiluvchi bo'g'ini bo'lmish oila institutini yanada rivojlantirishga qaror qilishi hayot abadiyligini, har qaysi insonning baxtu saodati, kelajagi, orzu-intilishlarini mujassam etadigan oilani yanada mustahkamlash va farovonligini oshirish, bu borada olib borayotgan barcha ishlarimizni yangi bosqichga ko'tarishdek olijanob rejalarni amalga oshirish ko'zda tutilgani hammamizga yaxshi ayon. Ta'kidlash kerakki, ―Mustahkam oila yili jamiyatimizning ma'naviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy qadriyatlarni asrab-avaylash,yuksak ma'naviy muhitni qaror toptirishda, milliy mentalitetimizga yot bo'lgan zararli ta'sirlarga qarshi turishda beqiyos kuch bo'lgan oilaning o'rni va nufuzini oshirishga qaratilgan oila, maktab va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilgan ko'plab tadbirlarga, jumladan, turli ko'rik-tanlovlar, festivallar, ko'rgazma va ijodiy kechalarga boy bo'ldi.

Ushbu xayrli ishlarning davomi sifatida 2013-yilning Obod turmush yili deb e‘tirof etilishi ham bejizga emas.

Oilalarning mustahkamligi va turmushning obodligi kelajak avlodning komil inson bo`lib yetishi uchun tayanch hisoblanadi. Ushbu yilda ham ishlab chiqilgan Davlat Dasturi asosida hamkorlik ishlarini tashkil etish zarur. Bunda oilaning ham, makatb va mahallaning ham tashabbuskorligi va o`zaro hamjihatliligi talab etiladi.

Oila kabi mahalla ham jamiyatini shakllantirishning ajralmas qismidir.

Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, o‘zbek jamiyatida jamoa bo‘lib yashashning sinalgan shakli mahalladir.

„Mahalla" so‘zi arabcha „Mahallun" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy mavzelari degan ma'noni anglatadi. Mahalla shaharlar ichidagi kichik hududiy birlik bo‘lib, o‘tmishdan meros bo‘lib kelmoqda.Bejizga yurtboshimiz ―Mahalla – yurt mustahkam bo`lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi, deb ta‘kidlamagan. ―Bir bolaga yeti mahalla – ota – ona degan naqldan kelib chiqib kelajak avlodni tarbiyalash va unga ta‘lim berish jarayonini amalgaoshirish borasida kichik Vatan bo`lmish mahallaning oldida quyidag vazifalar turadi: mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta‘lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak bo`lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashishi va oqilona yechimlarini topishda faollik ko`rasatilishi; mahalla o`z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni qo`llab-quvvatlab va farzandlarining bilim va tarbiya olishlariga bosh-qosh bo`lishi; ma‘nan nosog`lom oilalarni mahalla yig`inlarida muhokama qilish, ularga nisbatan jamoatchilik choralarini ko`rish;mahalla hududidagi o`quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy va ijtimoiy yordam ko`rsatilishini qo`llab-quvvatlash; ota-onalar orqali bolalarni tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g`urur, vatanparvarlik, milliy odob, mafkuraviy onglilik, baynalmilallik kabi xislatlarni singdirishni har tomonlama rag`batlantirish;yoshlarga diniy mashablar va sektalar, aqidaparastlikning mohiyatini to`g`ri anglab yetishiga ota-onalar orqali ta‘sir ko`rsatish, ulug` ajdodlarimizning tarbiyaviy o`gitlarini singdirib borishga jamoatchilikni safarbar qilish; mahalla yig`inlarida milliy davlatchilik va milliy mafkura g`oyalarini,respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda erishilgan turli tadbirlar tashkil qilish;

―Ma‘naviyat va ma‘rifat,

―Sog`lom avlod uchun,

―Mahalla,

―Ekosan,


―Umid,

―Ulug`bek,

―Nuroniy,

―Kamolot


jamg`armalari, xotin-qizlar qo`mitalari, turli jamiyatlar, birlashmalar va ijodiy uyushmalarni yosh avlod milliy istiqlol g`oyalari asosida tarbiyalash ishiga muammoli masalalarning yechimini topishga faol jalb qilish;mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining imkoniyatlarini o`quv-tarbiya muassasalari moddiy negizini mustahkamlashga jalb qilish mahalla hududida o`quv-tarbiya muassasalari bilan birgalikda turli ko`rik-tanlovlar, sport musobaqalari, anjumanlar, bayram va bellashuvlar tashkil qilish; turli yo`nalishda iqtidorli bo`lgan o`quvchi bolalarni maktablar tavsiyasiga ko`ra ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo`llab-quvvatlash; - ilg`or pedagog xodimlar, tarbiyachilarga mahalla imkoniyatlaridan kelib chiqib, har tomonlama yordam ko`rsatish;farzandlariga ta‘lim va tarbiya berishda ijobiy natijalarga erishayotgan, namunali oilalar hayot tajribasini ommalashtirib, mahalla hududida ―Oila saboqlari mashg`ulotlarini tashkil qilish;

- mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san‘atkorlar, ziyolilar va barcha ijod ahlining imkoniyatlaridan foydalanib, turli to`garak va ―Usta-shogird rusumida billim va kasb berish faoliyatini tashkil qilish;

mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan mahallada istiqomat qilayotgan va moddiy qiynalgan yoshlar uchun ish joylari kvotasining ajratilishiga erishish; har bir yosh fuqaroda O`zbekistonda, uning tabiatiga muhabbat, tarixiga qiziqish, mahalla obodonchiligi, ahilligi uchun javobgarlik ruhinishakllantirish. Bugungi kunda mamlakatimizda ushbu ulkan va mas‘uliyatli vazifalarni amalga oshirishda ―Kichik biznes va tadbirkorlikning ahamiyati ortib bormoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida, avvalambor, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish, aniq maqsadlar ko`zlangan istiqbolli rejalarni amalga oshirishda hal qiluvchi kuch va ta'sirga ega bo`lib bormoqda.

Ishbilarmonlikning faol qo`llab-quvvatlanishi xalqimiz turmush farovonligini oshirish omili bo`lib qolmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, oilaviy biznesni tashkil etish, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, doimiy ish ơrinlari yaratish orqali oilalar turmush farovonligini oshirishga alohida e'tibor berilishi tijorat banklari kredit siyosatida ơz aksini topdi.

Mamlakatimizda oilaviy biznesni tashkil etish, oilalarning farovonligini oshirish bơyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ajratilgan kreditlar miqdori 956 mlrd. sơmdan, jumladan xotin-qizlarni tadbirkorlik sohasiga faol jalb etishga yơnaltirilgan kreditlar hajmi 451 mlrd. sơmdan kơproqni tashkil etdi. Natijada minglab oilalar o`zlarining oilaviy bizneslarini yơlga quydilar, shaxsiy yordamchi xơjaliklarini tashkil etish imkoniga ega bơldilar. Yuzlab bog'dorchilik vasabzavotchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik bilan shug'ullanadigan yangi xususiy tadbirkorlik tuzilmalari faoliyat yurita boshladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida, avvalambor, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish, aniq maqsadlar kơzlangan istiqbolli rejalarni amalga oshirishda hal qiluvchi kuch va ta'sirga ega bơlib bormoqda. Ishbilarmonlikning faol qơllab-quvvatlanishi xalqimiz turmush farovonligini oshirish omili bơlib qolmoqda. Bolalarga ta‘lim-tarbiya berishda maktab va pedagoglarning asosiy vazifalari O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan ―Ta‘lim to`g`risidagi Qonunning, ―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi va respublika rahbariyatining dasturiy fikrlarimazmunidan kelib chiqqan bo`lishi kerak, ya‘ni: maktabda bolaga biron bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor yaratish; o`quvchi yoshlarning sport turlari bilan shug`ullanishlariga yordamberish, ularning bo`sh vaqtlarini, imkoniyatlarini hisobga olgan holda to`garak mashg`ulotlarini tashkil qilish; bolalarga ta‘lim berishni ilg`or pedagogic texnologiyalar, zamonaviyo`quv uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, o`quv-tarbiya jarayonlarini jahon andozalariga mos ravishda ta‘minlash;


Yüklə 189,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin