O’quvchilarni hamkorlikda ishlashga, ulardagi emotsional zo’riqishlarni bartaraf etishga doir trening mashg’ulotlari har bir mashg’ulot 4 bosqichdan iborat



Yüklə 103,73 Kb.
səhifə5/11
tarix07.01.2024
ölçüsü103,73 Kb.
#203613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
trening.mashklari

Uchinchi mashg’ulot
Bu mashg’ulotda ishtirokchilar munosabatni o’rganadilar.
Mashq: «Munosabat doskasi»
Mashg’ulotdan oldin devorga bir nechta vatman varag’i mahkamlab qo’yiladi.
Yo’riqnoma: Bu bizning o’ziga xos «munosabat doskamiz». Bu yerda o’ziga va boshqalarga munosabatni ifodalash mumkin. Siz nimanidir chizishingiz yoki yozishingiz mumkin. «munosabat doskasi» bu yerda bir necha mashg’ulotgacha saqlanadi.
Mashq: «Musiqani to’xtating»
Musiqa yangraydi. Ishtirokchilar xona bo’ylab erkin harakatlanadilar. Faqat trener musiqani to’xtatgach, ishtirokchilar u bilan birga ekanliklarini qayd qilishlari mumkin. Buni kompliment yoki yoqimli ifodalarni aytish orqali amalga oshirish mumkin: «Men juda ham xursandman, biz yana birgamiz».
Mashq: «Qisqacha o’zim haqimda»
Guruh ishtirokchilari aylana bo’lib o’tiradilar. Har biri navbat bilan mimika va pantomima orqali bo’sh vaqtlarida nima bilan shug’ullanishlarini ifodalaydilar. Masalan, ashula aytish, o’qish, sayr qilish, musiqa tinglash. Ishtirokchilar navbatni o’z ixtiyorlariga ko’ra tanlaydilar.
To’rtinchi mashg’ulot
Mashq: «G’ayritabiiy salomlashish»
Ishtirokchilarga bir-birlari bilan panja, yelka, oyoq, pyeshona, tizza, tirnoq orqali va shular kabi «g’ayritabiiy salomlashish» taklif etiladi.
Musiqa yangraydi. Ilk o’spirinlar xona bo’ylab tartibsiz harakatlanadilar. Trener ishtirokchilardan qanday salomlashish kerakligini so’raydi. Ishtirokchilar bir-biri bilan ixtiyoriy salomlashadilar. Ularga o’z salomlashishlari haqida o’ylab ko’rish tavsiya qilinadi.
Mashq: «Men o’zimni yaxshi ko’raman»
Hamma aylana bo’lib o’tiradi. Guruh ishtirokchilari o’z qadriyatlari haqida gapiradilar. Masalan, «Men o’zimni yaxshi ko’raman, chunki mehribon bo’lganligim uchun».
Mashq: «So’zli avtoportret»
Ishtirokchilar qog’ozga o’zlari haqida anonim shaklda yozadilar. Ular oilalari, sinfi, do’stlarining fazilatlari, xarakteri, xulq-atvori, o’qishdagi yutuqlari haqida yozishlari lozim. Varaqlar yig’ib olinadi va aralashtiriladi, so’ng har bir ilk o’spirin bitta varaqni tanlab oladi. Undagi ma’lumotlarni guruhga ma’lum qiladi. O’qiyotgan ishtirokchining vazifasi–so’z kim haqida borayotganini topish. Agar topolmasa, guruhni yordamga chaqiradi.

Yüklə 103,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin