O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish axmatova Feruza Batirovna



Yüklə 77,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix19.12.2023
ölçüsü77,08 Kb.
#186118
1   2   3   4   5   6   7
o-quvchilarni-kasb-hunarga-yo-naltirish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
12 
o‘tish foydadan holi bo‘lmaydi. Lavozim – bu egallangan kasb va mutaxassislik 
doirasidagi mehnat jarayonini tashkil etish va unga rahbarlik, boshchilik qilish bilan 
bog‘liq bo‘lgan faoliyat turidir. Masalan, maktab direktori, o‘quv-tarbiya ishlari 
bo‘yicha rahbar o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i, bosh injener, zavod direktori, bosh 
shifokor va hokazo. 
Ilmiy unvon – bu egallangan kasb va mutaxassislik sohasi bo‘yicha kiritilgan 
yangilik va kashfiyotlar uchun beriladigan ilmiy darajadir. Masalan, fan nomzodi
dotsent, fan doktori, professor va h.k. 
Barcha kasb-hunarga yo‘naltirilgan ishlarni o‘rganishda shunday xulosalarni 
chiqarish mumkin. Ya’ni, kasbiy ma’rifat (kasbiy axborot) o‘quvchiga kasblar 
olamida “kompas” vazifasini bajaradi: aksariyat hollarda o‘quvchilar ommaviy va 
nufuzli bo‘lgan kasblarni tanlashga intiladilar; ayrim hollarda o‘quvchilarning kasblar 
haqidagi bilim va tajribalari yuzaki bo‘lib, uning yaqqol ko‘zga tashlanuvchi, tashqi 
belgilari hamda xususiyatlariga tayanib qolishadi; kasbiy muvaffaqiyat zamirida 
mashaqqatli mehnat yotishi haqidagi ularning bilimlari ko‘p hollarda tor va sayoz 
bo‘ladi; o‘quvchilarni kasb-hunarga samarali yo‘naltirish uchun ular albatta kasblar 
olami haqida muayyan bir tasavvurlarga ega bo‘lishlari, ya’ni shu bugungi kungacha 
yer yuzida mavjud bo‘lgan kasb-hunar va mutaxassisliklar, lavozim o‘rtasidagi 
farqlar, ularning paydo bo‘lish hamda yo‘qolib ketish sabablarini bilishlari lozim. 
SHuningdek, to‘g‘ri kasb tanlashga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, ishlovchi shaxsning 
jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy xususiyatlariga bo‘lgan kasb talablari, mehnat 
xususiyatlari va ularning insonga ta’siri, zamonaviy ishlab chiqarish sohalari va 
turlari, kasb-hunar ta’limi hamda ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotlardan 
xabardor bo‘lishi, har bir o‘quvchi o‘zining shaxsiy, individual-psixologik-fiziologik 
xususiyat va sifatlarini yaxshi bilishi hamda ularni hisobga olgan holda o‘zi uchun 
ko‘proq mos keluvchi mehnat faoliyati sohalarini tanlay olish malakasiga ega bo‘lishi 
kerak. 
Kasb klassifikatsiyasi mavzusini o‘quvchilarga tushuntirishdan avval bu 
atamaning mazmunini biroz kengroq tushuntirib berish lozim. 
Klassifikatsiya – bu narsa va hodisalarning anglangan tartibi bo‘lib, ularni biror-
bir muhim belgisi bo‘yicha turlarga ajratishdir. O‘quvchilar turli klassifikatsiyalar 
bilan botanika, zoologiya, ona tili va boshqa fanlarni o‘rganishda tanishib chiqishgan 
hamda uning qulayligini anglashgan. Masalan, hayvonot dunyosi klassifikatsiyasi fan 
dunyosini o‘rganishga yordam berib, o‘quvchi biror notanish jonivorga to‘qnash 
kelganda tashqi belgilariga qarab uning xarakteristikasini, ma’lum bir tur va oilaga 
kiritishi yoki aksincha, jonivorni ko‘rmay turib, biroq uni ma’lum bir tur va oilaga 
kirishini bilgan holda asosiy belgilari bo‘yicha xususiyatlarini tuzishi mumkin 
bo‘ladi. 



Yüklə 77,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin