O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish axmatova Feruza Batirovna



Yüklə 77,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix19.12.2023
ölçüsü77,08 Kb.
#186118
1   2   3   4   5   6   7
o-quvchilarni-kasb-hunarga-yo-naltirish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
14 
Kasb-hunarga yo‘naltirishda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan: 
- kasb-hunarga yo‘naltirish xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi; 
- iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o‘rganish va prognoz qilish orqali 
jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish; 
- shaxsni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis qilish 
shakli, uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi; 
- O‘zbekiston fuqarolarining va (lozim bo‘lganda) boshqa davlat fuqarolarining 
o‘qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat’iy nazar kasb-
hunarga yo‘naltirish xizmatlaridan foydalanishga teng huquqligi; 
- kasb tanlash yoki almashtirish, ta’lim turi va ishga joylashish imkoniyatlariga 
nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi; 
- umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilariga psixologik-pedagogik va kasb-
hunarga yo‘naltirish xizmatlarini ko‘rsatishning majburiyligi va bepulligi, aholining 
boshqa guruhlariga davlat darajasida kafolatlangan kasbiy tashxis va maslahat 
berishning ixtiyoriyligi; 
- kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining ob’yektivligi, maxfiyligi va 
tavsiyaviy xarakterda ekanligi; 
- kasb-hunarga yo‘naltirish xizmatlari xodimlarining kasbiy axloq normalariga 
rioya etishligi. 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
15 
Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining asosiy ob’yekti: 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-9 sinf o‘quvchilari; 
oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalarining o‘quvchilari; 
ishdan bo‘shashi kutilayotganlar; 
ish qobiliyati cheklangan shaxslar. 
Ma’lumki, xalq ta’limining asosiy bugunini uzluksiz ta’lim tashkil etadi. SHu 
sababli, bu masalaga alohida diqqat-e’tibor qaratish darkor. Uzluksiz ta’limni davlat 
ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari bilan ta’minlashda, avvalo, ularning 
jahon talablari darajasida bo‘lishiga, yuksak ma’naviyat zaminida qurilganiga asosiy 
e’tibor berish kerak. SHuning uchun ham umumta’lim dasturlarini maktabgacha 
tarbiya, boshlang‘ich, umumiy ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim tarzida tuzsak, 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun quyidagi tizimni asos qilib olsak, 
ko‘zlangan natijalarga erishamiz, deb o‘ylayman. 
Birinchi. Maktabgacha ta’lim. Uch yoshdan boshlanib, olti-etti yoshgacha 
oilada, bolalar bog‘chasida va mulkchilik ko‘rinishidan qa’ti nazar, boshqa xil ta’lim 
tashkilotlarida olib boriladi. 
Ikkinchi. Boshlang‘ich ta’lim. 1-4 sinflarni o‘z ichiga oladi va bunda o‘qish olti-
etti yoshdan boshlanadi. 
Uchinchi. Umumiy ta’lim. Bunda o‘quvchilarga 5-9 sinflar doirasida bilim va 
tarbiya beriladi. 
Alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerak; umumta’lim maktabi barchamiz uchun 
majburiy bo‘lib, ularda bolalarimizga umumiy bilim asoslarini chuqur o‘rgatishimiz 
kerak, tom ma’noda farzandlarimizning dunyoqarashini shakllantirish va 
kengaytirishimizga asos solishimiz kerak. 
To‘rtinchi. O‘rta maxsus bilim va kasb-hunar ta’limi. O‘qish muddati 3 yildan 
kam bo‘lmagan akademik va kasb-hunar litseylari va kollejlari. 



Yüklə 77,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin