O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish axmatova Feruza Batirovna



Yüklə 77,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix19.12.2023
ölçüsü77,08 Kb.
#186118
1   2   3   4   5   6   7
o-quvchilarni-kasb-hunarga-yo-naltirish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
16 
Beshinchi. Oliy mutaxassislik ta’limi, odatda o‘n sakkiz-o‘n to‘qqiz yoshdan 
boshlanib, to‘rt yildan kam bo‘lmagan muddatda davom etadi. 
Oliy mutaxassislik ta’limi bakalavrlik hamda magistraturaga bo‘linadi. 
Bakalavrlik – yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bazaviy oliy ta’lim berish demakdir. 
Unda o‘qish kamida 4 yil davom etib, oliy ma’lumot va tayanch mutaxassislik 
diplomini olish bilan tugaydi. 
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha oliy kasbiy ta’lim bo‘lib, bakalavrlik 
negizida kamida ikki yil davom etadi. Undagi tahsil yakuniy kvalifikatsion davlat 
attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan nihoyasiga 
yetkaziladi. 
Shu bilan birga, biz o‘z ehtiyojlarimiz va ichki sharoitlarimizdan kelib chiqib, 
uzluksiz ta’limning rasmiy tizimida yakunlovchi bir bosqichni ham joriy etishimiz 
kerak. Bu bosqich ikki darajaga bo‘linadi, ya’ni aspirantura va doktoranturadan iborat 
bo‘ladi. 
Aspirantura nihoyasiga yetkazilgan magistrlik negizida 3 yil davom etadi. 
Aspiranturaning maqsadi – muayyan mutaxassisliklar bo‘yicha oliy 
kvalifikatsiyali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirish. Aspirantura 
akademik va kvalifikatsion imtihonlari hamda nomzodlik dissertatsiyalarini himoya 
qilish bilan yakunlanadi. Bu yakunlarga ko‘ra, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha “fan 
nomzodi” ilmiy darajasi beriladi. 
Doktorantura fan nomzodi ilmiy darajasi negizida 3 yil davom etadi
dissertatsiya himoya qilish bilan yakunlanadi. YAkunga ko‘ra, tanlangan 
mutaxassislik bo‘yicha “fan doktori” ilmiy darajasini beriladi. Boshqacha aytganda, 
bu sohada avvalgi tartib saqlanib qoladi. Bulardan tashqari, yangi tizimda qo‘shimcha 
kasbiy ta’lim – qayta tayyorlash va malaka oshirish masalasiga ham katta e’tibor 
berilishi kerak. 
Kadrlar tayyorlash milliy modeli: Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy 
tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat; 
SHaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’yekti va ob’yekti, ta’lim 
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; 
Davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga 
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib 
olishning kafillari; 
Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, 
ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi 
tuzilmasi va uning faoliyati ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi; 
Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, 
ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
17 
Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik 
sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi
kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash 
jarayonining qatnashchisidir. 

Yüklə 77,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin