O'quvchilarni katta sportga yo'naltirishda harakatli o'yinlarning ahamiyati reja: kirish i-bob. O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda harakatli o’yinlar


Katta sportga malakali sportchi tayyorgarligining bo’limlari va masalalari



Yüklə 66,51 Kb.
səhifə11/12
tarix18.05.2023
ölçüsü66,51 Kb.
#116678
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
O\'QUVCHILARNI KATTA SPORTGA YO\'NALTIRISHDA HARAKATLI O\'YINLARNING AHAMIYATI 44444

3.3. Katta sportga malakali sportchi tayyorgarligining bo’limlari va masalalari
Avval aytib o’tilganidek, sportchi tayyorgarligining to’rtta bo’limini ko’rib chiqish kerak: jismoniy, tehnik, taktik va ruhiy tayyorgarlik. Har bir bo’limda ikki tomon ajralib turadi (umumiy va mahsus), ularda tayyorgarlik vositalarining qo’llanishi (ishlatilishi) nazariy va amaliy yo’nalishlarga ega bo’lishi mumkin.
Jismoniy tayyorgarlik harakatli syfatlarni tarbiyalashga bog’liq bo’lib, u sportchiga zarur tezlik, kuch, davomiylik bi­lan harakatlanish imkonini, shuningdek, har tomonlama jismoniy rivojlanishga va sog’liqni mustahkamlashga yordam beradi. Sportchi tayyorgarligining ushbu bo’limi tayyorgar-likning mehnat va muhofaza (himoya) amaliyotidagi vazifalarni echishda katta ahamiyatga ega.
Umumiy (har tomonlama) jismoniy tayyorgarlik to’g’ridan-to’g’ri musobaqa potenstialiga kirmaydigan harakatli sifatlar majmuini tarbiyalashga hizmat qiladi (masalan, yadro uloqti ruvchining aerob chidamliligi). Biroq, umumiy jismoniy tayyorgarlik evaziga sportchi keyingi tehnik tayyorgarlik uchun zarur harakatli bilim va uquvlar zahirasiga ega bo’ladi hamda mahsus jismoniy, tehnik va taktik tayyorgarlikni samarali olib borishi uchun yordam beradigan mahsus bosqichni o’ziga ta’minlaydi. Masalan, yadro uloqtiruvchining aerob chidamlilik bosqichi .etarli bo’lmasa, u tezkor-kuch mashqdarini bajarganida tez charchaydi va holdan toyadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalari umumtayyorlovchi mashqlar bo’lib hisoblanadi.
Mahsus jismoniy tayyorgarlik-sportchiga musobaqa sharoitida samarali qatnashish imkoniyatini ta’minlovchi harakatli sifatlarni, qobiliyatlarni tarbiyalashdan iborat. Shuning uchun, mahsus jismoniy tayyorgarlik to’g’ridan-to’g’ri sport imkoniyatiga tegishli va tabiiyki, sport natijasiga ta’sir etadi. Tayyorgarlikning bu turi mahsus tayyorgarlik (rivojlantiruvchi) va musobaqali mashqlar yordamida olib boriladi.
Tehnik tayyorgarlik sport tehnikasi va uning mukam-mallashishini o’rganishni o’z ichiga olgan.
Sport tehnikasi yuqori samaradorligi bilan ajralib tu-ruvchi harakatli vazifalarni echish usullaridir. Samarasiz harakatlar sportchiga maksimal natijalarga erishishga yo’l qo’y-maydi. Harakatli vazifalar sportda turli hildagi hususiyatga ega bo’lgani kabi, tehnikaga talab ham shunchalik turli-tumandir. Ko’pincha sportchining harakatlari tejamkor bo’lishi, ya’ni berilgan tezlik bilan harakatlanishda minimum quvvat ketkazilishni (energotrat) ta’minlashi lozim (suzish, uzoq masofalarga yugurish va boshqalarda). Boshqa holatlarda harakatlar aniqligi va jozibadorligi tehnikaga bo’lgan asosiy bosh talab hisoblanadi. Ko’pincha birinchi o’rinda maqsad sari tehnikani musobaqali holat bilan uzviy bog’liq holda, samaradorlikni kamaytirmasdan to’g’ri yo’l ga qo’yish zarurligi turadi va raqib holatini, harakatini maksimal darajada murakkablashtiradi (sport o’yinlari va bellashuvlarda).
Umumiy va mahsus tehnik tayyorgarlikning turli sport turlaridagi o’rni birday emas va asosan musobaqali mashqlarning soni, turli-tumanligi, yaqinlik darajalariga bog’liq. Masalan, akrobat yoki gandbolchining tehnik tayyorgar-ligiga engil atletikachi (uzoq masofaga yuguruvchi)dan ko’ra ko’proq vaqg ajratiladi. Ayniqsa, sportchining o’zlashtirishiga osonroq bo’lishi uchun katta hajmdagi turli harakatlardan faqat qanchadir qismini tanlashga to’g’ri keladigan, murakkab vazifalarni echadigan shunday sport turidagi murabbiylarga qiyin (kurashning turli turlarida). Bunday hollarda, o’zlashtirilgan usullar soni, har birini bajarishda ustalik darajasi musobaqa imkoniyatining tuzilishiga va kattaligiga ta’sir ko’rsatadi, bu esa sport natijasiga turlicha ta’sir ko’rsatishi mumkin (1- rasmga qarang).
Tehnik tayyorgarlik jarayonining tuzilishi harakatli holatlarni o’rganish jarayonidan unchalik katta farq qilmaydi. Biroq, maksimal natijaga erishish uchun intilish tayyor­garlikning bu turiga spestifik talablar qo’yadi. Bunda muhim jihat — harakatlarga o’rgatishga to’liq tayyor bo’lishlikni ta’minlashdan iborat. Agar sportchining jismoniy tayyor-garligi etarli bo’lmasa, unda tehnikasida muammolar ko’payadi. Masalan, yosh voleybolchining tezkor-kuch tayyorgarligi juda kam (sakrovchanlik), hujumkor zarba berish tehnikasini o’rganishda qiynaladi, buning natijasida sportchiga qaytadan o’rgatish kerak bo’ladi.
Tehnik tayyorgarlik hususiyatlaridan yana biri — hatolarni zudlik bilan topish va ularni bartaraf etishdir. Uchrab turadigan hatolarni to’g’rilash faqatgina vaqtni oladigan murakkab jarayon emas. Sportchi murakkab musobaqa jarayonida charchab, emostional toliqqanda doimo harakatlarida o’sha-o’sha hatolarga yo’l qo’yish havfi tug’iladi, natijada sport ko’rsatkichlari pasayadi. Shuning uchun, harakatli uquvni (boshlang’ich o’qitish bosqichida) va bilimni (chuqurlashtirilgan bosqichda) shakllantirish albatta to’g’ri harakatlanishning nazorati bilan birga olib borilishi kerak.
Sport mashg’uloti uchun spestifik bosqich — sport poydevorini mustahkamlash va rivojlantirish bosqichi hisob­lanadi, ya’ni harakatli uquvni shakllantirish paytidan boshlab to butun sport faoliyati davrigacha davom etadi. Muso­baqa mashqlari va ularning mashg’ulot shakllari tehnik tayyorgarlik vositalari bo’lib hizmat qiladi.
Taktik tayyorgarlik, bu — taktikani o’zlashtirish, ya’ni musobaqa yoki bellashuv jarayonida to’g’ri qaror qabul qilish uchun zarur (muhim) bilim, uquv va tajriba ortgirishdir.
Umumiy taktik tayyorgarlik sportchining musobaqa faoliyati shakllanishining asosiy negizini yo’lga qo’yadi. Mahsus taktik tayyorgarlik esa tanlangan sport turi bo’yicha bellashuvlar jarayonida to’g’ri qaror qabul qilish san’atini egallashga yordam beradi (ta’minlaydi).
Sport taktikasi bellashuv olib borish usullarining samaradorligini o’zida aks ettirsa, taktik tayyorlik ma’lum bir paytda, lahzalarda kelasi harakatlar uchun qaror qabul qilishda namoyon bo’ladi (yugurishda oddindagi raqibni izma-iz ta’qib qilish yoki undan o’zib ketish, futbolda to’pni yakka holda olib borish yoki sherigiga uzatish, hujum qilish yoki aldamchi harakatlar, o’zgartirish qilish yoki qilmaslik). Ma’lumki, sport natijasi ko’p jihatdan bu qarorlarning to’g’riligiga bog’liq, ayniqsa, bellashuv jarayonida hara-katlanishning turli variantlari mavjud bo’lgan sport turlarida (1-rasmga qarang). Demak, agar 1500 m ga yugurishda noto’g’ri qo’yilgan taktikani yahshi jismoniy tay­yorgarlik bilan o’rnini qoplay olsak, taktik hatolarga yo’l qo’yadigan qilichbozning deyarli g’alabaga imkoniyati qolmaydi.
Shunday qilib, taktik qaror qabul qilish (tayyorgarlikning boshqa usullarini amalga oshirgandek) yutuqqa erishish imkoniyatini maksimal darajada oshirishi lozim. Shuning uchun to’g’ri taktika musobaqa imkoniyati raqib imkoniyatidan va boshqa to’sqinlik qiluvchi omillardan us-tun bo’lgan musobaqali holatlar ketma-ketligini tanlashdan iboratdir. Bundan kelib chiqadiki, doim ham faqat yahshi o’zlashtirilgan, qulay variantlarni qo’llash kerak emas, agar u raqibga qiyinchiliklar tug’dirmasa. Odatda, yutuq raqib harakatlarining murakkablashishiga olib keladi, kerak bo’lsa bunda o’zingizga ham qiyinchiliklarni engishga to’g’ri keladi (masofaga yugurishda notekis (bir hil bo’lmagan) tezlikda harakatlanish, basketbolda va futbolda pressing (ta’qib qilish) va h.k.). Ayrim hollarda samarali qarshi holatga o’tishda raqibga engillik tug’dirib qo’yilishi mumkin (ustunlikni berib qo’yish). Undan tashqari, ko’pincha taktik harakatning bir turidan ikkinchisiga o’tish, shuningdek, harakatlar maskirovkasi (zarba berishdan oldin qisqartma silkitma, darvozabon qo’rish maydonining chegaralanganligi) yoki yolg’on, aldamchi harakatlar (chalg’ituvchi harakatlar) qo’llaniladi.
Shahsiy (individual), guruhli va jamoaviy taktikani ajratish lozim. Shahsiy taktika bitta sportchi bajaradigan mashqda qaror qabul qilishda ishlatiladi. Guruhli taktika yutuqqa erishish uchun jamoaning bo’laklarini birlashtirishda qo’llaniladi (estafetani topshirish yoki tezkor jamoaviy hujumda). Jamoaviy taktika bellashuvda (musobaqada) qatnashayotgan butun jamoa harakatlarining hususiyatlari bilan asoslanadi. Jumladan, sport o’yinlarida jamoaviy taktika avvalo o’yin tizimiga bog’liq: sportchilarni maydonda joylashishining umumiy ko’rinishi va ular orasidagi funkstiyalarning bo’linishi. Masalan, 1—4—2—4 futbolda bitta darvozabon, to’rtta himoyachi, ikkita yarim himoyachi va to’rtta hujumchini ifodalaydi.
Taktik tayyorgarlik uslubiyatida nazariy va amaliy yo’nalish yaqqol ajralib turadi.
Nazariy yo’nalish sportchini bellashuv jarayonida to’g’ri qarorlar qabul qilishida muhim va zaruriy bilimlarni o’zlashtiriщiga bog’liqdir. Bunda adabiyotlar o’rganiladi, etakchi mutahassislar ma’ruzalari tinglanadi, video-magnitafon yordamida musobaqa faoliyati yoki mahsus blankalarda kuzatuvlar natijasini yozib borish (sport razvedkasi) o’rganiladi. Sportchining bunday oldindan ma’lumotlarga ega bo’lishi, odatda musobaqa jarayonida uni tezroq va ancha to’g’ri qarorlar qabul qilishiga, yutuqqa erishishiga imkon yaratib beradi, sport mashg’uloti sharoitlarida taktikani o’zlash-tirishni tezlashtiradi.
Amaliy yo’nalish musobakali mashqlarni bajarish paytida qarorlar qabul qilishda sportchining bilim va uquvini shakllantirishga yordam beradi. Bunda mashg’ulot sharoitlarini soddalashtirish, engillashtirish (himoya taktikasini o’rganishda oldiniga hujum variantlari sonini cheklash lozim), sharoitlarni murakkablashtirish (charchoqning ortishi yoki raqiblar sonining ortishi va h.klar hisobiga) va mashg’ulotni kelgusi musobaqa sharoitlariga yaqinlashtirish, shu bilan birgalikda „raqibni o’rganish" ishlatiladi. Bularga yana musobaqa amaliyotida qarorlar qabul qilish tajribasini egallashni ham kiritishimiz mumkin. Undan tashqari, sportchini taktik tayyorlashda musobaqali holatlarni ifodalovchi (ekranda) mahsus trenajyorlar keng ishlatilmoqsta, ularga qarab sportchi iloji boricha tezroq qaror kabul qilishi, bir necha tugmachalardan bi-rini bosish bilan ma’lumot berishi mumkin.
Ruhiy tayyorgarlik. Sportchining ruhiy tayyorgarligi keng vazifalarning echimiga, ya’ni fikriy, aqliy, vatanpar-varlik, axloqiy tarbiya va musobaqa hamda mashg’ulot sharoit-larida samarali harakat qilish uchun uning psihikasini tayyorlashga bog’liq.
Avval aytib o’tilganidek, sportning e’tiborli jihatlaridan biri — uning tarbiyaviy jihatidir. Bu, eng avvalo, fikriy va akliy tarbiyaning samarali amalga oshirilishida namoyon bo’ladi.
Sportning mahsus hususiyati (spestifikasi) sportchidan eng avvalo sport axloqiga (etikasiga) rioya qilishni talab qiladi, ya’ni raqiblar, hakamlar, sheriklar, murabbiylar bilan aloqalar jamlanmasining me’yorlari, qaysiki, sport turining rasmiy qonun-qoidalari chegarasidan chiqib ketadi. Sport axloqi musobaqani halol olib borish, man etilgan harakatlarga yo’l qo’ymaslik, sport harakatining barcha ishtirokchilariga bo’lgan hurmatni, shu jumladan, raqibni ham nazarda tutadi. Ushbu masalaning dolzarbligi sport tomoshalarida katta ahami-yatga ega, ya’ni har bir qo’pollik, axloqsizlik, yutuqqa erishish uchun yolg’on harakat va qonun-qoidalarga amal qilmaslik muhlislarda salbiy munosabatni uyg’otadi.
Ruhiy tayyorgarlik umumiy va mahsus tayyorgarlikka ajratiladi.
Umumiy-ruhiy tayyorgarlik shahsni g’oyaviy yo’nalishini shakllantirishni, intizomni, o’z-o’zini tartibga solishni, sport turi uchun zarur bo’lgan irodaviy sifatlarni shakllan­tirishni, ruhiy holatni nazorat qilishni o’zlashtirish va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Mahsus-ruhiy tayyorgarlik qatnashchini aniq bir musobaqaga yoki bellashuvga tayyorligini shakllantirishning bir qis-mi hisoblanadi.
Sportchi ruhiy tayyorgarligining muhim jihatlaridan biri-irodani tarbiyalashdir. Sport faoliyatida irodaviy sifatlar (maqsad sari intiluvchanlik, sabrlilik, yutuqqa erishish va jasurlik, tashabbuskorlik va mustaqillik, chidamlilik va o’z-o’zini nazorat qilish) to’siqlarni engib o’tiщsta yaqqol qo’rinadi. Bularga misol qilib masofaning uzunligi, raqib qarshiligi, meteorologik (iqlimiy) shart-sharoitlar, sport inshootlarining holati, musobaqa yuklamasining katta hajmi, o’rganilayotgan harakatning murakkabligi, sport rejimi talablari va boshqalarni olishimiz mumkin.
Irodaviy sifatlarni tarbiyalashda sportchining sport mashg’uloti va musobaqa amaliyotini inobatga olish lozim. Ya’ni, uning yuqori aqliy faolligining rivojlanish uyg’unligi hamda uning diqqatini uchraydigan to’siqlardan o’tishga qaratish bilan uyg’unlashtirishdir. Irodaviy sifatlarning emostional komponentlarini shakllantirish musobaqalarda qiyinchiliklarni engishda to’plangan tajribaga asoslanib olib boriladi. Mashg’ulotga etarli tezlik, kuch, chidamlilik, diqqat-e’tibor, salbiy emostional hodatlarni (o’ziga ishonchsizlik, qo’rquv, o’zini yo’qotib qo’yishlik) engib o’tishga qaratilgan maksimal irodaviy jihatlarga boy mashqlarni kiritish mumkin. Bunda o’zini tarbiyalashni samarali tashkillashtirish va yakkalik harakat zarur. Sportchi o’zini ruhiy boshqarishni o’rganib olishi va shu asnoda irodaviy sifatlarini ishlata bilishi kerak.
Musobaqa imkoniyatini shakllantirish jarayonida sport­chini tayyorlashning barcha bo’limlari (bosqichlari) uzviy bog’liq. Demak, sportchi taktik yo’nalishdagi mashqni bajara-yotgan bo’lsa, unda u nafaqat to’g’ri qarorlar qabul qilishni o’rganadi, balki tehnikani ham yahshilab boradi (harakatlarni ko’p bora qaytarish hisobiga), shuningdek, jismoniy tayyorgarligini oshiradi (yuklamaga ko’nikish hisobiga), bunda esa vujudga keladigan qiyinchiliklarni engib o’tiga o’zining irodaviy sifatlarini tarbiyalaydi. Shunday qilib, . sportchini tayyorlash butun bir jarayon bo’lib, uning ayrim (alohida) tomonlari bir-birini uzviy to’ldirib turadi.

XULOSA
Hozirgi davrga kelib sport va jismoniy tarbiya yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Prizentining "O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida" gi Farmonida: "Bolalarni jismoniy va ma’naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko’nikmalarini singdirish, sport maktablari va markazlaridagi mashg’ulotga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga ko’maklashish" lozimligi alohida ta’kidlanadi.
O’quvchi va murabbiyning faoliyati asosida eng muhim prinsip yotadiki, ya’ni uning birgina biologik, yoshlarni rivojlanish hususiyatlari hamda vositalar, uslubiyatlar, sportga tayyorlashdagi shakllar tizimida yoshi, jinsi va shahsiy qobiliyatlarni inobatga olishdan iborat.
Hozirgi zamonaviy bolalar sportga qat’iy bog’langanlik hususiyatiga ega bo’lib tuzilgan, ya’ni murabbiy-yosh sportchi-oila. Bunday birlik sportda katta yutuqlarga olib kelishi ayni muddao, chunki ota-onalar bilan kelishilgan holda ish yuritilsa ijobiy natijalarga erishiladi. Shu masalada ota-onalarga eng ahamiyatlisi murabbiyning maslahati o’ta tushunarli bo’lishi lozim. Buning asosida bolalarning ko’p yillik sport bilan shug’ullanish bosqichlaridan ma’lumot olishdir, ya’ni bolalarni yosh hususiyatlarini qat’iy hisobga olib, birinchi bosqichini 5-7 yoshda belgilangan sport turidan (suzish, gimnastika turlari) o’tmasdan ikkinchi bosqichga o’tkazmaslik.
“Cog’lom avlodni tarbiyalash — buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir”. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mustaqilligimizning ilk yillarida aytilgan bu so’zlar mamlakatimizning istiqboldagi bosh maqsadini, davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishini belgilab bergan. O’zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridan uzoq istiqbolni ko’zlab, farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta, bahtli bo’lishlari shart, degan ezgu niyatni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’ygan Istiqlol yillarida bu olijanob maqsad yo’lida miqyosi va ahamiyati jihatidan ulkan ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda bolalarning sog’lom tug’ilishi va sog’lom ulg’ayishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etilib, bolalar va o’smirlar o’rtasida sportni ommalashtirish, sog’lom hayot tarzini keng qaror toptirish, barkamol avlodni shakllantirishning noyob tizimi yo’lga qo’yildi. Bolalar sporti ta’lim-tarbiya sohasining uzviy qismiga aylandi.
2013 yilda bolalar sporti ob’ektlari, musiqa va san’at maktablari barpo etish, rekonstrukstiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari izchil davom ettirildi. 113 sport inshooti va suzish havzasi, 55 bolalar musiqa va san’at maktabi qurilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu ob’ektlarning 132 tasi qishloq joylarda ishga tushirildi.Bu maqsadlar uchun 210 milliard 400 million so’m mablag’ yo’naltirildi.
Prezidentimiz sport majmualari, musiqa va san’at maktablarini har tomonlama sifatli qurish, buning uchun ihtisoslashgan pudrat tashkilotlarini ko’paytirish, ularning moddiy-tehnik bazasini mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.
Bolalar sporti ob’ektlarini qurish hech qachon to’htamaydi. Bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi. Aziz bolalarimiz kamol topadigan bu majmualarni shunday chiroyli va mustahkam etib quraylikki, bu bizdan o’ziga hos bir esdalik, ularga mehrimizning ifodasi bo’lsin, dedi davlatimiz rahbari. Barcha sport majmualari zamonaviy sport inventarlari va malakali murabbiylar bilan ta’minlanayotgani tufayli ularning qamrovi tobora kengayib bormoqda. Bugun mamlakatimizda 2 millionga yaqin bola sportning
30 dan ziyod turi bilan muntazam shug’ullanmoqda. Bitta sport inshootidan o’rtacha kunlik foydalanish vaqti 9,5 soatni tashkil etmoqda. Bolalar uchun barpo etiladigan har bir inshootni qalb qo’rimizni bag’ishlab qurishimiz kerak. U erda shug’ullangan bolalar shunday imkoniyatlardan mamnun bo’lib, ezgu maqsad va intilishlar bilan yashasin. Zero, farzandlarimizni hursand qilish, ularning har tomonlama barkamol bo’lib voyaga etishi uchun sharoit yaratish bizning burchimiz, — dedi Prezidentimiz.
Bolalar sporti ob’ektlari, asosan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sport inventarlari va uskunalari bilan jihozlanmoqda. Bugungi kunda 120 turdagi sport inventarlari va uskunalarining 116 tasi mamlakatimiz korhonalarida ishlab chiqarilmoqda.
Mamlakatimizda qizlarni sportga jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ular uchun milliy mentalitetimizga hos kiyimlar ishlab chiqarilmoqda, ayol murabbiy va o’qituvchilarni tayyorlashga keng o’rin berilayotir Prezidentimiz tashabbusi bilan har yili 8 mart — Xalqaro hotin-qizlar bayrami arafasida o’quvchi qizlarga sport kiyimlari topshirilmoqda. Bu qizlar o’rtasida sportning yanada ommalashishi, ularning sog’lom, baquvvat va durkun bo’lib ulg’ayishida muhim omil bo’lmoqda. Bugun yurtimizda 842 ming nafarga yaqin qizlar sport bilan muntazam shug’ullanmoqda.
Davlatimiz rahbari qizlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada kengroq jalb qilish zarurligini, buning uchun mahalla va hotin-qizlar qo’mitalarining faolligini oshirish, oilalar bilan doimiy ishlashni yanada kuchaytirish lozimligini alohida ta’kidladi.
Oila qachon bahtli bo’ladi? Ayol bahtli bo’lsa! Ayol qachon bahtli bo’ladi? Farzandlari sog’-salomat bo’lsa! Buning uchun oilada sog’lom muhit shakllanishi, avvalo, ota-ona sport bilan shug’ullanishi kerak, dedi Islom Karimov.
Farzandlarimizning har tomonlama sog’lom bo’lib ulg’ayishida joylarda tashkil etilayotgan turli sport musobaqalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yoshlar orasida sportga qiziqish, sog’lom bo’lishga intilish kuchayib bormoqda.
Uch bosqichli sport tizimi — “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari yoshlarni sportga keng jalb etish, professional sportchilarni tarbiyalashda muhim o’rin tutmoqda.


Yüklə 66,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin