O'quvchilarni katta sportga yo'naltirishda harakatli o'yinlarning ahamiyati reja: kirish i-bob. O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda harakatli o’yinlar


Yuqori malakali sportchi tayorlashda sport saralashi nazariyasi va uslubiyoti asoslari



Yüklə 66,51 Kb.
səhifə10/12
tarix18.05.2023
ölçüsü66,51 Kb.
#116678
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
O\'QUVCHILARNI KATTA SPORTGA YO\'NALTIRISHDA HARAKATLI O\'YINLARNING AHAMIYATI 44444

2.3 Yuqori malakali sportchi tayorlashda sport saralashi nazariyasi va uslubiyoti asoslari
Sport saralashi, bu — mavjud qatnashchini sport faoliyatiga kiritish yoki kiritmaslik va uni amalga oshirish haqidagi ilmiy bashorat jarayonidir.
Sport saralashidan sport faoliyatining barcha qatnashchi-lari: sportchilar, murabbiylar, hakamlar, sport shifokor-lari, ilmiy kompleks guruhlarining mutahassislari o’tishadi. Ko’pincha, ma’lum bir murabbiyning terma jamoaga tayin-lanishi, unga kiritiladigan kuchli sportchidan ko’ra, sport natijasiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Har bir nomzodga saralash ohir-oqibat qoniqarli yoki qoniqarsiz natija berishi mumkin. Qoniqarli saralash — guruh va jamoaga kiri-tilish, o’yinga zahiradagi sportchini kiritish, murabbiyni tayinlash; qoniqarsiz saralash esa, haydalish (chetlatilish), chiqarib yuborilish, o’yinga qatnashish huquqidan mahrum etish, asosiy sportchining zahiradagilar orasiga o’tib qolishidan iborat.
Sport saralashi sport faoliyati jarayonida doimiy ravishda davom etadi. Demak, yangi o’yinchi sport guruhiga qo’shilsa, u bilan ishlash qaysidir sabablarga ko’ra, mashg’ulotlarni tugatishi (to’htatishi) to’g’risidagi qaror qabul qilinmaguniga qadar davom etadi. Sport saralashi amalga oshirilishi davomidagi vaqt turli hajmda bo’lishi mumkin (bir necha soniyadan tortib, to bir necha yilgacha). Masalan, yosh sportchilarni boshlang’ich saralash kelajakdagi ko’p yillik sport faoliyatini hisobga olgan holda o’tkaziladi. Aksincha, musobaqa faoliyati davomida sportchilarni almashtirish, ko’pincha bir necha soniya davomidagi kelajak faoliyatning o’zida aks etadi (gandbolda raqibni 7 metrli jarima to’pi otayotgan paytda darvozabonni almashtirish singari)

III- BOB O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda sport mashg’ulotining tuzilishi.
3.1. Sport mashg’ulotining tuzilishining umumiy hususiyatlari
Sportchi holatini boshqarish samarasi ma’lum jihatdan nafaqat qo’llaniladigan vositalarga, balki vazifalarni ketma-ketlikda bajarishga ham bog’likdir.
Masalan, bajariladigan mashqlarning noto’g’ri ketma-ketligi tehnik tayyorgarlikda qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi.
Bunday holat har qanday yoshdagi va toifadagi sportchi tayyorgarligining barcha bo’limlarida aks etadi hamda mashg’ulotning davomiyligidan qat’i nazar, barcha bosqichlarning qat’iy ketma-ketligini talab qiladi. Sportchi holatini boshqarishning bunday hususiyati sportchi tayyorgarligi nazariyasining muhim bir asoslarida, ya’ni sport mashg’ulotidagi ma’lum bir tuzilishning ajratilishida yotadi.
Mashg’ulot tuzilishi o’zida komponentlarning (qismlari, tomonlari, a’zolari) birligini ma’lum bir ketma-ketlikda va umumiy ketma-ketlikda bir-biri bilan uzviy bog’liqligini aks ettiradi. Sport mashg’ulotining tuzilishi bo’yicha hosil bo’lgan tushunchaga asosan mikro, mezo va makrotuzilish boskich-larini ajratib ko’rsatish mumkin. 1-jadvalda sport mashg’uloti tuzilishining turli komponentlari to’g’risida qisqacha ma’lumotlar, 3- rasmda esa uning umumiy shemasi keltirilgan
Avval ta’kidlanganidek, tayyorgarlikning o’sishi sportchi organizmida o’z navbatida tegishli faoliyat orqali yuzaga kelgan ko’iikish jarayonlarining to’g’ri shakllanganligi natijasida amalga oshadi. Bo’lib o’tayotgan jarayonlarning hajmi va yo’nalishi ko’plab sabablarga ko’ra aniqlanadi, jumladan, dam olish davomiyligi va hususiyati bilan. Masalan, masofaning qisqa qismlarini ma’lum bir chegaralangan tezlikda qayta yugurib o’tishda yoki tezlik sifatlarini (dam olish oraliqlari bilan) yoki tezkorlikka bo’lgan chidamlilik sifatlarini tarbiyalash vazifasini echish mumkin.
Shunday qilib, agar mashg’ulotda ma’lum vazifa echilayotgan bo’lsa, buning uchun bajarilayotgan mashqning eng batafsil yoritilganligi ham etarli bo’lmaydi, chunki uning samara-dorligi sportchining mashq oldidagi holatiga, dam olish parametriga va boshqa shart-sharoitlar (dengiz sathidan balandligi, shamol kuchi va yo’nalishi va h.k.lar)ga bog’liqstir. Bularning barchasi birgina hulosaga olib keladi, ya’ni sport mashg’uloti tuzilishining dastlabki elementi mashq emas, balki mashg’ulotli vazifa. hisoblanadi.
Mashg’ulotli vazifa deb, ma’lum pedagoik vazifani echshiga yordam beradigan, uni bajarishga bo’lgan barcha zarur shart-sharoitlarga ega jismoniy mashqqa aytiladi. Mashg’ulotli vazifalar harakatli sifatlarni tarbiyalash, tehnik va taktik harakatlarga o’rgatish, engil mashg’ulotli vazifalarni echish, tiklanish vazifalarini echish va boshqalar bilan bog’liq tur-li yo’nalishlarga ega. Yo’nalish mashg’ulotli vazifalarning boshqa hususiyatlarini ham aniqlab beradi, jumladan, uning davomiyligini. Demak, engil mashq uchun qo’llaniladigan alohida vazifalar bir necha soniya ichida, aerob chidamliligini tarbiyalashga yo’naltirilgan vazifalar esa 1,5—2 soat va undan ko’p vaqtda bajarilishi mumkin.
Mashg’ulotli mashqlarning qismi qoidaga ko’ra bir nechta mashg’ulotli vazifalardan shakllanadi. Mashg’ulotli mashqlar qismini ajratishning ob’ektiv sabablari — sportchining mashg’ulot jarayonidagi ishgacha bo’lgan dinamikasi, avvaliga maksimumgacha oshadi, keyin bir qancha vaqt muvozanatda turadi, undan so’ng charchoq tufayli pasayadi. Eng avvalo, har bir mashg’u­lotli vazifani bajarishda sportchining ishchanlitiga bo’lgan talablar mahsusligining katta bosqichini ta’kidlab o’tish kerak. Masalan, harakatli holatlarni o’rganishning bbshlang’ich bosqichida fiziologik funkstiyalarning etarli darajada faolligi, ma’lum byr psihik yo’naltirilganlik talab etila-di, lekin qattiq charchoq bo’lishi kerak emas. Undan tashqari, egiluvchanlikni rivojlantirish, tarbiyalash muntazam ravishda qatiy mashq bajarishni talab etadi. Shuning uchun mashg’ulotli mashqlarning asosi, mashg’ulotli vazifalarning mazmuni va ketma-ketligi umumiy ishchanlikning qandaydir bosqichini emas, balki ketma-ketlikdagi vazifalarni samarali bajarish uchun spestifik imkoniyatlarini ta’minlashi lozim.
Sport mashg’ulotishshg tayyorlov qismi — sportchining ish-chanligini, mashqlarni, vazifalarning foydali echimini ta’minlaydigan, shuningdek, jarohatlanish havfini kamay-tiradigan bosqichga olib chiqishni ta’minlashga hizmat qiladi. Juda qisqa engil mashg’ulot sportchini asosiy ishga tayyorgarlik qo’rishiga yordam bermaydi, lekin juda ko’p vaqt davomlisi esa charchoqqa olib keladi.
Mashg’ulotning asosiy qismi — o’zida ancha muhim vazifa­larning echimiga qaratilgan yo’nalishni ifodalaydi. Uning . mazmuni, tuzilishi turlicha shakllanishi mumkin. Masalan, deyarli bitta vazifani qo’llash (kross yugurish) yoki aksincha, katta hajmdagi, turlicha yo’nalishda bo’lgan vazifalarni qo’llash mumkin. Ohirgi holatida asosiy kiem tuzilishi, vazifa­larning ketma-ketligi (chunki bitta bajarilgan vazifaning natijasi samarali bo’lsa, boshqasiniki samarasiz bo’lishi mumkin) juda zarurdir.
Mashg’ulotning yaquniy qismi — sportchining funkstional faolligini pasaytirishga yo’naltirilgan vazifalarni, tikla­nish jarayonlarini faollashtirish, ba’zi mashg’ulotli vazifa­larni bajarishda uchrab turadigan salbiy holatlarni yo’qotish vazifalarini echadi. Unga mushaklar tonusining kamayishi, -nafas olishni tiklash, noan’anaviy koordinastiyada nospesti-fik faoliyatni biridan-biriga o’tkazish kabi vazifalar kiradi. Mashg’ulotli mashq qo’yilgan pedagogik vazifalarni samarali echishni ta’minlashi lozim. Ularning soniga qarab mashqlar tanlangan yoki kompleks yo’nalishga ega bo’ladi. Tanlangan yo’nalish sportchi holatiga qaysidir bir yo’nalish bo’yicha katga bosqichda ta’sir ko’rsatishini ta’minlaydi (o’ziga faqat chidamlilik va kuchni tarbiyalashga qaratilgan vazifani kiritadi). Kompleks yo’nalishvdagi mashqlar yoki mashg’ulotlar bir emas, bir nechta masalalarni echadi, bundan esa sportchi holatiga bo’lgan ta’sir turli tomonlama bo’lib, mashg’ulotning monotonligi kamayadi. Biroq, bu masalalarning har biri huddi mahsus tanlangan yo’nalishdagi kabi echimga ega bo’ladi. Shuning uchun musobaqa imkoniyatining tarkibi bir turli bo’lyshini talab etadigan sport turlarida tanlangan yo’nalishdagi mashg’ulotlar sport o’yinlaridan ko’ra ko’proq qo’llaniladi.
Mikrostikl bir qancha mashg’ulotli vazifalardan tashkil topadi va ular yordamida echiladigan masalalar va vazifalarning harakteri yoki hususiyatiga ko’ra farq qiladi.
Mashg’ulotli vazifalarning asosiy hajmi odatda ko’proq mashg’ulot mikrostiklida bajariladi, qaysiki, yuklamaning hajmiga ko’ra oddiy yoki zarbali bo’ladigan.
Etakchi mikrostikllar kelayotgan musobaqalar faoliyatining tartibi va shartlarini modellashtiradi (start yoki o’yinlar jadvali va h.k.).
Musobaqa mikrostikllari eng avvalo juda muhim, javobgar musobaqalarda qatnashishni o’zida jamlaydi. Undan tashqari, unda qo’shimcha mashg’ulotli mashqlar, raqiblar musobaqa faoliyatini o’rganish, tarbiyalash tadbirlari qo’llaniladi.
Tiklanish mikrostikllari yuklamani bir tekisda kamay-tirishga, bu esa o’z navbatida kelayotgan yuqori intensiv mikro-stikllarning samarasini iloji boricha to’liqroq qo’llashga yordam beradi.
Agar mashg’ulotlar mikrostiklining tartibi charchash va tiklanish jarayonlarini boshqarish zaruratiga bog’liq bo’lsa, unda mezostikllar umumiy mashg’ulot samarasi yutuqlarini ta’minlaydi, bu esa kuchni, chidamlilikni va musobaqa imko­niyatining boshqa komponentlarining ancha ortishida namoyon bo’ladi. Umumiy samaradorlik asosi, bu — sportchi orga-nizmining yuklamaga ko’nikishidir. Bu jarayon bir tekisda kechmaydi: avvaliga tez, keyin esa borgan sari sekinlashadi. Shuning uchun mashg’ulotli sifatlarning o’sish sur’atini saqlash uchun mashg’ulot mazmunini davrli amalga oshirish (har 3—4 haftada) va yuklama harakterini o’zgartirish zarur. Bu ning uchun turli ko’rinishdagi va tipdagi mezostikllarni mashg’ulotga kiritish amalga oshiriladi.
Tortuvchi mezostikllar yuklamaning yuqori bo’lmagan jadal-ligi (intensivligi) bilan farqlanadi va tayyorgarlik davrining boshlarida (sportchi kasalligidan keyin) amalga oshiriladi. Bazaviy (boshlang’ich) mezostikllar jismoniy, tehnik, taktik tayyorgarlikning oshishi vazifalarini echishga hizmat qiladi va shuning uchun ham ular tayyorgarlik davrining asosini tashkil qiladi.
Nazoratp-tayyorgarlik mezostikllari ikkinchi darajali musobaqalarda musobaqa imkoniyatini shakllantirish to’g’ri-ligini aniqlash maqsadida qatnashish va kerak bo’lsa, uning alohida tarkibiy qismlariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini o’ziga qo’shimcha ravishda kiritadi.
Musobakalardan oldingi mezostikllarning hususiyatlari bo’lajak musobaqalar talablarini, shart-sharoitlarini modellash-tirishdan iborat (iqlimiy shart-sharoitlar va boshqalar). Musobaka mezostikli mazmuni zarur hamda javobgar musobaqalarni o’tkazish tartibida aks etadi.
Tiklanish-ko’llash va tiklanish-tayyorgarlik mezostikllari sportchining yuklamalarga va ishga berilishi vazifalarini echishga yordam beradi (masalan, musobaqalar orasidagi mezostikllar), bu mezostikllarning ikkinchi typi, turi katta hajmdagi yuklamalar bilan farqlanadi.
Makrostikl davrlari va ularning bosqichlari ma’lum bir sport ko’rinishining fazasini shakllantirishga hizmat kdladi. Sport ko’rinishi, bu-sportchi musobaqa imkoniyati barcha tarkibiy qismlarining garmonik birligi. Masalan, bu holatda o’zlashtirilgan tehnika sportchining antropometrik va harakatli hususiyatlariga, uning shaylanishiga va qurollan-ganligiga to’lig’icha tegishlidir. Demak, faqatgina sport ko’ri­nishi (formasi) holatida sportchi uchun zarur bo’lgan mash­g’ulotning mazkur katta stiklidagi musobaqa imkoniyatining maksimal hajmi (kattaligi) ta’minlanadi. Bu birlik uzoq vaqt davomida amalga oshiriladi (haftalar va oylar), keyin erishilgan bosqichda ushlab turiladi va nihoyat buziladi (sport formasini yo’qotish va mustahkamlash).
Makrostikllarda bu fazalarga tayyorlov, musobaqa va o’tish davrlari tegishlidir.
Tayyorlov davri (uning umumtayyorgarlik hamda mahsus tayyorgarlik bosqichlari) sport formasini umumiydan mahsus jismoniy tayyorgarlikka sekin-asta o’tishdagi vazifalarni, masalalarni echadi, so’ngra unta tehnik va taktik yo’naliщstagi katta vazifalarni kiritish. Boshqa ketma-ketlik unchalik samarali emas, chunki jismoniy tayyorgarlikning sezilarli darajada oshishi, ko’payishi musobaqali mashqlar hususiyat-larining o’zgarishini talab qiladi, bu esa bo’lajak tehnik tayyorgarlikni qisman bo’lsa-da, qadrini yo’qotadi.
Musobaqa davri (musobaqadan oldingi bosqichni ham hi-sobga olgan holda) sport formasini rejalashtirilgan sport natijalariga erishish maqsadida tiklash tufayli yuqori musobaqa imkoniyatini yaratishni ta’minlashi lozim. Buni amaliyotda qo’llash o’ziga yarasha, ya’ni sportchi holatini musoba-qalar ta’siriDa nazorat qilish kabi murakkabliklarga ega. Qo’shimcha qiyinchiliklar ko’pincha bir qancha sport turlari bo’yicha musobaqalar taqvimining cho’zilishiga olib keladi hamda bir necha oy davomida musobaqa imkoniyatini yuqori bosqichda ushlab turish zaruratini uyg’otadi.
O’tpish davri musobaqa yuklamasi o’zgarishining yo’nalishi, mahsus tayyorgarlik vositalarining qisqarishi, faol dam olish bilan bog’liq. Shu tufayli, keyinga makrostiklda avvaliga musobaqa imkoniyatining alohida komponentlarini oshirish mumkin, keyin esa sport formasiga erishish orqali uni yuqori bosqichga olib chiqish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, o’tish davrini sport mashg’uloti tuzilishiga kiritish makrostiklni kerakli holatda saqlashning zaruriy talablaridan biridir.
Mashg’ulotning ko’p yillik jarayonining turli yo’nalish va bosqichlaridagi vazifalari va mazmunlari keyingi bobda qisqacha ko’rib chiqiladi, faqat sportning ko’p yilligidan tashqari. Bu bosqich sport mashg’ulotining ko’p yillik jarayonini yakunlaydi va erishilgan natijalarni ko’nikish jarayonini, tehnika, taktika va musobaqa tajribasi orqali pasayishini, yosh bo’yicha o’rnini to’ldirish tufayli barqaror holatda bo’li-shini ta’minlaydi.
Keyingi bosqichda (umumiy ishchanlikni saqlab turish) jismoniy tarbiya mashqlarining sistematik vazifalarini davom ettirish zarur, aks holda, harakat faolligining birda-niga o’zgarishi inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Yüklə 66,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin