Mahmudov M. Komil inson shaxsi va ijtimoiy tajriba // «Pedagogik mahorat». № 2, 6-10- betlar;
Mustaqillik Izohli ilmiy-ommabop lug’at.-T.: «Sharq»,1998.
Ibroximov A., Sultonov X., Jo’rayev N. Vatan tuyg’usi. -T.: «O’zbekiston», 1996 .
Qori Nizomiddin bin Mulla Hasan. Ilmi axloq. -T.: «Yozuvchi», 1994.
Ma’ruzani boshlashdan oldin, axloq tushunchasiga Klaster tuzib olaylik. Axloq»_deganda_xayolingizga_qanday_fikrlar_keladi'>«Axloq» deganda xayolingizga qanday fikrlar keladi? Talabalar guruhlarga bo’linish qoidalari asosida kichik guruhlarga bo’linadilar. Har bir guruh o’zaro hamkorlikda «Axloq» tushunchasiga klaster tuzib, taqdimotni o’tkazishadi (10 minut). Klaster tuzish qoidalari doskada ko’rsatib qo’yiladi (Bu qoidalar oldingi mavzularda berilgan).
Ularga yordam tariqasida quyidagi sxemani taqdim qilish mumkin.
Axloq o’zi nima?
Axloq, xulq va atvor so’zlari arabcha bo’lib, ular o’zbek tilida ham o’z ma’nosida ishlatiladi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy qoida bo’lib, bu tartib-qoida ijtimoiy hayotning istisnosiz hamma sohalarida kishilarning xatti-harakatlarini tartibga solish funksiyasini bajaradi. Axloq- ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, har bir kishining jamiyat va oiladagi yurish-turishi, tartib- qoidalarining yig’indisi sifatida gavdalanadi. Demak, jamiyatga, oilaga, mehnatga bo’lgan munosabatlarda axloq namoyon bo’ladi. Quyidagi donolarimiz bisotidan keltirilgan jumlalarni o’qing va mushohada qiling.
«Axloq ilmi insonlarni yaxshi xulqlarga chaqirub, yomon xulqlardan qaytarmoq uchun yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini bayon qiladurgan, bildiradurgan bir ilmdir»
«Har kim axloq ilmini bilib amal qilsa, bu dunyoda aziz, oxiratda sharofatlik bo’lur»
«Agar bir kishining o’zidan, ishidan, so’zidan boshqa kishilar ozor topmasalar, yaxshi xulq deyulur. Agar ozor topadurgan bulsalar yomon xulq deb atalur»1 «Axloq- insonlarni yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur»
«Agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikka tavsif bo’lib, «yaxshi xulqlar», agar tartibsiz o’sib, yomon ishlar qiladurg’on bo’lib ketsa, yomonlikka tavsif bo’lib, «yomon xulqlar» deb atalur»2 «Axloq tarbiyasi insonni axloqiy barkamollikka yetkazish va uning bashariyat jamiyatiga foydali inson qilib tarbiyalashdan iboratdir... Bolalar suvga o’xshaydilar. Suv qaysi rangdagi idishda bo’lsa, o’sha rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday muhitda bo’lsalar o’sha muhitning shunday odat va axloqini qabul qiladilar. Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar ko’proq yaxshi va yomon axloqni o’z uylaridan, ko’chadagi o’rtoqlaridan, maktabdagi o’quvchilardan qabul qiladilar»3.
Axloq, axloqiy sifatlar haqida gapirdik, endi axloqiy tarbiyaning mazmuni nimadan iborat? degan savolga javob bersak. Axloqiy tarbiya mazmuni asosan quyidagilarda o’z ifodasini topadi:
1.Jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu xildagi munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fuqaro yetukligi, baynalminallik kabi fazilatlarda aks etadi, uning maqsadlarida Vatan boyliklarini ko’paytirish, mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan amaliy ishlarida namoyon bo’ladi.
2.Mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash. Bu axloqiy munosabat shaxsning mehnat jarayonida namoyon bo’ladigan yuksak ongida, mehnatning hayotdagi rolini anglashida, xususiy va jamoa mehnatiga tayyorlik, mehnatsevarlikda ifodalandi.
3.Atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat. Shaxsning jamoatchilik, ko’pchilik manfaatini o’z shaxsiy manfaatidan ustun qo’yishidir.
4.Shaxsning o’ziga, o’z xulqiga axloqiy munosabatni tarbiyalashi - bu o’quvchini ongli intizom ruhida tarbiyalashdan iboratdir.