ikkinchisiga xos o’xshash belgilar asosida uni topishga mo’ljallangan she‘riy yoki
nasriy topshiriqqa aytiladi. Masalan: “Bir parcha patir, olamga tatir” topishmog’ida
eng to’yimli ozuqa – patir “Oy” ga o’xshatilgan. Oy ham go’zal, tunda olamni
9
munavvar qiladi. Topishmoqlarning mazmunidan kelib chiqqan holda ularda
ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarining yoritilishini o’rganishimiz mumkin:
1. Tom ustida bir anor, hadding bo’lsa ushlab ol.
2. Uzoq tog’da o’t yonar.
3. Uxlab yotar kunduzi, Shomda ochilar ko’zi.
4. To’rt oyoqli, temir tuyoqli.
5. Ustida bukrisi bor, Oyoqda tuflisi bor.
6. Soqoli bor, aqli yo’q.
7. Boraveradi, boraveradi, Bo’yradek yerni olib yotadi.
8. Kichkinagina bo’yi bor, qo’ng’irgina to’ni bor.
9. Do’stim sherik bo’ladi, uyni qo’rib turadi.
10. Uyday joyda yotadi, sichqon ko’rsa qochadi.
11. Tuya desam, kattakon, Usti keng-u, bir makon.
12. Tokchama-tokcha, Azamat xo’ja.
13. Suv tagida oltin baldoq.
14. Emaklagan toshni ko’rdim,
Toshdan chiqqan boshni ko’rdim.
15. Ovoz berar azonda, mazasi bor qozonda.
16. Xafa bo’lsa, koptok bo’lib, Igna ko’rpa yopadi.
Zumda ko’z ochib kulib, ilgarilab chopadi.
17. Makonidir dalalar, pushtalarda bolalar,
To’ni yo’l-yo’l beqasam, go’shti suvli va asal (tarvuz)
18. Bo’lar sariq yo qizil,
Yer tagida yetilar.
Tupida yakka hosil, Sochi yashil, selkilar.
Dostları ilə paylaş: