Tez aytishlar- bola tafakkuri va xotirasini takomillashtiradi, topishmoqlar
esa aqliy faoliyatni rivojlantiradi. Maqollar odob-axloq tarbiyasini, qo’shiqlar
bolalarni estetik didlarini shakllantirish, ertak va dostonlarda esa tarbiyaning
barcha qirralarini tarbiyalashda o’z o’rnini topgan. Lekin har bir janrni alohida
chuqurroq tahlil qilib ko’rilsa, barcha tarbiyalar qatori mehnat tarbiyasi yuzasidan
tez anglab olish va ishlatish, bolalar nutqini to’g’ri va burro talaffuz qila olish
ko’nikma va malakalarini hosil qilishda katta rol o’ynaydi. Bolalarda uzluksiz
12
mashqlar natijasida hamda mashaqqatli mehnat orqasida tez aytishni yodlab
olishga erishishlik xususiyatlari takomillashadi.
AFSONA – arabcha so’z bo’lib, sarguzasht, sehr-jodu va uydirmaga
asoslangan hikoya ma‘nosini anglatadi. Afsonada xalq orzusidagi qahramonlar
vositasida dushmanlarni, tabiat stixiyalarini daf etishga mifologik obrazlar
yordamida erishiladi. Ular o’quvchini ushbu qahramonlarga o’xshashga, ularga xos
tarbiyaviy sifatlarni egallashga undaydi.
RIVOYAT – hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi
etnopedagogik manba bo’lib, unda tarixiy voqealar, ayrim shaxslar va geografik
joy bilan bog’liq voqealar, ularning bunyod yoki vayron etilishi hikoya qilinadi.
Rivoyat o’quvchida Vatanga, ajdodlarga, xalqqa muhabbat, zulmga nafrat, do’stlik,
insonparvarlik, mehnatsevarlik, ma‘naviy va jismoniy kamolotga intilish hissini
uyg’otadi.
Xalqimiz odob va axloqni qadimdan ulug’lab kelgan. Chunki, axloq
va odob insonga husn, latofat va nazokat bag’ishlagan. O’rta Osiyo
mutafakkirlarining o’z asarlarida axloqiy g’oyalarni doimo tarannum etib,
insonni komillik, fozillik, komillik darajasiga ko’tarishga chorlaganlar.