Asosiy boshlang‘ich diagnostika. O‘quv yili boshi (taxminan sentabr
oyi)da o‘tkaziladi va boshlang‘ich shartlarga asoslanadi
Asosiy yakuniy diagnostika. O‘quv yili oxirida o‘tkaziladi hamda mavjud holat boshlang‘ich holat bilan o‘zaro qiyoslanadi
Oraliq diagnostika. Boshlang‘ich va yakuniy diagnostika oralig‘ida o‘tkaziladi
Tezkor diagnostika. Favqulotda muammolarni hal qilish maqsadida tashkil etiladi
Ustuvor jihatlar
Izohlash (talqin qilish)
Taqqoslash
Tahlil qilish
Qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish
Bashoratlash
xulosa
Demak, zamonaviy sharoitda har bir o‘qituvchi har o‘qituvchi pedagogik diagnostika asoslarini puxta bilishi, bu boradagi mavjud bilimlaridan ta’lim va tarbiya jarayonida samarali foydalana olishi zarur. Zero, shunda pedagogik jarayonning samaradorligini ta’minlash va o‘quvchilarni har tomonlama rivojlangan shaxs etib tarbiyalashga erishiladi.
glossary
Pedagogik nazorat – uning yetakchiligi va tashkilotchiligi asosida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatini o‘zaro birlashtirgan holda o‘quv hamda tarbiya jarayonlarining natijalarini baholashga qaratilgan tekshirish xarakteriga ega yagona didaktik va metodik tizim.
asosiy boshlang‘ich diagnostika – o‘quvchining joriy vaqtgacha erishgan yutuqlari, shuningdek, rivojlanishdagi muammolari aniqlashga qaratilgan tashxislash;
asosiy yakuniy diagnostika – o‘quv yili oxirida o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra o‘qituvchining oldiga qo‘yilgan pedagogik vazifalarning hal qilinish darajasi tahlil qilinib, baholanadigan tashxislash;
oraliq diagnostika – sinfning barcha o‘quvchilari uchun emas, balki ular orasidan tanlab olingan – rivojlanishida jiddiy muammolari bo‘lgan o‘quvchilar bilan amalga oshiriladigan tashxislash;
tezkor diagnostika – favqulotda muammolarni hal qilish sifatini baholashga qaratilgan tashxislash.