Imlo: kuvacha, tumshug`i, sig`madi, ayyor, likopcha so`zlari ustida ishlanadi. Tulki va Turna so`zlari katta harf bilan yozilishi bolalarga tushuntiriladi.
Tahlil: “Tulki va turna” ertagininig rasmi va matnini “Ona tili” darsligi 29-mashqda berilgan. Bu o`rinda o`qituvchiga tayyor matndan foydalanish tavsiya etiladi.
O`quvchilarning og`zaki hikoyalari eshitilib, muhokama qilinganidan keyin,savollar asosida matn mazmuni mustahkamlanadi.
Insho yozish uchun savollar: Nega hikoyani “Tulki va turna” deb nomladingiz?
Nega ayyor tulki deyilgan?
Turna nega och qoldi?
O`quvchilarga yozma ifodalash tushuntiriladi. O`quvchilar insho yozishga kirishishlaridan oldin qo`llanish mumkin bo`lgan imlosi qiyin va notanish so`zlar ma`nosi izohlanadi. So`ng o`quvchilar mustaqil yozishga kirishadilar. O`quvchilar inshoni yozma yozib bo`lganlaridan so`ng, darslikdagi tayyor matn asosida o`z xatolarini tuzatadilar.
“Bog`da” Reja: 1.Aka-singil holsiz yotgan qushchani ko`rib qoldilar.
2.Ular qushchani uyda parvarish qilishdi.
3.Qushchani uchirib yuborishdi.
Ilhom va uning singlisi Nilufar bog`da aylanib yurishardi. Ular qor ustida holsiz yotgan qushchani ko`rib qolishdi. Nilufar qushchani qo`liga oldi.
Aka-singil qushchani uyga olib kelishdi. Qushchani yaxshi boqishdi.
Bahor keldi. Kunlar isidi. Ular qushchani qo`yib yuborishdi.
(37 so`z)
Imlo:singlisi, yurishardi, qo`yib yuborishdi so`zlari ustida ishlanadi. Kishi ismlari katta harf bilan yozilishi bolalarga tushuntiriladi.
Tahlil: 3 qism ko`rinishidagi bu rasm va matn “Ona tili” darsligi 196
-mashqda berilgan. Bu o`rinda o`qituvchiga tayyor matndan foydalanish tavsiya etiladi.
Insho yozish uchun savollar: 1. Ilhom va uning singlisi Nilufar bog`da nimani ko`rib qolishdi? (2 ta gap)
2. Aka-singil qushchani nima qilishdi? ( 3 ta gap)
3. Bahor kelgach ular qushchani nima qilishdi? ( 3 ta gap)
O`qituvchi matnni uch qismga bo`lib, har bir qismni xatboshidan yozishni tushuntiradi. O`quvchilar inshoni yozma yozib bo`lganlaridan so`ng, darslikdagi tayyor matn asosida o`quvchilarning o`zi xatolarini tuzatadilar.
“Ikki o`rtoq” Reja: Ikki o`rtoq baliq oviga borishdi.
Biri sirg`anib suvga tushib ketdi.
Ikkinchisi uni suvdan olib chiqdi.
Ikki o`rtoq Nabi va Farhod daryoga baliq ovlagani borishdi. Nabi suvga qarmoq tashlab baliq tuta boshladi. Farhod esa Nabiga yordamlashdi.
Nabining oyog`i sirg`anib, daryoga tushib ketdi. Nabi suzishni bilmas edi.
Farhod o`zini suvga otdi.Do`stini quchoqlab suvdan olib chiqdi. (39 so`z)