O`quvchilarni tarbiyalshda inshoning o`rni


Rasmlar asosida insho yozish



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə4/12
tarix22.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#119257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Insho

Rasmlar asosida insho yozish

Ma`lumki, turli mavzularda ishlangan mazmunli rasmlar bolalarning narsa va voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash ko`nikmalarini hosil qiladi va zehnlarini o`tkirlashga yordam beradi. O`quvchilar o`qituvchi rahbarligida rasm mazmunini hikoya qilishga o`rgana-dilar. Shuningdek, bu tadbir o`quvchilar lug`atini boyitadi, ifodali nutq malakalarini egallashlarida yordam beradi.


Rasm asosidagi og`zaki insho birinchi sinfda ko`p o`tkaziladi. O`quvchilarga dastlab rasm ko`rsatilib, umumiy tushunchalari aniqlanadi. Keyin esa rasm maz­muni yuzasidan savollar berib, o`quvchilar javobi eshitiladi va o`qituvchi tomonidan to`ldirilib, qayta hi­koya qildiriladi. Rasm asosidagi ishlar asta-sekin murakkablashtirilib, o`quvchilar rasm asosida mustaqil hikoya tuzishga o`rgatiladi. Demak, rasm asosidagi ishlarning quyidagi turlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1. Rasmi asosida og`zaki hikoya tuzish.
2. O`qituvchining savoli asosida og`zaki hikoya tuzish.

  1. O`qituvchining savoli asosida jamoa bo`lib insho tuzish, tuzilgan inshoni avval to`liq bayon etish, so`ngra insho matnini doskaga yozib, uni daftarga ko`chirib olish.

  2. Berilgan so`zlardan foydalanib, insho yozish.

3-4-siiflarda bu ish turi birmuncha murakkablashadi:
a) O`qituvchining savoli asosida mustaqil ravishda ikki-uch gapdan iborat insho yozish;
b) Berilgan reja asosida mustaqil insho yozish;
v) O`qituvchi yordamida jamoa bo`lib tuzilgan reja asosida insho yozish singari.
Rasm asosida o`tkaziladigan suhbat quyidagi tartibda olib boriladi:

  1. Dastlabki suhbat. O`rganilayotgan mavzuning maz-
    muni va xarakteriga qarab dastlabki suhbat o`quvchilar uyini va faoliyatlariga bog`lab tashkil etiladi. Rasmda tasvirlangan narsa va voqea-hodisalarga o`quvchilar tajribasi taqqoslanadi. Aloqador bo`lgan she`r va ertaklar yoki hikoya eslatiladi.

  2. Rasmni o`quvchilarning mustaqil ko`rib chiqishlari. Rasm o`quvchilarga ko`rinarli qilib osib quyiladi.Ular mustaqil kuzatib, o`zaro fikr yuritadilar.O`quvchilar ko`proq nimalarga qiziqayot- ganliklariga qarab,savol-javob o`tkaziladi.

3. Rasm mazmunini o`qituvchi yordamida tahlil qilish. Tahlil uchun o`quvchilarga beriladigan savollar oldindan belgilab quyilishi lozim. Belgilangan sa­vollar rasmdagi narsalar nomi, nima uchun kerakligi,sodir bo`layotgan voqea qaysi davrga oidligi singari masalalarni ochishga yordam berishi kerak.
4.Rasmi mazmunini og`zaki hikoyalash. Savol-javoblardan keyin o`quvchilarga rasm mazmuni gapirtiriladi. Unda o`quvchilarning talaffuz normalariga rioya qilishlariga, gap qurilishiga e`tibor berishlariga ham ahamiyat beriladi. O`quvchilar nutqidagi xatolar o`z o`rnida izohlab, tuzatib boriladi.
5.Insho va uni yozish. O`quvchilarning og`zaki hikoyalari eshitilib, muhokama qilinganidan keyin, uni yozma ifodalash tushuntiriladi. O`quvchilar insho yozishga kirishishlaridan oldin qo`llanish mumkin bo`lgan imlosi qiyin va notanish so`zlar ma`nosi izohlanadi. So`ng o`quvchilar mustaqil yozishga kirishadilar.


II-SINFlar uchun


Qishda
Reja:
1.Qish keldi.
2.Bolalar qorda o`ynadilar.
3.Qish ham mazza.

Qish keldi. Kunlar sovidi. Qor yog`di. Hamma joy oppoq qorga burkandi.Yer muzladi. Bolalar sevindilar va balandlikka yugurdilar.


Anora Qorbobo yasayapti. Fazilat chana uchyapti. Laziz konki ychyapti. Hamma xursand. (29 so`z, 30,35 so`z bo`lishi ham mumkin.)



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin