Imlo: shishadek, gavjum, qorbo`ron so`zlarining imlosi ustida ishlanadi. Qorbobo va Qorqiz katta harf bilan yozilishi bolalarga tushuntiriladi.
Tahlil: Qanday fasl keldi?, Qishda obi-havo qanday?, Bolalar qayerga borishdi? Ular maktabda nima qilishdi?
Insho yozish uchun savollar:
1.O`lkamizga qanday fasl keldi? (2 ta gap)
2.Qishda obi-havo qanday bo`ladi? ( 2 ta gap)
3. Bolalar issiq kiyim keyib qayerga borishadi? ( 2 ta gap)
4. Bolalar maktab hovlisida nima qilishdi? ( 3 ta gap)
“1-sentabr “Mustaqillik kuni””
Reja:
1. Biz Vatanimizni sevamiz.
2. 1-sentabr “Mustaqillik kuni”.
3. Biz Vatanimizni asrab ardoqlaymiz.
Biz Vatanimiz – O`zbekistonni onamizdek sevamiz. Vatanimiz O`zbekiston 1-sentabr kuni mustaqil davlat deb e`lon qilingan. Biz har yili bu kunni, katta bayram qilib nishonlaymiz. Vatanimiz – O`zbekiston o`z bayrog`i, gerbi, madhiyasiga ega bo`ldi.
Ona Vatanimiz go`zal va bepoyon. Shuning uchun biz Vatanimizni asrab ardoqlaymiz. Uning gullab- yashnashi uchun o`z hissamizni qo`shamiz.
(49 so`z)
“Hunarmand”
Qadim zamonda bir hunarmand o`tgan ekan. Uning uchta o`gli bor edi.
Bir kuni usta betob bo`lib qoldi. Bolalarini oldiga chaqirdi.Ularga yaxshi odam bo`lishni, xalqqa xizmat qilishni nasihat qildi.
Usta olamdan o`tdi. Ustaning bolalari meros talashishdi. Katta o`gillari mol-dunyoni bo`lishib olishdi. Kichik o`gli esa otasining shogirdlari oldiga bordi. Hunar o`rgandi. Hunarini ishga soldi. Xalqqa xizmat qildi. Xalq kichik o`gildan minnatdor bo`ldi.
IV-sinflar uchun
“Sohibqiron bobomiz”
Reja:
Amir Temur yashi fazilatlar egasi.
Amir Temur Ulug` davlat- yurt tuzgan.
Biz sohibqiron bobomiz bilan faxrlanamiz.
Amir Temur bobomiz juda mard va jasur bo`lgan. U kishi yurtimizni dushmandan himoya qildi. O`zbek o`g`lonlari orasida mard, pahlavonlar borligini dushmanga isbotladi. Ulug` davlat- yurt barpo etdi. Xalqimizning tinch va osoyishta yashashi uchun kurashdi. O`zining odil olib borgan siyosati bilan xalqning e`tiboriga tushdi. Ko`plab imoratlar, ko`priklar, madrasalar qurdi. Bizga o`zidan ko`plab ma`naviy meros qoldirdi. Amir Temur bobomiz qalbimizda mangu yashaydi.
(60 so`z)
“Oltin kuz”
Reja:
1. Kuz keldi.
2. Kuzgi yumushlar.
3. Botir va Karim dala ishlariga yordamlashdi.
Yurtimizga Oltin kuz keldi. Daraxt barglari oltin sarg`ish rangga kirdi. Qushlar uzoq issiq o`lkalarga uchib keta boshladi.
Daladagi barcha poliz mevalarini terib olish vaqti yetdi. Botir va Karim darsdan so`ng dehqon boboga yordam berish uchun dalaga kelishdi. Ular poliz ekinlaridan sholg`om, sabzi, tarvuz, qovunni terib olishdi. Qarashsa, olma daraxtidagi olmalar ham terilmapti. Botir olmani terib, savatlarga joyladi. Karim yer og`darishga dehqon boboga yordam berdi. Dehqon bobo ularga rahmat aytdi.
(69 so`z)
“Bizning oila”
Reja:
1.Oila- muqaddas go`sha.
2. Bizning oila katta.
3. Men oilamni qadrlayman.
Oila - muqaddas go`sha hisoblanadi. Har kim o`z oilasi bilan faxrlanadi. Bizning oila katta. Bobom, buvim,dadam,oyim, men va singlim. Bobom va buvim oilamiz farishtasi. Ular bizga to`g`ri pand-nasihat berishadi.
Dadam bankda ishlaydi. U hisobchi. Ishdan bo`sh vaqtida bog`dagi daraxtlarga qaraydi. Men dadamga ko`maklashaman.
Onam o`qituvchi. Uyda bizga shirin taomlar pishirib beradi. Singlim oyimga yordam beradi.
Ukam va men maktabda o`qiymiz. Men ukamga uyga vazifalarni bajarishda yordamlashaman. Men oilmizni sevaman.
(71 so`z)
“Yaxshilikka yomonlik”
Reja:
Chol ilonni qutqardi.
Yaxshilikka yomonlik.
Tulki ilonni jazosini berdi.
Tuya minib, sahroda ketayotgan chol ilonni olov ichida qolganini ko`rib qolibdi. Ilon “Qutqaringlar,” deb dodlardi.
Chol darrov tayoqqa to`rva osib, uni tortib olovdan chiqqaribdi. Ilon esa cholga:
-Endi tuyangni va seni chaqib halok qilaman,- debdi.
-Nima uchun? Yaxshilikka yomonlik qilasanmi?-debdi chol ajablanib.
-Ha!-debdi zaharli ilon.
Uzoqdan kuzatib turgan tulki ularning oldiga kelibdi. Ular bor voqeyani tulkiga aytib beribdi.Shunda tulki:
- Men bunga ishonmayman. Shunday katta ilon kichkina haltaga qanday sig`sin?-debdi.
Ilon achchiqlanib so`zini isbotlash uchun to`vaga tushibdi. Tulki darrov to`rva og`zini bog`lab, to`rvani yerga uribdi. Ilon halok bo`libdi.
(91 so`z)
Dostları ilə paylaş: |