BOB.NUTQ O`QUVCHILAR TAFAKKURINI O`STIRISHDAGI VOSITASI 16 O`quvchilar nutqini o`stirishning boshqa o`quv predmetlari bilan bog`liqligi 17
O`quvchilar nutqi ularning tafakkurini o`stirishda muhim vosita ekanligi 25
XULOSA28 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 31
O`quvchilarni tarbiyalshda inshoning o`rni Har bir o`quv mashg`uloti, jumladan, insho yozish ham jiddiy mehnat talab qiladi. Insho yozish adabiy mehnat hisoblanadi. Adabiy mehnat kishidan juda katta aqliy va xissiy kuch-quvvat talab etadi, hamda yetuk malakali bo`lishni taqazo qiladi. Ana shu talablarga rioya qilgan o`quvchilarda mustaqil fikrlash, so`z va material tanlash va to`plash ularni mantiqiy jihatdan o`zaro bog`liq holda ifodalash, orfografiyaga e`tibor berish qobiliyati tez rivoj topadi, mehnat intizomi ham tarbiyalanadi.
Umuman olganda, adabiy mehnat to`g`ri tashkil etilgandagina insho tarbiyaning samarali vositasiga aylanadi. O`quvchilarda insho yozishga qiziqish, havas, kuzatuvchanlik qobiliyatini o`stiradi, ko`rgan narsalari va o`qigan kitob, ertak hikoyaga to`g`ri baho berishga o`rgatadi.
Boshlang`ich sinflar uchun tanlangan insho materiallari o`quvchilarda adabiy mavzuda, hayotiy tajribalar va tasviriy san`at asosida insholar yozish malakasini kamol toptirishga imkoniyat beradi.O`quvchilarda badiiy asarga mustaqil yondashish,uni mustaqil baholay olish, materiallarni umumlashtirish adabiy hodisalarni tarixiy jarayon bilan bog`lab o`rganish qobiliyatining o`sib borishi, ham yuqori sinflarda turli mavzularda insho o`tkazish uchun imkoniyat yaratadi.
Insho – o`quvchilarning fikrini bayon etish vositalari bo`lgan rivoyat va dialogni anglab olishlariga, o`quvchilarda ulardan foydalanish, fikrni izchil bayon etish, so`z va gapni o`z o`rnida ishlatish, ravon uslub malakasini hosil qilish va rivojlantirishga yordam beradi.
Boshlang`ich sinflarda o`tkaziladigan chorak yakunidagi erkin mavzudagi insholar ham o`quvchilardan atrof-muhit, tabiat, odamlarning xarakteri, xatti-harakati, mehnat faoliyatining o`rganishni, shuningdek, ijtimoiy hayot va tabiat hodisalarini kuzatishni ular haqida fikrlashni talab etadi.Kuzatish asosida yoziladigan insholar o`quvchilarda Vatanga, mehnatga muhabbat hissini tarbiyalashda, ularni nafosat olamiga olib kirishda muhim rol o`ynaydi, ta`limni hayot bilan bog`lash, o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o`stirish uchun xizmat qiladi.
Insho o`quchilar nutqini o`stirishda eng samarali vosita hisoblanadi. Nutq madaniyatini takomillashtirish esa, insho ustida mustaqil ishlashni talab qiladigan vazifalardan biridir. Insho yozishga tayyorlanish va uni yaratish jarayonida o`quvchi yangi bilim va ko`nikmalarni kuzatish, fikrlash, adabiy hayotiy hodisalarni baholash, o`qiganlari va o`zlashtirgan bilimlarini ma`lum bir tartibga solish malakasini egallaydi.
Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga shuningdek, insho ustida o`quvchilar qanchalik mustaqil ishlash va qiziqishiga insho g`oyasiga ham bog`liq.
Insho bolalarning voqea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam beradi, izchil fikrlashga o`rgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini oshiradi.
Tanlangan mavzuning g`oyaviy yo`nalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal qilishga imkon beradi. Bu jihatdan mehnat, mehnat qahramonlari haqidagi, bolalarning hayoti, maktab, tug`ilib o`sgan qishlog`i yoki shahri haqidagi, urush qahramonlari haqidagi mavzular, ayniqsa, qulay.
Insho jamiyat hayotini tuzunishga o`rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehnatga va mehnat mahsuliga muhabbatni tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga, hozirgi zamon axloqiy talablarini anglashga o`quvhcilarga yordam beradi.
Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish talab etiladi:
Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda og`zaki va yozma inshoni muntazam o`tkazib borish bilan o`quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash.
Inshoni hayot bilan bog`lash.
Insho uchun maktab va o`qituvchining tarbiyaviy vozifalariga mos bo`lgan mavzu tanlash.
Insho ustida ishlashda ishning hissiy darajasini-ta`sirini oshirish.
“Vatan” so`zini aytish bilan kishining bolalikda o`sib ulg`aygan joyi tasviri ko`z oldida paydo bo`ladi. Ishlab chiqarishga ekskursiya materiali asosida mehnat haqidagi insho yangi tarbiyaviy imkoniyatlarini ochib beradi. Unda bolalar ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyat va qiyinchiliklar, ilg`or kishilar haqidagi, kasb va mutaxassislik haqidagi, texnika haqidagi ma`lumotlardan foydalanadilar. Ishlab chiqarishga ekskursiya va mehnatni tasvirlash bilan bog`liq holda kasb haqidagi suhbatlashishga to`g`ri keladi va bu inshoda o`z aksini topadi.
Mehnat haqidagi yoki insho mavzulariga “Bizning qishloq”, “Bog`da”, “Dalada”, “Daraxt o`tqazish”, “Polizda” kabilar kiradi.
Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo`lib, maktabda alohida o`rin tutadi, barcha nutqqa oid mashqlar ma`lum mazmunda inshoga bo`ysunadi.
Insho 1-sinfda kichik axborot va ehtirosli hikoyadan boshlanib, o`z fikrini ifodalashga, o`quvchi shaxsini tashkil topishiga xizmat qiladigan, ta`lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi.
Insho shaxsni shakllantirishda foydali vosita bo`lib, his-hayajon uyg`otadi, aqliy mustaqillikka, fikrlashga, ko`rgan kechirganlari va o`zlashtirganlarini baholashga, kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar o`rtasidagi sabab-natija bog`lanishni topishga, ularni qiyoslashga, xulosa chiqarishga o`rgatadi. Insho fikrni tartibga soladi, o`quvchilarga o`ziga, o`z kuchi va imkoniyatiga ishonch tug`diradi.
3-sinfda o`quvchilarni insho mavzusi va uni yoritishga o`rgatish
Insho mavzusi – insho predmeti bo`lib, uning mazmunini tashkil etadi. Mavzuga qarab inshoda aks ettiriladigan materiallar, dalillar, hodisalar tanlanadi. Inshoning to`g`ri va to`liq bo`lishi o`qituvchi mavzuni qanday shakllantirishi, o`quvchilar uni qanday tushunishlariga bog`liq.
Insho ustida ishlashda mavzu tanlash, uni rejalashtirishda esa og`zaki va yozma insho mavzusini belgilab olish muhim rol o`ynaydi.
O`quvchilarni 1-sinfdan boshlab mavzu tanlay bilish, uning ustida ishlay bilish, yoziladigan inshoda fikrni bayon etishda har bir so`z, ibora haqida o`ylashga o`rgatish kerak. Chunki mavzu ustida fikr yuritish bilan insho ustida ishlash ham boshlanadi. Mavzularning bir-biridan farqini his etish, ularni qiyoslashga yordam beradi.
Boshlang`ich sinflarda qiyoslash sodda mavzularni tanlashdan boshlanadi.
O`quvchilar mavzuni yoritishga 1-sinfdan boshlab o`rganadilar. Ular mavzuga oid gap tuzadilar. Masalan, bahor havosi haqida, ona qishlog`i haqida, qo`rqoq quyon, ayyor tulki haqida gap tuzadilar.
Maktabda o`tkaziladigan insholarda ko`zga tashlanadigan nuqsonlardan biri mavzudan chetga chiqish, ya`ni uning haddan ziyod qisqa, yoki aksincha, ortiq darajada keng hajmda bo`lishidir. Aslida insho uchun aniq chegaralangan mavzular tanlanishi o`rinlidir. Masalan, “Mening gulzorim”, “Yozgi ta`tilning bir kunida”, “Birinchi qo`ng`iroq”, “Matematika darsida”, “Sevimli o`qituvchim” va boshqalar.
Og`zaki va yozma insho ustida ishlashda mavzu berib, uni yoritishni talab qilishdan tashqari, avval material tanlash, keyin shu yig`ilgan materiallar asosida mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish ham mumkin.
Mavzu zaminida inshoning asosiy mazmuni yotadi. O`quvchilar u haqida aniq tasavvurga ega bo`lsalargina, inshoni talabga javob beradigan darajada yozishlari mumkin. Bunda mavzuning juda aniq bo`lishi muhim rol o`ynaydi. Puxta o`ylab tanlangan mavzu o`quvchilarning unga mos material tanlashlari va bu materiallarni izchillikda yoritishlari uchun yo`llanma sifatida xizmat qiladi.
Odatda, adabiy mavzulardagi insho uch qismdan – kirish, asosiy qism, xulosadan iborat bo`lib, reja asosida yoziladi.
Inshoning kirish qismida, odatda voqea yuz bergan davr, asarning yaratilishi, mavzusi, yozuvchi ijodida tutgan o`rni to`g`risida qisqacha ma`lumot beriladi.
Inshoning ikkinchi, asosiy qismida mavzu bo`yicha to`plangan materiallar ifodalanadi.
Inshoning xulosa qismida odatda, qoida bo`yicha, asosiy qismida bayon etilsa, fikrlar umumlashtiriladi, shaxsiy xulosa bayon etiladi. Xulosa qismining mazmuni, insho mazmuniga qarab turlicha bo`ladi. Masalan, agar insho adabiy xarakterda bo`lsa, xulosa qismida obrazlarning tipikligi, yozuvchi ijodining ahamiyati, yozuvchining adabiyot rivojidagi roli haqida so`z yuritiladi.
Og`zaki va yozma inshoga o`rgatish jarayonida o`quvchilarda mavzuni tushunish va yoritish, o`z inshosini aniq fikrga bo`ysundirish, material to`plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko`nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari texnik vazifalar ham amalga oshiriladi, ya`ni matnni yozishda imlo qoidalari va husnixatga e`tibor berish, matnni xatboshidan yozish, husnixat va hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi.
1-4 sinflardagi bayon va insho ta`limiy xarakterga ega bo`lib, o`qituvchi rahbarligida o`tkaziladi. Bu sinflarda o`quvchilar mazmuni o`zlashtirilgan ertak, hikoya bo`yicha bayon, hayotiy tajribalar va rasmlar asosida kichik hajmda insho yozadilar.
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni insho mavzusi va uni yoritishga o`rgatish insho mavzusi bilan tanishtirishdan boshlanadi. Xususan, ularda insho yozish malakasi rivojlanishi uchun qulay, mazmunli, sodda mavzu tanlash talab qilinadi.
Bundan tashqari kelajak haqidagi “Kim bo`lishni xohlayman” mavzusida tayyorgarliksiz hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega. O`quvchilar ushbu mavzu asosida insho yozganlarida kimga havas qilishlari, kim bo`lmoqchi ekanliklari va nima uchun shu sohaga yoki shu kasbga qiziqishlari, bu kasbni tanlashda kim havas uyg`otgani, bu kasbning foydali jihatlari haqida to`lib-toshib hikoya qiladilar.
Xullas, mavzu inshoda yoritilgan fikrlarga muvofiq kelishi va uning mazmunini to`la qamrab olishi lozim. Hech vaqt kuzning shirin-shakar mevalari haqida fikr yuritib, “Qovun pishdi”, “Polizda” deb sarlavha qo`yilmaydi. U albatta, “Kuz sahovati”, “Kuz ne`matlari” kabi nomlar bilan atalishi lozim.