O`quvchilarni tarbiyalshda inshoning o`rni



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə3/12
tarix22.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#119257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Insho

Reja tuzish
Reja – inshoning tuzilishi, qismlarga bo`linishi va shu qismlarni izchillik bilan bayon qilish demakdir. Reja asosida yozilgan inshoda ikkinchi darajali emas, balki asosiy masalalar yoritiladi.
O`quvchilar insho mavzusi bilan tanishganlaridan keyin yoziladigan insho rejasi ustida ishlaydilar. Reja inshoni yozishga kirishishda muhim bosqich hisoblanadi. Rejaning mavzu mazmuniga muvofiq bo`lishi uchun o`quvchilar mavzu haqida bir fikrga kelishlari, yoritiladigan materialni chegaralab olishlari kerak.
Reja o`quvchilarning insho mazmuni va g`oyasini yoritishda mantiqiy izchillikda qay darajada amal qilganliklarini va mavzuga bo`lgan munosabatlarini ko`rsatadi. Shuningdek, reja insho mavzusi va g`oyasini yoritishda muayyan bosqich bo`lishi bilan birga, ifodalash lozim bo`lgan fikrni, voqea va obrazni tasavvur etish, u haqda ma`lum bir xulosaga kelish uchun vosita vazifasini ham bajaradi.
Insho rejasi ustida ishlash har bir o`quvchiga alohida, nafosat tuyg`usi bilan yondashishni talab etadi.
Reja – inshoning tuzilishi, qismlarga bo`linishi va shu qismlarni izchillik bilan bayon qilish demakdir. Reja asosida yozilgan inshoda ikkinchi darajali emas, balki asosiy masalalar yoritiladi.
Bolalar avval o`qigan hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida qayta hikoya qiladilar, keyin bayon rejasini tuzadilar, so`ng bir mavzuga oid bir necha rasm asosidagi insho rejasini, ya`ni rasmli reja tuzadilar, inshoga sarlavha topadilar.
Reja tuzishga o`rgatishda oldin nima haqida to`xtalish, keyin uni qanday davom ettirish, undan so`ng nima haqda aytish, nihoyat, hikoyani qanday tugatish kerakligini o`quvchilarga tushuntirish foydali usul hisoblanadi.
Reja ko`pincha insho yozishdan oldin unga tayyorlanish jarayonida tuziladi. Ba`zan rejani ekskursiya, kuzatishdan oldin, unga tayyorgarlik jarayonida tuzish maqsadga muvofiq. Ekskursiya, kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat rejasi shu yuzasidan material to`plash, insho uchun material tanlash va uni tartibga solish jarayonida tuziladi.
Bunday reja insho yozishdan oldin ko`rib chiqilib, unga ayrim aniqliklar kiritiladi.
O`qituvchining adabiy jarayon, badiiy asar to`g`risidagi bayoni, muhim masala bo`yicha qiladigan ma`ruzasi yaxshi insho namunasi bo`ladi.
O`quvchilar o`qituvchining ma`ruzasidan kirish so`zni uyushtirishni, keyin asosiy qismga o`tishni, asosiy maqsadni bayon etish va asarlardan misollar keltirish bilan uni isbotlashni, fikrni xulosalash yo`llarini bilib oladilar.


O`quvchilarni insho yozishga tayyorlash


O`quvchilarni insho yozishga tayyorlash ishi sinfda alohida darslar uyushtirish yo`li bilan amalga oshiriladi. O`quvchilar bu darslarda o`zlari mustaqul amalga oshiriladigan ishlarni o`rtoqlari bilan hamkorlikda bajaradilar. Ishni bajarishda qiynalsalar, o`qituvchi ularga ko`maklashadi.
Sinfda tashkil etiladigan tayyorgarlik darsi aniq va qiziqarli mavzu asosida uyushtiriladi. Shundagina, bu dars o`quvchilarda insho ustida ishlash ko`nikmasini shakllantirishga yordam beradi. O`quvchilar inshoga nisbatan qo`yiladigan talablarni bilishlari kerak. Metodik adabiyotlarda va ”Ona tili” darsligida insho yozish uchun o`quvchilarga bir qator zarur maslahatlar berilgan, jumladan:

  • insho mavzusini puxta o`ylash, nimalar haqida yozishni aniqlab olish, mavzuga oid so`zlar tanlash;

  • inshoning asosiy mazmunini, shu mazmunni yoritish uchun nimalar haqida va qanday yozishni o`ylab olish, inshoning rejasini tuzish;

  • inshoning tiliga, fikrning yaxshi ifodalanganligiga e`tibor berish, zarur o`rinlarga tuzatish kiritish;

  • yozgan inshoni oqqa ko`chirish.



Insho murakkab ijodiy ish bo`lganligi uchun ham u o`quchidan zarur bilim hamda ko`nikma va malakalarni talab etadi.
Birinchi yo`nalish ona tilidan deyarli barcha mashg`ulotlarda amalga oshiriladi. O`quvchilar o`rganilayotgan til hodisasini amalda tadbiq etgan holda ijodiy matnlar yaratar ekanlar.
Ikkinchi yo`nalish ijodiy yozma ish ustida ishlash uchun ajratiladigan maxsus soatlardir. Biz ijodiy yozma ish ustida ishlash usullarini morfologiya o`rganilgandan keyin kiritishni maqsadga muvofiq deb bilamiz.
Ma`lumki, maktabda o`tkaziladigan insholarda ko`zga tashlanadigan muhim kamchiliklar, asosan, mavzudan chetga chiqish, ya`ni uning haddan tashqari qisqa yoki, aksincha, ortiq darajada keng hajmda bo`lishidir.
Inshoga tayyorgarlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari boshlanadi, darsdan tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi.
Og`zaki va yozma insho ustida ishlash quyidagi uch bosqichga bo`linadi:

  1. material yig`ish, ya`ni kuzatish, ekskursiya, mehnat jarayoni, rasmni ko`rib chiqish, kinofilm, spektaklni ko`rish, badiiy va boshqa adabiyotlarni o`qish;

  2. Mavzuga va uni yoritishga mos material tanlash, uni tartibga solish, joylashtirish, ya`ni suhbat, muhokama qilish zarur materialni ajratish, reja tuzish, lug`at ustida ishlash, imlo va leksik tomondan tayyorlash va hokazo.

  3. Inshoni nutqiy shakllantirish, ya`ni insho matnini tuzish, uni yozish, takomillashtirish, xatolarni to`g`rilash va uni tekshirish.



Insho yozish uchun 2-sinfda odatda, bir dars, zarur bo`lib qolsa ikkinchi darsdan 15-20 daqiqa, 3-4 sinflarda bir yarim yoki ikki dars, ayrim vaqtlarda ikki yarim darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, insho tahlil va xatolar ustida ishlash uchun 20-25 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda eng yaxshi yozilgan insholar tahlil qilinadi, imloviy, punktuatsion, nutqiy, mantiqiy xatolar va mazmundagi yetishmovchiliklar ustida ishlanadi.
O`qituvchi har bir insho turi uchun o`quv vazifasini belgilab oladi. Masalan, rasmlar seriyasi asosida birinchi marta yozdiriladigan insho uchun quyidagi vazifalar belgilab olinadi:

  1. o`quvchilarni inshoning yangi turi bo`lgan rasmlar seriyasi asosidagi insho bilan tanishtirish;

  2. rasmli reja asosida matn rejasini tuzish;

  3. reja rasmlariga mos ravishda matnni xatboshilarga bo`lish va har birini xatboshidan yozish;

  4. insho matnini mustaqil tekshirish, uni takomillashtirish.



O`quvchilarning mustaqil fikrlash darajasi o`sib borgani sayin, inshoga talab ham orta boradi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin