Imlo: ovlagani, yordamlashdi, sirg`anib, suzishni so`zlari ustida ishlanadi. Kishi ismlari katta harf bilan yozilishi bolalarga tushuntiriladi.
Tahlil: 3 qism ko`rinishidagi bu rasm va matn rejasi “Ona tili” darsligi 287-mashqda berilgan. Bu o`rinda o`qituvchiga tayyor rasm va matn rejasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Insho yozish uchun savollar: 1. Ikki o`rtoq qayerga borishdi? (1 ta gap)
2. Ular daryoda nima qilishdi? ( 2 ta gap)
3. Kim daryoga tushib ketdi? ( 2 ta gap)
4. Nabini suvdan kim olib chiqdi? ( 2 ta gap)
O`qituvchi matnni uch qismga bo`lib, har bir qismni xatboshidan yozishni tushuntiradi. Kishi nomlari katta harf bilan yozish kerakligi tushuntiriladi. Insho yozish tartibi yuqoridagi insholar tartibida olib boriladi.
III-sinflar ucun
“Maktabim- qutlug` makonim” Reja: 1.Maktab- muqaddas maskan.
2.Maktab-bilim uchog`i.
3.Biz maktabni qadrlaymiz.
Maktab-qutlig` makon. Biz maktabni yaxshi ko`ramiz. Maktabda o`qish va yozishni o`rganamiz. Ko`plab do`stlar orttiramiz.
Maktabda ta`lim bilan birga tarbiya haqida ham saboq olamiz. Kattalarni hurmat qilishni, kichiklarga izzatda bo`lishni maktabda o`rganamiz.
Maktabning har bir burchagini ko`z qorachig`idek asraymiz. Maktabimiz sha`ni uchun a`lo baholarda o`qiymiz.
(45 so`z)
Imlo: qutlig`, orttiramiz, ta`lim, izzatda, qorachig`idek so`zlari ustida ishlanadi. Xat boshida so`zlar katta harf bilan yozilishi bolalarga tushuntiriladi.
Yuqoridagi rasm katta qilib sinf taxtasiga osib qo`yiladi.
Rasm asosida bolalarga savol-javob asosida gap tuzdiriladi.Savollar sinf doskasiga yozib qo`yiladi.Har bir savol javobini o`quvchilar mustaqil yozib boradilar.
Insho yozish uchun savollar: 1. Maktab qanday maskan?
2. Maktabni nima uchun yaxshi ko`ramiz?
3. Biz maktabda nimani o`rganamiz?
4. Maktabimiz sha`ni uchun nima qilishimiz kerak?
“Kumush qish” Reja:
1.Oltin qish- misoli qush.
2.Qishdagi obi-havo.
3.Bolalar qor o`ynashdi.
O`lkamizda qish fasli keldi. Daraxtlar va atrof oppoq qor bilan qoplandi. Osmon shishadek tiniq. Quyosh charaqlab turibdi, lekin havo soviq.
Bolalar issiq kiyimlarda maktabga borishadi. Maktab hovlisi gavjum.Bir to`da bolalar qorbo`ron o`ynamoqdalar. Qizlar Qorbobo va Qorqiz yasayaptilar. Atrofni qiy-chuv, bolalar kulgusi borliqni qoplagandek.
Qish - juda go`zal fasl. (48 so`z)