Agar toliqishning kamaytiradigan choralar ko’rilmasa patologik holat vujudga kelishi mukin. Bunda bola har kuni darsdan so’ng dam olgandan keyin ham chorchog’i yozilmaydi. Qon bosimi ko’tariladi, tomir urushi yezlashadi, u serzarda bo’lib qoladi, fikrini jamlash qobiliyati pasayadi. Bunday holatni oldini olish uchun dars jadvalini bola yoshiga qarab tuzish lozim.
Aqliy mehnat va jismoniy mehnat deb taqsimlashda o’zi ma’lum darajada shartdir, chunki aqliy gargash ayni vaqtda ish qobiliyatini pasayishi bilan o’tadi. Harakat aktivligi yetarli bo’lmagani holda uzoq vaqtgacha aqliy mehnat bilan shug’ullanish natijasida organizmda yurak-tomir va nafas olish sistemalari funksional holatida sustlashuvi, moddalar almashinuvining buzilishi, gormonal faoliyatining zaiflashishi kuzatiladi.
O’quvchi xatti-harakatlariga tashqaridan salbiy baho berish uni ma’naviy tomondan o’zgartiradi. Aqliy toliqishning oldini olish uchun o’qish va dam olishda gigiena talablariga mos keladigan to’g’ri rejim tavsiya qilinadi. O’quv rejiminirejalashtirishda o’quvchini yoshini hisobga olish lozim, chunki o’quv vazifalarini uyquda va ochiq havoda bo’lishning davomiligi shunga bog’liq.

Qattiq charchash umumiy va kasbga bog’lif kasalliklar avj olishini keltirib chiqaradigan sabablardan biri hisoblanadi. O’quvchilarda nevroz shakllanishida o’qish va dam olishni yaxshi uyushtirmaslikdan tashqari, bolada qattiq charchashga moyilligi; hissiy beqarorligi, oiladagi yoki o’qishdagi salbiy sharoit tufayli o’z his-hayajonlarini yaxshi nazorat qila bilmasligi.
Gigiena talabiga asosan tuzilgan kun tartibi bolalar va o’smirlar organizmida sog’lom bo’lishiga ularni ish qobiliyatining yuqori darajada taraqqiy qilishiga va nihoyat o’zlashtirishning yaxshilanishiga imkon beradi. Aksincha, kun tartibini noto’g’ri tashkil qilish yoki unga mutloq rioya qilmaslik organizmni tez charchab qolishiga uni sog’ligining zaiflashib qolishiga va o’zlashtirishning pasayishiga sabab bo’ladi.