O‘quvchining yon daftari


O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga a’zo bo‘lgan



Yüklə 140,74 Kb.
səhifə2/10
tarix07.01.2024
ölçüsü140,74 Kb.
#210667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SIYOSIY METODIK QO\'LLANMA YANGI 5

O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga a’zo bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi - so‘m. So‘m 1994-yil 1-iyulda qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasida 130 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Shundan 84,4% o‘zbeklar, 4,9% tojiklar, 2,4% qozoqlar, 2,2% qoraqalpoqlar, 2,1% ruslar va 4.1% boshqa millatlar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Shunga asosan 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat edi. 2023-yil 30-aprelda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritildi. Yangi konstitutsiya 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat.
Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 616-XII-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari  O‘zbekiston Respublikasida davlat boshlig‘i. O‘zbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990-yil 24-martda ta’sis etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan.
Millati o‘zbek, Oliy ma’lumotli, 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislik institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislik institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishagan.
1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan.
1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan.
Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995-2003-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi muhim qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida faol ishtirok etib, samarali faoliyat olib borgan.
Sh.M.Mirziyoyev 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tayinlandi va ushbu lavozimga yana uch marta -2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatasi tomonidan qayta tayinlandi.
2016-yil 8-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida parlament palatalarining qo‘shma qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.
2016-yil 19-oktabr kuni Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII syezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya siyosiy kengashi a’zosi Mirziyoyev Shavkat Miromonovich nomzodini Prezidentlikka tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

Yüklə 140,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin