16. Metod so‘zining lug‘aviy ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? а) yunoncha atama bo‘lib –yo‘l, usul orqali maqsadga erishish yo‘li
b) lotincha atama bo‘lib –yo‘l-yo‘riq, usul orqali maqsadga erishish
c) inglizcha atama bo‘lib – usul, uslub orqali maqsadga erishish yo‘li
d) grekcha atama bo‘lib –yo‘l- yo‘riq, usul, uslub orqali aniq maqsadga erishish yo‘li
17. Ta’lim metodlari qanday usullarga bo‘linadi? a) so‘z orqali ifodalash; ko‘rgazmalilik; аmaliy, namuna; rag‘batlantirish va jazo usullari
b) tushuntirish orqali ifodalash; ko‘rgazmalilik va ko‘rsatmalilik; аmaliy, namuna, o‘rnak; rag‘batlantirish va jazo usullari
c) ko‘rgazmalilik va ko‘rsatmalilik; аmaliy, namuna, o‘rnak; rag‘batlantirish va jazo usullari
d) so‘z orqali ifodalash; namoyish etish; аmaliy, namuna, o‘rnak; rag‘batlantirish va jazo usullari
18. Jazo usuli – bu … a) bolaning noto‘g‘ri qilgan ishiga o‘zini iqror qildirish
b) bolaning xato qilgan ishi uchun uyaltirish va uzur so‘ratish
c) bolaning noto‘g‘ri qilgan ishi uchun kechirim so‘ratish
d) bolaning xato qilgan ishi uchun uzur va kechirim so‘ratish
19. Ta’limiy maqsad to‘g‘risidagi ta’rif qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? а) o‘quv materiallarining mazmunini bilish, ya’ni ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotga tadbiq qila olishdir
b) fan asoslarini o‘zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g‘oyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o‘zining shaxsiy sifatlarini, imon-e’tiqodlarini shakllantirishdir
c)ta’lim jarayoni ta’sirida shaxsning aqliy kamolotini bilish qobiliyatini, o‘qishga, mehnatga bo‘lgan munosabatini rivojlantirishdan iborat
d) a va b javoblar to‘g‘ri
20. Rivojlantiruvchi maqsad to‘g‘risidagi ta’rif qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? a) ta’lim jarayoni ta’sirida shaxsning aqliy kamolotini bilish qobiliyatini, o‘qishga, mehnatga bo‘lgan munosabatini rivojlantirishdan iborat
b) o‘quv materiallarining mazmunini bilish, ya’ni ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotga tadbiq qila olishdir
c) fan asoslarini o‘zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g‘oyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o‘zining shaxsiy sifatlarini, imon-e’tiqodlarini shakllantirishdir
d) b va c javoblar to‘g‘ri