Oraliq nazorat topshiriqlari



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə6/6
tarix27.05.2022
ölçüsü1,45 Mb.
#59822
1   2   3   4   5   6
ONA TILI QITISH METODIKAS ON

I. Tashkiliy qism: a) salomlashish
b) davomotni aniqlash
c) ma’naviyat daqiqasi
Milliy boyligimiz” mavzusida suhbat o’tkazish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’quvchilar bilimlarini mustahkamlash maqsadida savol-javob o’tkazish. Yozuv daftarlarini nazorat qilish va rajbatlantirish. Yozuv qoidalari haqidagi o’quvchilar bilimlarini savol-javob orqali aniqlash.
III. Yangi mavzu bayoni
O’qituvchi; Yozuv yozayotganda to’g’ri o’tirish qoidasi yozuv daftaridagi rasmlar asosida tushuntiriladi. Oyoq parta ostidagi oyoq qo’ygichga qo’yiladi. Gavda tik tutiladi, qo’l parta ustiga qo’yiladi. Yozayotganda gavda bir oz egiladi. Ko’krak qafasi bilan parta orasida besh barmoqcha oraliq qoladi. Chap qo’l daftarni tutib turadi, o’ng qo’l tirsagi parta ustida turadi.
O’quvchilarni yozishga oid ko’nikmalarni egallashga qaratilgan bilimlar bilan tanishtirish. Yozish jarayonida ruchkani tutib turish holati quydagicha; Ko’rsatkich, o’rta va bosh barmoqlarining yozuv jarayonidagi holati qanday bo’lishini o’qituvchi o’zi ko’rsatib beradi. Bunda ko’rsatkich barmoq ruchka ustida, o’rta barmoq ruchkaning tagiga, bosh barmoq ruchkaning yon tomoniga qo’yiladi. Barmoqlar ruchkaning uchidan 1,5 enlik yuqorida bo’ladi. Ruchkani o’ta qattiqushlash yoki bo’sh ushlash mumkin emas.
chapdan o’ngga qarab yarim doira unsurini yozish dastlab yozuv taxtasida yozib o’rgatiladi. O’quvchilar havoda o’rganadilar, daftarga yozadilar.
o’ngdan chapga qarab yarim doira unsurini yozish mashq qilinadi. Daftarda berilgan qatorlarga o’rganilgan shakllarni yozish.
yuqorida o’rganilgan shakllarni navbat bilan yozish. O’quvchilar topshiriqni yozuv daftarlariga mustaqil yozadilar. Ular ishlarini kuzatish.
IV. Mustahkamlash Dam olish daqiqasi:
Men ertalab turaman, Toza havo kirsin deb.
Quyosh ko’kka yetmasdan. Jismoniy mashq qilaman,
Derazani ochaman Tanam kuchga to’lsin deb.
chapdan o’ngga qarab katta yarim doira unsurini chizish.
o’ngdan chapga qarab katta yarim doira unsurini yozish mashq qilinadi. Daftarda berilgan qatorlarga o’rganilgan shakllarni yozish.
yuqorida o’rganilgan shakllarni navbat bilan yozish. O’quvchilar topshiriqni yozuv daftarlariga mustaqil yozadilar. Ular ishlarini kuzatish.
Mashg`ulot davomida o’rgatilganlar asosida savol javob o’tkazish o’quvchilar fikr mulohazalarini mustahkamlash. O’quvchilar yozuvlarini nazorat qilish. Qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
V. Mashg`ulot jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning Mashg`ulotdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi
VI. Uyga vazifa: Paxta rasmini bo’yash.


MMIBDO`:______________________________

3-topshiriq




Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin