Oraliq nazorat topshiriqlari



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə2/6
tarix27.05.2022
ölçüsü1,45 Mb.
#59822
1   2   3   4   5   6
ONA TILI QITISH METODIKAS ON

Dars turi : Yangi bilim beruvchi
Dars uslubi : Noan’anaviy
Dars jihozi : Darslik (alifbe), ko’rgazmali qurol , tarqatma material , harf kassasi, kesma bo’g’inlar
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: Salomlashish . Davomadni aniqlash.

  1. Navbatchi axboroti. Sinfning darsga hozirligi Ma’naviyat daqiqasi

O’quvchilar:Qo’limiz ko’ksimizda, Assalomu laykum. O’qituvchi: Qalam tutgan nozikkina Qo’lingizdan o’rgilay. Mehr bilan boqib turgan Ko’zingizdan o’rgilay.
Sizni juda sog’inaman
Tongni iliq kutaman.
Meni moyday erituvchi
So’zingizdan o’rgilay.
Vaalaykum assalom bolajonlarim.
Hamma sog’mi omonmi, Darsga hamma tayyormi? O’quvchilar: Biz hammamiz omonmiz
Darsga doim tayyormiz.
O’qituvchi: Unday bo’lsa,’’birlashgan o’zar , birlashmagan to’zar’’ deganlaridek hammamiz birgalashib alifbe darsimizni boshlaymiz
Har narsadan habarchi Sinfda kim navbatchi?
Navbatchi axboroti tinglanadi.
Ma’naviyat daqiqasida o’quvchilar bilan yashayotgan yurti to’g’risida savol- javob o’tkaziladi.
1. Biz qaysi yurtda yashaymiz ? O’zbekistonda
2.O’zbekistonning poytaxti qayer? -Toshkent
3.O’zbekistonning prezidenti kim? Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
4.Biz yashayotgan viloyatning nomi nima? -Namangan
O’tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.
Endi o’quvchilar biz o’tilgan harflarni bir eslab olaylikchi.O’tilgan harflar: o, n, a, i, m, t, l, b harflarini o’quvchilar talaffuz qilishadi va shu harflar bilan boshlanuvchi so’zlar ayttiriladi. Masalan:


Biz o’tgan darsda mana shu harflardan qaysi biri bilan tanishgan edik. - B tovushi va B b harflari bilan tanishgan edik.
Birgalashib “ so’z top “ o’yni o’tkazilishini o’qituvchi aytadi. Hamda b harfiga oid so’zlar topishni aytadi. O’quvchilar quyidagi so’zlarni topadilar.
Bola bog’cha,
Bino,bedana, Beshik,bodring.
O’qituvchi stolida kesma bo’g’inlar turgan bo’ladi: la, bo, bi, lim, bo, li bo. Shu bo’g’inlar asosida o’quvchilar so’z tuzadilar: bo-la, bo-bo, bi-lim-li va o’qiydilar.
Darslikdagi uyga vazifa qilib berilgan sahifa o’qitiladi. Rasm asosida tuzilgan matnni va tez aytishni o’quvchilardan so’raladi.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin