Yangi mavzuni tushuntirish. O’quvchilarga k tovushini tushuntirish uchun bir necha xil k harfi bilan boshlanuvchi rasmlar ko’rsatiladi va ularning nomini o’quvchilar aytadilar. Ya’ni: kapalak, karam, kamalak, ko’ylak, kitob kabi. So’ng o’quvchilardan har bir so’zning boshida qaysi tovushni aytayotganliklari so’raladi. O’quvchilar k tovushini deyishgandan so’ng , bu tovushni xo’r bo’lib bir necha marta talaffuz qildiriladi. Demak , biz bugun k tovushi va harfi bilan tanishar ekanmiz. Endi darsligimizning 22-sahifasini ochamiz. Sahifaning boshida nimaning rasmi turibdi? (Kompyuterning) O’quvchilar diqqati unga qaratiladi. Kompyuter haqida o’qituvchi ma’lumot beradi: Kompyuter- yozuv asbobi. U barcha xisob-kitoblarni tezkorlik bilan bajarib beradi. Hozirgi XXI asr kompyuter asri. Bugungi kunda ko’plab oilalarda kompyuter bor.
Kimlarning uyida kompyuter bor? Kompyuterdan siz nima maqsadda foydalanasiz? kabi savollar beriladi va o’quvchilarning javoblari tinglanadi. O’qituvchi kompyuterning qarshisida kamroq o’tirish va kamroq o’yin o’ynash kerakligini o’quvchilarga uqtiradi. Chunki kompyuter qarshisida 30 minutdan ko’p o’tirib foydalanish ko’z uchun zararli ekanligini ta’kidlaydi.
Kompyuter so’zining to’g’ri talaffuzi mashq qilinadi. Bu so’z bo’g’in-tovushjihatdan tahlil qilinadi. O’qtuvchi bu so’zni bo’g’inga bo’lib talaffuz qiladi va o’quvchilargatalaffuz qildiriladi: komp-yu-ter. Bu so’z necha bo’g’inli ekan? ( 3 bo’g’inli) 1-bo’g’inda qaysi tovushni talaffuz qilyapsiz? ( k tovushini)
O’qituvchi k tovushining qanday hosil bo’lishini tushuntiradi: o’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchrashidan hosil bo’ladi. Demak, bu qanday tovush ekan deb so’raladi. Shunda o’quvchilar undosh tovush deb aytadilar. Darslikda bu harf qanday rangda berilganligi so’ralganda ular ko’k rangda berilganligini aytadilar. Shunda o’qituvchi chindan ham k undosh tovush ekanligini aytadi.
K tovushi so’z boshida (kaptar), so’z o’rtasida (ukki), so’z oxirida (tilak), so’z boshi va oxirida (kiyik, kaklik, ko’ylak) kelishi mumkinligi misollar yordamida tushuntiriladi. O’quvchilarga k tovushi ishtirok etgan so’zlar toptiriladi: ertak, Komila, kosa, kuz, ko’za kabi.
O’quvchilarga k tovushini tushuntirib bo’lgach quvnoq daqiqa o’tkaziladi.
O’qituvchi avval aytib, ko’rsatib beradi. So’ng o’quvchiar bilan birgalikda bajartiriladi:
Quvnoq daqiqa:
G’ir-g’ir shamol yeladi, Buni hamma biladi.
O’giradi yelga yuz,
Marhamat! Kel, oltin kuz!
Tovushning yozuvdagi ifodasi harf deyilishini o’qituvchi o’quvchilarga aytdi. Harflarni nima qilamiz? (ko’ramiz, yozamiz) O’quvchilarga kesma K k harflari ko’rsatiladi va harf kassasiga qo’yiladi.
K harfiga unli harflarni qo’shib talaffuz qildiriladi: ka, ki, ko, ak, ik, ok kabi.
Oqituvchi darslikda berilgan bo’g’inlarni, so’zlarni doskaga yozib qo’ygan bo’ladi. So’ng ustunchadagi bo’g’inlarga ajratib berilgan so’zlarni o’qituvchi o’qib beradi: