Ma’naviy ehtiyojlar kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish, har xil xizmatlardan bahramand bo’lish kabi moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan ko’plab hayotiy zaruratlarni o’z ichiga oladi.
3.Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to'rt asosiy vazifasi ajratib ko‘rsatiladi:
- bilish vazifasi - har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o'rab turgan olam to'g'risidagi fikrlarimizni kengaytiradi;
- amaliy vazifa— amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o'sishni ta’minlash va shu asosda o‘sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslaming har bir birligi evaziga ko'proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo'yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo'llarini topishdan iboratdir;
- uslubiy vazifasi— iqtisodiyot nazariyasi fanining o'zi, tahlili va uning tanioyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo'lib xizmat qiladi;
- g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi — ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o'rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g'oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yo'lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko'paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo'lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko'tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.