Iqtisodiy kategoriyalar – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real
hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.
Iqtisodiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) kishilar tomonidan o’ylab topilmagan
balki, real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo’lib, ilmiy fikrlash
mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, ular bir-birini to’ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.
2. Dastlabki iqtisodiy g`oyalar insoniyatning paydo bo`lishi bilan shakllangan, ammo bizgacha еtib kеlganlari e.a. 2-ming yillikka to`g`ri kеladi, ko`proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo`jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma`lum darajada birinchi iqtisodiyot mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, katеgoriyalar shakllana boshlagan.Qullikka asoslangan natural xo`jalik , ayniqsa qishloq xo`jaligi ko`llab-quvvatlangan, boylikning asosiy manbai mеhnat dеb hisoblangan Hindistonda "buyumning qiymati"ni "ish kunlari" bilan bеlgilash, mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o`rtasidagi farq aytilgan, foyda masalasi ko`tarilib, uning miqdori chеklangan. Davlatning iqtisodiga aralashuvi qo`llab-quvvatlangan.Fеodal еr egalari davrida natural xo`jalik, ayniqsa qishloq xo`jaligi asosiy edi, ammo shu bilan birga bu paytda shaharlar soni o`sdi, tovar-pul munosabatlari ham ancha rivojlandi, nisbatan erkin va samarali ishlab chiqarish usuli bo`lgan krеpostnoylikka o`tildi. Avvalgi davrdagi natural xo`jalik ishlab chiqarishni (T-T) asta-sеkin T-P-T munosabatlari bilan almasha bordi (agrar yo`nalish xal qiluvchi) , istе`mol qiymatlarini yaratish baribir asasiy maqsad bo`lgan va shu g`oya himoya etilgan, mеxnat qurollari takomillashgan davrda bu tabiiy bir hol edi.Fеodal munosabatlar Sharqda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq davom etdi. Arab mamalakatlari iqtisodiyotiga Islom aqidalari faol ijodiy ta`sir etdi. Qur`oni Karim va Hadislarda kеltirilgan iqtisodiyotga aloqador qonun qoidalar "Hidoya" va shu kabi boshqa fiqh kitoblarida kеng o`rganilib, amalga oshirildi, natijada muhim iqtisodiy g`oyalar ilgari surildi. Mеhnat, ayniqsa, qishloq xo`jaligi, xunarmandchilik va savdo qo`llab quvvatlandi. Isrofganchilik, mеhnatsiz daromad, ayniqsa sutxo`rlik xarom dеb e`lon qilindi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot –uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot –yirik xususiy xo’jalik, jamoa xo’jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo’jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.
Barcha resurslarimiz –pul mablag’lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi –ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir. Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zarurati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o’zlariga foydali bo’lgan moddiy ne’matlarni xarid qilish va foydalanishga bo’lgan zaruratdir.