Orfografiya va orfoepiya


Q (q) harfi chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Jonli nutqda so'z o'rtasi va oxirida q



Yüklə 50,43 Kb.
səhifə14/16
tarix23.09.2022
ölçüsü50,43 Kb.
#64023
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
GRAFIKA ORFOGRAFIYA ORFOEPIYA

Q (q) harfi chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi.
Jonli nutqda so'z o'rtasi va oxirida q tovushi g‘ va x ga moyil aytilsa ham, imloda asliga ko'ra yoziladi: botqoqlik- botqog‘lik, baliq - balig‘, shu yoqda - shu yog‘da, to‘qson - to'xson, vaqt - vaxt kabi.
q undoshi bilan tugagan so'zlarga egalik qo'shimchalari qo'shil­ganda q jaranglashib, g‘ ga o'tadi va bu hodisa imloda aks etadi: taroq- tarog'i, qo‘shiq - qo‘shig‘im, o‘rtoq - o‘rtog‘ing kabi. Ammo bir bo'g'inli so'zlarda, chetdan o'zlashgan so'zlarda bunday paytda q undoshi aslicha aytiladi va yoziladi: ishtiyoq - ishtiyoqi, huquq - huquqim, ravnaq - ravnaqi kabi.
q bilan tugagan so'zlarga jo'nalish kelishigi qo'shimchasi -ga va g bilan boshlanadigan boshqa qo'shimchalar qo'shilganda, g undoshi q tarzida aytiladi va bunday so'zlar qo'shaloq q bilan yoziladi: soliqqa, yoqqach, chiqquncha, qo‘rqqudek, achchiqqina kabi.
X - h undoshlari
X (x) harfi chuqur til orqa, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi.
So'z o'rtasida va oxirida ba’zan q tovushiga moyilroq aytilsa ham, asliga muvofiq yoziladi. Masalan: axloq - aqloq, mix - miq, soxta - soqta kabi. O'zbek tilida, asosan, e dan boshqa unlilar bilan yonma-yon kelganda yoziladi va ularning qattiqroq talaffuz qilinishiga sababchi bo'ladi: xalq, xabar, to'xta, axtar, xush, xamir kabi.
H(h) harfi ham sirg'aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi.Ammo bu tovush bo‘g‘izda hosil bo‘lgani uchun bo‘g‘iz undoshi hisoblanadi. O'zbek tilida bu tovush oh, e, ha kabi undov so'zlarda, asosan, arab-fors tilidan o'zlashtirilgan so'zlarda uchraydi.
H harfi ifodalagan tovush x tovushiga nisbatan yumshoqroq, nafisroq talaffuz etiladi: himoya, hosil, hokim, Shohista, ohang, sahna, tuhfa kabi.
Jonli nutqda h tovushi ba’zan o'zidan keyingi undosh kabi aytiladi yoki butunlay talaffuz etilmaydi: mahkam - makkam, mahsi – massi, shahodatnoma - shaodatnoma kabi. Kundalik so‘zlashuvda yumshoq bo'g'iz tovushi h undoshining ko'pincha qattiq, chuqur til orqa tovushi x tarzida aytilishi adabiy talaffuz me’yoriga xos emas. Chunki bu tovushlarning bir xilda talaffuz etilishi so'z ma’nosini butunlay o‘zgartirishi mumkin: shohi- shoxi, hol- xol, hil - xil.


Yüklə 50,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin