Orfografiya va orfoepiya



Yüklə 50,43 Kb.
səhifə2/16
tarix23.09.2022
ölçüsü50,43 Kb.
#64023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
GRAFIKA ORFOGRAFIYA ORFOEPIYA

1993-yilning 2-sentabr kuni XII chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
XIII sessiyasida “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi Qonuni qabul qilindi.
1995-yilning 6-may kuni O`zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi Qonuniga o`zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonuni e’lon qilindi.
Hozirgi o`zbek adabiy tili fonetik jihatdan markaziy dialektlarga asoslanadi.Kirill yozuvidagi е,ё,ю,яunli harflari yangi alifboda quyidagicha ifodalanadi:
е - ye : yetti, yelkan; ё – yo : yomon, yolg`iz;
ю – yu: yutuq, yumush; я - ya: yaxshi, yakka

ORFOGRAFIYA (IMLO) VA UNING TAMOYILLARI
Orfografiya , ya’ni to`g`ri yozish qoidalari ma’lum tamoyillarga asoslanadi. Ular quyidagilar:
1. Fonetik tamoyil yoki yozuvga ko`ra so`zlar va qo`shimchalar qanday aytilsa, shunday yoziladi: u + ga= unga, buloq + ga= buloqqa; yosh+ a = yasha, sovi+ q= sovuq, ishlay ber – ishlayver, bora oladi – boroladi, borgan emish – borganmish, yurak+ga = yurakka, qishloq+i= qishlog`i, shahar+i = shahri, yetti + ovlon = yettovlon, boq + guncha = boqquncha va h.k.
2. Morfologik yozuvda so`z va qo`shimchalar talaffuziga qarab emas, qabul qilingan qoidalar asosida yoziladi. Bu yozuv asos va qo`shimchalarni aynan yozishni talab etadi. Ketti emas, ketdi; boripti emas, boribdi; toqqa emas, tog`ga kabi.
3. Shakliy tamoyil yoki yozuvda boshqa tillardan kirgan so`zlar qanday yozilgan bo`lsa, shu shakl saqlanadi: ustol – stol, zalogiya – zoologiya,to`nna – tonna, traleybus – trolleybus,
tiatir - teatr, milyard – milliard va h.k.
4. Tarixiy-an’anaviy tamoyil yoki yozuvda so`z va qo`shimchalar tarixan qanday yozilgan bo`lsa, hozir ham shunday yozilishi mumkin. Masalan: borgin – borgil, borar – borur, chorizm-sarizm, ko`ngil – ko`ngul, qilgani – qilg`ali va h.k. Ba’zi so`zlarning bir necha xil ko`rinishda yozilishi ham shu yozuvga asoslanadi. : kaptar – kabutar, Yevropa - Ovro`po, ajdar – ajdaho –ajdarho, machit – masjid kabi.

Yüklə 50,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin