ng harfiy birikmasi n va g harflariga ajratilmaydi va alohida tovushlar sifatida talaffuz qilinmaydi;
b) kongress, tangens, bugungi kabi so'zlarda ng alohida tovushlar n va g ni ifodalaydi, shu sababli bo'g'in ko'chirishda ajratib yoziladi.
ng tovushi ikki unli o'rtasida kelganda ikkinchi unli bilan bo'g'in hosil qiladi va bir satrdan boshqasiga shunday ko'chiriladi: si - ngil, de-ngiz, opa - ngiz kabi.
Agar ng tovushidan so'ng undosh kelgan bo'lsa, ng tovushi birinchi unli bilan bo'g'in hosil qiladi: sing - lim, teng - qur, ang - lagan kabi.
Eslatma: So'z oxirida b-p, d-t, z-s singari jarangli va jarangsiz undoshlar o'rtasidagi farq yo'qolib, bir xil - jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin b, d, z yoziladi.