Organik kimyo nazariy tushunchalarining rivojlanishi.
Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi va reaktsiyaga kirishish qobiliyati, molekuladagi atomlarning bog’lanish to’g’risidagi ta‘limot, molekuladagi atomlarning o’zaro ta‘siri va kimyoviy reaktsiyaga kirishishi organik kimyoning nazariy asoslaridir.
Radikallar nazariyasi: organik kimyoning birinchi tuzilish nazariyasi radikallar nazariyasidir. I.Bertselius noorganik birikmalar kimyoviy bog’larining elektrokimyoviy nazariyasini yaratgan. Bu nazariyaga asosan hamma birikmalar qarama – qarshi ionlardan tashkil topgan va ular o’zaro elektrostatik tortilib turadi. Organik birikmalarda ionlarning o’rnida radikallar bo’lib, bu radikallar reaktsiyalarda bir moddadan ikkinchisiga o’zgarmasdan o’tadi. M – n: С6Н5 – СООН, С6Н5 – СНО, С6Н5 – СОСl. Ammo keyinchalik radikallarnazariyasi inqirozga uchradi, ya‘ni organik birikmalarning vodorodi o’rniga xlor va boshqa guruhlarni almashtirish mumkinligini aniqlandi, m – n: СН3Н → СН3Сl
Tiplar nazariyasi: organik birikmalar tiplar bo’yicha sinflashtiriladi. M – n: СН3 СООН, СlСН2СООН bir tipga kiradi. Keyinchalik ammiak tipii topiladi:
Н СН3 СН3 СН3
N Н N Н N СН3 N СН3
Н Н Н СН3
Unitar nazariya: Tiplar nazariyasi unitar nazariya bilan to’ldirildi. Hamma organik birikmalar ma‘lum tip birikmalar vodorod atomlarini radikallarga almashinishidan hosil bo’ladi. Asosiy tiplar quyidagilar:
Н
О
Н
suv tipii, ammiak tipii, vodorod tipi vodorod xlorid tipii
Bu nazariyalar izomeriya hodisasini tushuntira olmaydi.
Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi.
Rus olimi A.M.Butlerov 1861 yilda tuzilish nazariyasini yaratdi. Nazariyaning ikki xil ta‘rifi mavjud: A.M.Butlerov ta‘rifi va uning hozirgi zamon ta‘rifi.
Dostları ilə paylaş: |