Uglevodlarni tuzilishiga ko‘ra monosaxaridlar, disaxaridlar va polisaxridlarga bo‘linadi. Azot saqlovchi organik birikmalarga nitrobirikmalar, aminlar, aromatic aminlar va aminokislotalar kiradi. Tarkibida–NO2 guruh saqlagan birikmalarga nitrobirikmalar deyiladi. Ammiak molekulasidagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlarini o‘rnini alkil radikallari almashinishi natijasida hosil bo‘lgan moddalarni aminlar deyiladi. Aminlarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarga bo‘lish mumkin. Ammiak molekulasidagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlarini o‘rnini aromatik radikallarga almashinishi natijasida hosil bo‘lgan moddalarni aromatic aminlar deyiladi. Tarkibida karboksil va amino guruhlar bor bo‘lgan birikmalarni aminokislotalar deyiladi. Aminokislotalar oqsillarni monomerlari hisoblanadi. Organik birikmalarga xos bo‘lgan reaksiya turlari. Organik birikmalar anorganik birikmalar kabi almashinish, birikish, ajralish reaksiyalariga kirishadi. 1) Organik molekula tarkibidagi atom(lar)ning, boshqa molekula tarkibidagi atomlar bilan almashinishi bilan boradigan reaksiyalarga almashinish reaksiyalari deyiladi. Organik kimyo fani, rvojlanish tarixi va uning xususiyatlari. Organik kimyo faniga berilgan ta‘rilar. Organik birikmalarning tabiiy manbalari. Organik birikmalarning farq qiladigan xususiyatlari va organik reaktsiyalarning o’ziga xosligi. Nazariy tushunchalarning rivojlanishi: radikallar, tiplar, unitar nazariyalari. Tuzilish nazariyasi.
Tarkibida uglerod atomi tutgan moddalarga organik birikmalar deyiladi. Organik birikmalardan insoniyat qadim zamonlardan foydalanib keladi. Organik birikmalar o’simlik va hayvon organizmlaridan olingan. Shuning uchun organik birikmalar kimyosini o’qitadigan fanga «organik kimyo» deb aytiladi. Organik birikmalarga – metan, etan etil spirti, sirka kislota, qand misol bo’ladi.
Organik kimyo faniga olimlar turlicha ta‘rif berishgan. «Organik kimyo uglerod birikmalarining kimyosi» (A. Kekule 1851 y). Aniqroq ta‘rifni 1989 yili K.SHorlemmer bergan: «Organik kimyo uglevodorodlar va ularning hosilalarini o’rganadigan fandir». Lekin bu ta‘rif ham noorganik va organik kimyo o’rtasidagi farqni ko’rsata olmaydi, chunki СО2, СО, К2СО3, Н2СО3 va boshqalarni noorganik va organik moddalarning hosilasi deb aytish mumkin. Hamma organik birikmalar asosan uglerod, vodorod va boshqa element atomlaridan tashkil topgan. Organik kimyoning zamonaviy ta‘rifi quyidagicha: «Organik kimyo uglerodning boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalarini o’rganadigan fandir». Organik birikmalarning tabiiy manbalariga neft, tabiiy gaz, ko’mir, slanetslar, torf, yog’och, qishloq xo’jalik mahsulotlarining chiqindilari kiradi. Bu manba‘lardan organik birikmalar turli usullar bilan ajratib olinadi. Organik birikmalar asosan sintez qilib olinadi. Ma‘lumotlarga qaraganda 7 – 8 million organik moddalar mavjud bo’lib, bir kunda taxminan 500 ta yangi modda sintez qilinadi.
Uglerod o’ziga xos xususiyatlarga ega:
Uglerod davriy sistemada metallar va metalmaslar o’rtasida joylashgan va uning valentligi 4 ga teng. U elektroneytral xossani namoyon etadi va kovalent bog’ hosil qiladi.
uglerod boshqa elementlar bilan birika oladi. Uglerod atomlari bir – biri bilan bog’lanib, uzun zanjir hosil qiladi. Zanjir to’g’ri chiziq, tarmoqlangan yoki halqa ko’rinishida bo’ladi. Uglerod atomlari orasidagi bog’lar – oddiy, qo’sh va uch bog’ bo’ladi. Uglerod – uglerod bog’i mustahkam bo’lib, kimyoviy reaktsiyalarda kamdan – kam hollarda o’zgaradi. Reaktsiyalarda uglerod skeleti molekuladan molekulaga o’zgarmasdan o’tadi. Bunday atomlar guruhiga radikallar deb ataladi. M – n: СН3 – metil, СН3 СН2 – etil, С4Н9 – butil radikallari.
Organik reaktsiyalar radikallar bilan bog’langan va reaktsiyaga kirish qobilyati yuqori bo’lgan funktsional guruhlar hisobiga boradi. Hozir yuzga yaqin funktsional guruhlar mavjud. M – n: > C = О, - СНО, - СООН, - ОН, - NH2, - Х va h – zo.
Organik kimyoni alohida fan qilib o’qitishning asosiy sabablari:
Ma‘lum bo’lgan organik birikmalarning turli – tumanligi va ko’pligi (7 – 8 mln):
Organik birikmalarning tez o’zgaruvchanligi. Ular harorat ta‘sirida suyuqlanadi, parchalanadi va oson yonadi.
Organik birikmalar tarkibining murakkabligi (С6Н10О5)п п = 10 – 100000.
Organik birikmalar dissotsiyalanmaydi, chunki uglerod – uglerod orasidagi bog’ kovalent bog’dir.
Organik birikmalarning reaktsiyalari sekin, vaqtning o’tishi bilan boradi.
Organik birikmalarda izomeriya hodisasi mavjud, m – n, С5Н12 uglevodorodlarning uchta izomerii bor: СН2СН2СН2СН2СН3 н – pentan, СН3СН (СН3)СН2СН3 2 – metilbutan, СН3С (СН3)2 СН3 2,2 – dimetilpropan.