Organik birikmalar sinflanishi



Yüklə 23,2 Kb.
səhifə5/6
tarix08.06.2023
ölçüsü23,2 Kb.
#126844
1   2   3   4   5   6
Organik birikmalar sinflanishi

Sistematik nomenklatura. 1892- yil Jenevada Xalqaro kimyogarlar kongressida yangi nomenklatura qabul qilindi. Jeneva nomenklaturasi bo‘yicha
moddalardagi asosiy zanjir nomerlanib, radikal nomining oldiga ushbu radikalning asosiy zanjirdagi qaysi uglerod atomiga birikkanligini ko‘rsatuvchi raqam qo‘yiladi. 1960- yilda Nazariy va Amaliy kimyo Xalqaro Ittifoqi (IUPAC – International Union of Pure Applied Chemistry) komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi nomenklatura e’lon qilindi. Bu nomenklaturada Jeneva nomenklaturasi takomillashtirilgan, ya’ni u tartibga solingan va unga ayrim tuzatish hamda qo‘shimchalar kiritilgan. Bu nomenklatura sistematik nomenklatura nomini oladi.Uglevodorodlarni sistematik nomenklaturada nomlash uchun quyidagi tartib va qoidalarga amal qilinadi:
1. Uglevodorod molekulasidagi eng ko‘p tarmoqlangan va eng uzun zanjirni asosiy zanjir sifatida tanlab olinadi.
2. Asosiy zanjirdagi uglerod atomlarini zanjirga birikkan radikallar qaysi tomonga yaqin joylashgan bo‘lsa o‘sha tomondan raqamlanadi.
3. Radikal bilan bog’langan uglerod raqami va unga bog’langan radikal
nomi yoziladi.(Masalan: 2-metil). Agar bitta uglerodga ikkita radikal bog’langan bo’lsa, raqam ikki marta takrorlanadi va radikal nomini aytishdan oldin “di” qo’shimchasi qo’shiladi.
4. Asosiy zanjirga har xil radikallar bog’langan bo’lsa, radikallarni o’rni va nomi radikallarning bosh harfini e’tiborga olib alifbo tartibida aytib o’tiladi va oxirida asosiy zanjirni nomi aytiladi.
Alkanlarni galogenli hosilalarini nomlash
Xalqaro (sistematik) nomenklaturaga ko`ra alkanlarni galogenli hosilalarini
nomlashda quyidagi qoida va ketma-ketlikka amal qilinadi:
1. Galogen asosiy uglerod zanjirida bo`lishi kerak.
2. Asosiy zanjirdagi uglerod atomlarini galogen yaqin tomondan raqamlab chiqiladi.
Yüklə 23,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin