1. Sikloalkanlar suvda amalda erimaydi.
2. Mr ortishi bilan tq va ρ oshib boradi.
3. Etilen – rangsiz, hidsiz, havodan biroz yengil gaz.
4. Suvda yomon eriydi.
5. CH2=C-CH=CH2 – uchuvchan xususiyatga ega suyuqlik.
|
CH3 6. Atsetilen – havodan yengilroq, suvda kam eriydi, toza holda hidsiz.
7. C6H6 – rangsiz, suvda erimaydigan, o`ziga xos suyuqlik.
8. C6H6 – qaynash temperaturasi pastroq, sovutilganda oson qotib ok kristall hosil qiladi.
49 | Uglevodorodlarning ishlatilishi 1. Tabiiy gazning asosi – CH4 2. CH4 dan metil spirti, sirka kislota, etil spirti, sintetik kauchuk, mochevina olinadi.
3. CH2Cl2, CHCl3, CCl4 – erituvchi sifatida foydalaniladi.
4. Alkanlar yoqilg`i sifatida ham ishlatiladi.
5. C6H6Cl6 – insektitsid (zararkunandalarga qarshi vosita) sifatida ishlatiladi.
6. Etilen va propilenning polimerlanish mahsulotlaridan texnika va turmushda foydalaniladigan polietilen va polipropilen olinadi.
7. C2H2 – organik sintez mahsulotlarini olishda dastlabki xomashyo sifatida keng qo`llaniladi.
8. Atsetilen kislorodda yondirilganda temperatura 3000℃ gacha ko`tariladi.
9. Yuqoridagi holatdan metallarni payvandlash va kesishda foydalaniladi.
50 | Kislorodli organik birikmalar(Spirtlar,fenollar,aromatik birikmalar)
Uglevodorodlarning bir yoki bir nechta vodorodini gidroksil(-OH) gruppalarga almashinishidan hosil bo`lgan birikmalar spirtlar yoki alkogollar deyiladi.
M: R – OH
Spirtlar molekulasidagi gidroksil gruppalarining soniga qarab bir atomli, ikki atomli, uch atomli va ko`p atomli bo`lishi mumkin.
Spirtlar radikal tarkibiga qarab to`yingan, to`yinmagan va aromatik spirtlarga bo`linadi.
To`yingan spirtlar– Alkan molekulasidagi bitta vodorod atomining gidroksil (-OH) guruhga almashinishi natijasida hosil bo`lgan organik birikmalarga aytiladi. Ular CnH2n+1OH umumiy formulaga ega.