Organik moddalarning ishlatilishi



Yüklə 74,77 Kb.
səhifə14/18
tarix23.05.2023
ölçüsü74,77 Kb.
#121041
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Organika

19


Masalan, asetilsellulozadan asetat ipak olinadi. Buning uchun triasetilselluloza dixlormetan va etanol aralashmasida eritiladi. Hosil bo’lgan yopishqoq eritma filera orqali juda ko’p teshikshilari bo’lgan qalpoqchalardan bosib o’tkazildi. Eritmaning ingichka oqimlari qarshi oqimda qizdirilgan havo kelayotgan shaxtaga tushiriladi. Natijada erituvchi bug'lanadi va triasetil selluloza uzun iplar holida ajralib chiqadi. Bu iplarni yigirib, asetat ipak tayyorlanadi. Asetilselluloza yonmaydigan plyonkalar va ultrabinafsha nurlarni o’tkazadigan organik shishalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Selluloza yog’ochlik sifatida qurilishda maishiy turmushda, tolasimon materiallar sifatida ( paxta, kanop, zig’ir va b ) to’qima gazlamalar, arqonlar tayyorlashda ishlatiladi. Sellulozaning katta miqdori qog’oz, etanol, paxta momig’i tayyorlashda, sun’iy tolalar ( asetat, viskoza ) olishda asosiy xomashyo bo’lgan oddiy va murakkab efirlar olishga, sun’iy charm, plastmassalar ( selluloid, sellofan ), loklar, elektroizolatsion qoplamlar, yonmaydigan kinoplenka, ionitlar, tibbiyot kollodiysi kabilar tayyorlashga sarflanadi.

Toza selluloza qog'oz ishlab chiqarishda ko'p ishlatiladi. Plastifikator qo'shilgan selluloza asetatlari plastmassalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Mono- va dinitrosellulozalar aralashmasi koloksilin deb ataladi. Uning spirt va efir bilan aralashmasidan tayyorlangan eritmasi tibbiyotda kollodiy nomi bilan ishlatiladi. Koloksilinga kamfora va spirt aralashtirilib, plastik massa - selluloid hosil qilinadi.Selluloiddan kinolentalar, tez quriydigan, arzon va mustahkam emal ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ammo selluloid yonuvchan modda bo'lgani uchun hozirgi vaqtda uning o'rniga yangi— yonmaydigan plastmassalar ishlatilmoqda. Trinitroselluloza piroksilin nomi bilan tutunsiz porox ishlab chiqarishda ishlatiladi.


Selluloza sirka kislota bilan bir qator murakkab efirlar, ya'ni mono-, di- va triasetilsellulozalar hosil qiladi. Bular orasida di- va triasetilsellulozalar sun'iy ipak — asetat ipagi olish uchun ishlatiladi.

Sellulozaning yana bir hosilasi selluloza ksantogenati viskoz ipak olishda katta ahamiyatga ega. Sellulozaning ishqor bilan ishlanishi natijasida hosil bo'lgan selluloza alkogolatiga uglerod sulfid ta'sir ettirilganda selluloza ksantogenati hosil bo'ladi: Selluloza ksantogenati suyultirilgan ishqorda yaxshi eriydi. Bu eritma viskoza eritma deyiladi. Viskoza eritmasi fileralardan o'tkazilib sulfat kislotali vannaga tushirilsa, viskoza ipagi hosil bo'ladi. Viskoza eritmasidan hosil qilingan plyonka sellofan deb ataladi. Selluloza murakkab efirlardan tashqari oddiy efirlar ham hosil qiladi. Sellulozaning ishqordagi eritmasiga dialkilsulfat yoki galoidalkil ta'sir ettirilsa, sellulozaning oddiy efirlari hosil bo'ladi. Sellulozaning oddiy efirlaridan trimetilselluloza, trietilselluloza to'qimachilik va bo'yoqchilik sanoatida keng ishlatiladi.





Yüklə 74,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin