Organik moddalarning ishlatilishi



Yüklə 74,77 Kb.
səhifə2/18
tarix23.05.2023
ölçüsü74,77 Kb.
#121041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Organika

Izoamil atsetat lak tayyorlashda erituvchi sifatida ishlatiladi.

  • Izoamil nitrit (C5H11NO) tibbiyotda stenokardiya xurujlarini susaytirishda ishlatiladi.

  • Izoniazid sil kasalligini davolashda ishlatiladi.

  • J2 organizmlarning normal o’sishi, jinsiy yetilishi uchun zarur element.

  • Kaliy antimonil tortarat (K(SbO)C4H4O6∙H2O) tibbiyotda qayt qildiruvchi dori sifatida ishlatiladi.

  • Kapron kord gazlama tayyorlab, undan avto va avia pokrishkalarga kerakli korkazlar yasaladi. Kaprondan yasalgan shinalar ishqalanishga viskoza va ip

    gazlamalardan yasalgan shinalardan ko’ra ancha chidamli bo’ladi.

    1. KBr bakteridsid xossasli modda meva va sabzavotlarni saqlashda ishlatiladi.

    2. Kofein markaziy asab tizimini qo’zga’tuvchi va yurak faoliyatini kuchaytiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.

    3. Kolseks tibbiyotda gripga qarshi dori sifatida ishlatiladi.

    4. Kovilon plazma o’rnini bosuvchi dori sifatida ishlatiladi.

    5. Kraxmal tibbiyotda malham dorilar,sepki dorilar tayyorlashda ishlatiladi.

    6. Kversit (C6H7(OH)5) o’stiruvchi modda sifatida ishlatiladi.

    7. Metan (CH4) yoqilg’i sifatida ishlatiladi.

    8. Metil xlorid (CH3Cl) sovutgich sifatida ishlatiladi.

    9. Metilakrilat (CH2=CH-COOCH3) plastmassalar ishlab chiqarishda ishlatiladi



    6


    1. Metilmetaakrilat (CH2C(CH3)COOCH3) plastmassalar ishla chiqarishda ishlatiladi.

    2. Mis(II)atsetat (CH3COO)2Cu o’simlik zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatiladi.

    3. Mn – qandlavlagi va bug’doy yetishtirishda, tirikorganizmda siydik hosil bo’lishda asosiy element. C vitaminining hosil bo’lishida katta ahamiyatga ega. Marganes rezavor mevalar va g’alladoshlar hosildorligini sezilarli darajada oshiradi. Masalan; qulupnayning hosildorligini gektariga 30 sentnergacha, bug’doyning hosildorligini 3-4 sentnergacha ortadi. Paxta chigiti ekishdan avval marganes tuzlari bilan namlansa, hosildorlik 2 sentnergacha ortadi. G’o’za, tamaki, qandlavlagining o’sishini tezlashtiradi.

    4. Mn, Cu, Mo, B kabi elementlar fotosintez jarayonini borishiga, o’simliklarni o’sishi va urug’lanishining yetilishida muhim ahamiyatga ega. Ular yana tashqi muhitning zararli tasirlariga (tuproqda namlikning yetishmasligi, haroratning ortib ketishi yoki pasayib ketishi) chidamliligini oshiradi, bir qator bakteriya va zamburug’ kasalliklariga (kanop bakterioz, lavlagi o’zagining chirishi, donli o’simliklardagi kulrang dog;lar) nisbatan barqarorligini taminlaydi.

    5. Mo dukkaklilar va yem hashak ekinlari samaradorligini oshirishda muhim

    ahamiyatga ega. Azotning o’zlashtirilishida va organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida o’z o’rniga ega. Molibdenli mikro o’g’itlar qandlavlagi hosildorligini 20 % ga, zig’irning hosildorligini 25 % ga oshiradi. Lampochka ishlab chiqaruvchi korxonalarning chiqindisi qimmatbaho molibdenli o’g’it hisoblanadi. Bu chiqindi mineral o’g’itlar bilan tegishli miqdorda qo’shib ishlatilgan kuzgi bug’doy hosildorligi 37 % ga,paxta hosildorligi esa gektariga 7 sentnerga oshadi.


    1. Yüklə 74,77 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin