Organik moddalarning ishlatilishi



Yüklə 74,77 Kb.
səhifə5/18
tarix23.05.2023
ölçüsü74,77 Kb.
#121041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Organika

11

SIKLOALKANLAR


Sikloalkanlardan siklogeksan, metilsiklogeksan va boshqa ba’zi birlari amaliy ahamyatga ega. Neftni aromatlash jarayonida bu aromatic birikmalar aromatik uglevododrodlarga ya’ni benzol, toluol va boshqa moddalarga aylanadi. Ulardan bo’yoqlar, dorilar va boshqalarni olishda foydalaniladi. Siklopropan tibbiyotda narkoz uchun ishlatiladi.


Siklogeksan hosilasi siklogeksanol ko’proq erituvchi sifatida ishlatiladi. Siklogeksanolni nitrat kislota yordamida oksidlash natijasida olingan adipin kislota poliamid tolalar ya’ni kapron va neylon olishda foydalaniladi. Sanoatda adipin kislotani geksametilendiamin bilan polimerizatsiyaga uchratib neylon tolasi olinadi.
Siklogeksanning xlorli birikmasi geksaxlorsiklogeksan – C6H6Cl6 qishloq xo’jaligida insektitsid sifatida ishlatiladi.
Siklogeksan spirtlarning beshta gidroksid gruppa saqlaydigan – kversit, oltita gruppa saqlaydigan – inozit deyiladi.
Ular o’stiruvchi moddalar sifatida ishlatiladi.

ALKENLAR


Etilen va asetilen zamonaviy organik kimyo texnalogiyasida muhim xomashyo hisoblanadi. Etilen asosan polietilen olishda ishlatiladi. Bundan tashqari etilen yana etanol, dixloretan xloretan, etilen oksid, etilen glikol, vinilxlorid, stirol kabi ko’plab organik moddalar sintez qilishda ishlatiladi.


Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chala pishgan xolda uzoq masofalarga tashishda ya’ni ( asosan mevalarni ) etilenni yetiltirish xususiyatidan foydalaniladi. U issiqxona havosiga ozroq miqdorda qoshilganda mevalarning ( pomidor, sitrus mevalar, dumbil, qovun va uzilgan mevalar olma, noklarni ) yetilishini tezlashtiradi.
Etilendan kuchli zahar iprit olinadi.
Etilen va uning gomologlari ko’pgina organik moddalar sintez qilish uchun kimyoviy xomashyo sifatida ishlatiladi. Etilen xlorid tibbiyotda mahalliy tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Eilen oksid – sirka aldegid, laklar, sintetik yuvuchi vositlar, plastmassa, suniy kauchuk, tolalar va kosmetik preparatlar tayorlashda ishlatiladi.
Sanoqsiz etilen molekulalarining qo’sgilishidan polietilen xosil bo’ladi. Ishlatiladigan polietilenning o’rtacha molekulyar massasi 6000 12000 gramga teng bo’lib, 215-420 tasi –CH2- CH2 zvenodir. Polietilen asosan plyonkalar, ro’zg’or idishlari, vodoprovod trubalar va boshqa materiallar olishda foydalaniladi. Polietilen materiallari qishloq xo’jaligida keng ko’lamda ishlatiladi.



Yüklə 74,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin