Organizmning c-vitamini bilan ta'minlanganini o‘rganish va baholash



Yüklə 72,18 Kb.
səhifə3/3
tarix23.05.2023
ölçüsü72,18 Kb.
#120084
1   2   3
c vitamin

Amaliy ko’nikmalar
a) Vitamin C miqdorini peshobda aniqlash:
- Peshob yig’ish vaqti va chiqarilgan miqdorini belgilash;
- Kolbaga 2 ml peshob, 2ml 5% li sirka kislotasi solish;
- Pushti rang hosil bo’lguncha 0,001 n. Tilmans reaktivi bilan titrlash;
- Bir vaqtning o’zida nazorat tajribasi (2ml distillangan suv + 2ml 5% sirka kislota
va Tilmans reaktivi bilan titrlash) ni o’tkazish;
- Peshobdagi vitamin C ajralgan formula yordamida hisoblash:
X=(A-В)×K×0,088×V/V1×T
- Xulosa va bayonnoma yozish.
b) Nesterov apparati yordamida kapillyarning rezistentligini aniqlash:
- Bilakning media qismini spirt bilan namlanagan paxtada artish;
- Spirt bilan tozalangan joyga vazelin surish;
- Nesterov apparati modifikatsiyasining kyuvetasi bilakning media qismiga
joylashtirish;
- Shprits yordamida kyuvetadan 20 ml havoni so’rib olish;
- Havo o’tmasligi uchun rezina naychani qisqich bilan mahkamlash

- 3 minutdan so’ng, rezina naycha bo’shatilib, bilakni spirt bilan artib tashlash, lupa


yordamida hosil bo’lgan petexiyalarni sanash va organizmning vitamin C bilan ta’minlanganligini baholash.. Nesterov apparati yordamida aniqlash
Mavzuga oid vaziyatli masalalar
1. N. tumanidagi kasalxonada bemorlarning ovqatlari tarkibidagi «C» vitaminini
hisoblaganda, o’rtacha kunlik ovqat ratsioni tarkibida uning miqdori -22mg ni tashkil etib, bu har qanday yoshdagi odam uchun ham kamligi yaqqol ko’zga
tashlandi. Ovqat ratsionidagi vitaminni ko’paytirish haqidagi o’z fikr mulohazangizni ayting. Bu tadbirlarning amalga oshirilishini kim ta’minlaydi, kim nazorat qiladi va uni yaxshilash uchun qanday usullardanfoydalanish mumkin.
2. Poliklinikaning uchastka terapevtiga 40 yoshli erkak qishi tez toliqib qolishi, tez tez shamollab turishi, milklaridan qon oqishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qildi. Bemorda surunkali kasalliklarga doir hech qanday kasallik belgilari yoki o’tkir belgilari topilmagan. Shifokor bemorda gipovitaminozga oid holat bo’lsa kerak degan fikrga keldi. Bu taxminni qanday tekshirish mumkin, agar u isbotlansa uni bartaraf qilish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozim.
3. Toshkent shahrining maktablaridan birida qish faslining ohirlarida o’quvchilar organizmini vitaminlar bilan ta’minlanganligini Nesterov namunasi orqali tekshirildi. Hammasi bo’lib 10-14 yoshdagi 58 o’quvchi tekshiruvdan o’tkazilib, ularning 8 tasida 35-40 tadan, 12 ta bolada 25-30 tadan, qolgan bolalarda esa 10-12 tadan petixiy aniqlandi.
4. Bemor organizmining vitaminlar bilan ta’minlanganligini tekshirish maqsadida Aziza ismli bemorga erta bilan chiqariladigan peshob namunasini keltirish topshirildi. Tahlilni olib borish uchun vrach laborant peshobdan 10ml olib, unga 1 tomchi 10% li sirka kislotasi qo’shdi va 0,001 n li Tilmans bo’yog’i bilan to’q pushti rang hosil bo’lguncha titrladi. Shifokor laborant harakatidagi xatolikni
ko’rsating.
Yüklə 72,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin